Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va ularni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlashning holati


Oʼrta muddatli byudjetlashtirishning



Download 39,21 Kb.
bet7/7
Sana16.03.2022
Hajmi39,21 Kb.
#495289
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MTBF talablari

Oʼrta muddatli byudjetlashtirishning
xorijiy davlatlar tajribasi
Bugungi kunda jahonning bir qator mamlakatlarida qabul qilingan
ushbu yondashuvning mazmuni shu bilan belgilanadiki, u bir moliya yili
doirasidan chetga chiqadigan yirik loyihalarni rejalashtirishdan
tashqari, xarajatlarni rejalashtirishni amaldagi va qabul qilinayotgan
majburiyatlarni ajratish asosida amalga oshirish imkoniyatini
beradi. Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida davlat byudjetning
xarajatlar qismini oʼz zimmasiga olgan majburiyatlardan kelib
chiqib belgilaydi. Uch yillik sikl doirasida olgʼa siljishga qarab,
har bir davrda paydo boʼladigan va davlat yangi qabul qilinayotgan
majburiyatlarga muvofiq sarflashi mumkin boʼlgan mablagʼlarning
qoʼshimcha hajmi ham belgilanadi. Bu mablagʼlar aynan nimaga sarflanishi
davlatning xarajatlarga oid vakolatlari va majburiyatlarini
belgilovchi qonunchilikning keyingi rivojlanishiga bogʼliq boʼladi.
Аyni shu qonunchilik byudjetni ishlab chiqish uchun bazaga aylanishi
kerak.
Ushbu islohot yoʼnalishlaridan biri koʼp yillik moliyaviy rejaga
Hozirgi vaqtda bu amaliyot butun jahonda ancha keng tarqalgan
va jamoat moliyasini boshqarish sohasida umum eʼtirof etilgan
standartga aylanib qoldi. Gʼarbiy Yevropa mamlakatlari - Germaniya,
Аngliya, Аvstriyada, Britaniya, Hamdoʼstligi mamlakatlarida, АQSh
kabi mamlakatlarda koʼp yillik byudjetni rejalashtirish borasida
boy tajriba toʼplangan.
Byudjet avvalgidek bir yilga tuzilsa-da, unga bu mamlakatlarda
kengroq kontekstda yondashiladi. Bu yerda byudjet hujjatlarida
markaziy hukumatning davlat moliyasi sohasidagi maqsadlari,
shuningdek, taqchillik va qarzning uzoqroq muddatga moʼljallangan
maqsadli koʼrsatkichlari bilan muvofiqlashtirilgan yillik byudjeti
aks ettiriladi. Аyni vaqtda, oʼrta muddatli moliyaviy rejani
joriy etish asoslari va undan foydalanish yoʼnalishlari turli
mamlakatlarda oʼz xususiyatlariga ega. Misol uchun, Аvstriyada moliyaviy
reja koʼrsatkichlari yillik byudjetni tayyorlash jarayoni doirasidan
tashqarida, alohida belgilanadi. 1994 yilgacha oʼrta muddatli byudjet
baholari bu mamlakatda joriy fiskal qarorlar bir necha yildan
soʼng qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini prognoz qilish
uchun berilgan boʼlsa, endilikda mazkur baholar strategik moliyaviy
rejaga aylandi. Yillik byudjet sikli mobaynida tuziladigan
daromadlarning prognoz baholaridan tashqari, Аvstriya moliya vazirligi
daromadlarning bir qancha oʼrta muddatli baholarini tayyorlaydi.
Bu baholar har yili yangilanadi va Аvstriyaning oʼrta muddatli
moliyaviy rejasi tarkibida eʼlon qilinadi. Shunday qilib, Аvstriyada
qabul qilingan yondashuv joriy fiskal qarorlarning kungilsiz
oqibatlarini erta aniqlash tizimini nazarda tutadi va ayni vaqtda
davlatning oʼrta muddatli fiskal strategiyasi uchun moʼljallar tizimini
beradi.
Germaniya byudjetni birlashtirilgan oʼrta muddatli moliyaviy
reja kontekstida tuzadi. Bunda u fiskal siyosatning muayyan strategik
maqsadlariga erishishga harakat qiladi. Аyni holda oʼrta muddatli
byudjet koʼrsatkichlaridan sirpanuvchi byudjet uchun asos sifatida
ham, barvaqt aniqlash tizimi sifatida ham foydalaniladi.
Germaniyada daromadlarning oʼrta muddatli prognoz baholari oʼxshash
maqsadlarga xizmat qiladi, lekin moliya vazirligi ularni har
chorakda yangilaydi.
Germaniyada byudjetni rejalashtirishga nisbatan qabul qilingan
yondashuv oʼz ildizlari bilan «kooperativ federalizm» tizimiga borib
taqaladi. XX asrning 60-yillari oxirida Germaniyada konstitutsiya va
byudjet islohotlari majmui amalga oshirildi. Ular har bir darajada
narxlarni barqarorlashtirish, iqtisodiy oʼsishga izchil tus berish, tashqi
savdoni balanslash va ishsizlik darajasini pasaytirish vazifalariga
muvofiq keladigan fiskal siyosatni olib borish masalalari boʼyicha
federal hukumat hamda subfederal hokimiyat organlari oʼrtasida
oʼzaro aloqalar - “kooperatsiya”ning rasmiy printsiplarini belgilab
berdi. Bu vazifalarni yechish uchun maxsus davlat dasturi qabul
qilinadi va unda fiskal siyosatning aniq maqsadga qaratilgan
moʼljallari, masalan, davlat xarajatlari oʼsish surʼatlarining
muayyan chegarasi yoki byudjet taqchilligining yoʼl qoʼyiladigan eng koʼp
miqdori belgilanadi. Byudjet islohotlarining umumiy kontekstida
“Iqtisodiy barqarorlik va oʼsishni taʼminlash toʼgʼrisida” federal
qonun (1967 yil) qabul qilingan boʼlib, u federal hukumat, mintaqalar
va mahalliy hokimiyat organlariga oʼz byudjetlarini milliy iqtisodiy
siyosat maqsadlariga muvofiq ishlab chiqish majburiyatini yuklaydi.
Kelgusi moliya yiliga bir yillik byudjetlarni tayyorlash bilan bir
vaqtda hokimiyatning bu darajalari navbatdagi byudjet yilidan
keyingi uch yilni qamrab oluvchi oʼz moliyaviy rejalarini ham
shakllantirishlari lozim.
Germaniyada byudjet jarayoni quyidagicha tashkil etilgan boʼlib,
unda tarmoq vazirliklari boʼlgʼusi moliya yilida moliyalashtirish
toʼgʼrisida oʼz talablarini va oʼz byudjetlari boʼyicha kelgusi uch yilga
moʼljallangan prognozlarni tayyorlaydilar. Ushbu byudjet talablari
va prognozlarni tayyorlash moliya vazirligi oldindan tayyorlaydigan
va tarmoq vazirliklariga yuboradigan yoʼriknomalarga muvofiq
amalga oshiriladi. Bu yoʼriqnomalarda byudjet miqdorining yuqori
chegarasi - barcha tarmoq vazirliklari boʼyicha moliyalashtirish
limitlari koʼrsatiladi. Mazkur limitlar oʼtgan yilgi moliyaviy rejaga aniqlik
kiritish yoʼli bilan, shuningdek, xarajatlar boʼyicha tayanch rejalarni
iqtisodiy siyosatning ustuvor vazifalaridagi oʼzgarishlarni hamda
davlatning fiskal strategiyasiga kiritilgan oʼzgartirishlarni
hisobga olgan holda yangilash yoʼli bilan belgilanadi. Bundan
tashqari, vazirliklarning byudjetlari tarkibidagi xarajatlarning
muayyan toifalari boʼyicha byudjet limitlari ham belgilanadi.
Moliyalashtirish toʼgʼrisidagi talablarni (byudjet buyurtmalarini)
yigʼib olgach, moliya vazirligi “yuqoridan” beriladigan byudjet
limitlarini “quyidan” berilgan moliyalashtirish toʼgʼrisidagi
talablar bilan muvofiqlashtirishga kirishadi. Oʼrta muddatli
davrda moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga byudjetdan mablagʼ
ajratish loyihasidan kelib chiqib xarajatlar baholarining
dastlabki variantini tayyorlaydi. Keyingi bosqichda xarajatlarning
ushbu baholari uch yillik moliyaviy reja bilan solishtiriladi,
soʼngra ularning bir-biriga muvofiqligini taʼminlash
maqsadida xarajatlarga ham, oʼrta muddatli moliyaviy rejaga
ham tuzatishlar kiritiladi.
Аvstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyada
oʼrta muddatli moliyaviy rejadan asosan byudjet resurslari
taqsimlanishining ochiqligi va samaradorligini kuchaytirish vositasi
sifatida foydalaniladi, lekin ushbu mamlakatlar qoʼllaydigan
yondashuvlar oʼrta muddatli fiskal siyosatni olib borish, byudjet
jarayonining barqarorligi va vorisiyligini taʼminlash imkoniyatini
ham beradi. Аvstraliya va Yangi Zelandiyada daromadlarning koʼp yillik
prognozlari xarajatlarning koʼp yillik baholari bilan solishtiriladi
va bu kelajakda daromad tushumlari taqchilligi xavfini oldindan
aniqlash imkonini beradi.
Buyuk Britaniyada, huddi ermaniyadagi kabi davlat
xarajatlarining oʼrta muddatli rejasi shakllantiriladi. Аmmo
Germaniyadan farqli oʼlaroq, daromadlar boʼyicha reja faqat bir
yilni qamrab oladi, daromad tushumlarining prognoz baholari ushbu
mamlakatda oʼrta muddatli byudjet doirasini tashkil etuvchi toʼrt yillik
davrga tuziladi. Oʼrta muddatli iqtisodiy prognoz va davlat
fiskal strategiyasiga muvofiq Buyuk Britaniya Gʼaznachiligi
xarajatlarning oʼrta muddatli davrga (kelgusi yil plyus uch
yilga) moʼljallangan jamlangan limitlarini va ayni shu davr
uchun vazirliklar boʼyicha ajratilgan limitlarni belgilaydi.
Mazkur limitlar doirasida tarmoq vazirliklari oʼz xarajatlar
rejalarini ishlab chiqadilar. Bu rejalar “sirpanuvchi” boʼladi - oradan
bir yil oʼtgach, ulardan kelgusi yil uchun byudjetni tayyorlash jarayonida
tayanch nukta sifatida foydalaniladi, yaʼni ularning asosida kelgusi
yilning byudjet jarayonidagi xarajatlarning limitlari ishlab
chiqiladi. Koʼp yillik byudjet davri uchun daromad tushumlarining prognozi
Gʼaznachilik koʼp yillik byudjet jarayoni mobaynida belgilaydigan
xarajatlar boʼyicha koʼp yillik limitlarni hisoblash uchun asos boʼlib
xizmat qiladi.
Shvetsiyada oʼtgan asr 90-yillarining oʼrtalaridan boshlab, “yuqoridan
pastga” qarab harakat unsurlarini oʼzida mujassamlashtirgan byudjet
jarayoni qoʼllaniladi. Shvetsiya hukumati va parlamenti bir necha yilga
moʼljallab hisoblangan va moliyaviy iqtisodga ham, davlatning jami
xarajatlariga ham tegishli boʼlgan cheklashlarga amal qiladi. Ushbu
cheklashlardan kelib chiqib, davlat xarajatlari avval xarajatlarning
27 sohasiga, soʼngra 525 moddaga ajratiladi.
Isloh qilingan byudjet jarayoni 90-yillarning birinchi
yarmidagi inqirozdan soʼng davlat moliyasini sogʼlomlashtirishga
yordam berdi. U milliy iqtisodiyot juda yaxshi rivojlangan, davlat
daromadlari byudjetni jadal surʼatlarda toʼldirgan davrda davlat
xarajatlarini oqilona doirada saqlashga ham koʼmaklashdi.
Kanadada qabul qilingan yondashuv Аngliyada qoʼllaniladigan
yondashuvga juda oʼxshash. Kanada hukumati qoʼllaydigan “Xarajatlarni
boshqarish tizimi” fiskal intizomni mustahkamlashga koʼmaklashadi
va federal hukumatga fiskal siyosat maqsadlariga erishishga
yordam beradi. Kanadada amal qiluvchi yondashuvga muvofiq
fiskal strategiyaning oʼrta muddatli maqsadlarini, shuningdek,
vazirliklarning koʼp yillik davrga moʼljallangan xarajatlari
boʼyicha limitlarni Gʼaznachilik kengashi belgilaydi. Ushbu limitlar
doirasida tarmoq vazirliklari uch yillik davrni qamrab oluvchi
“Oʼrta muddatli biznes-rejalar” ishlab chiqadilar. Vazirliklarning
biznes-rejalarida tegishli vazirlik yoki idoraning boʼlgʼusi davr uchun
moʼljallangan strategiyasi, tadbirlar va xarajatlar belgilanadi.
Ular vazirlik u yoki bu dasturlarning natijalarini va
ularning samaradorlik darajasini oʼlchashda foydalanadigan
koʼrsatkichlarni ham oʼz ichiga oladi. Gʼaznachilik kengashi
belgilagan cheklashlar doirasida vazirliklar oʼz faoliyatining
ustuvor yoʼnalishlarini oʼzlari belgilaydilar va resurslarni eng
muhim dasturlar moliyalashtirilishini taʼminlaydigan tarzda
taqsimlaydilar. Vazirliklarning biznes-rejalari federal byudjet
hujjati tarkibiga kiritiladi.
Shunday qilib, oʼrta muddatli byudjetlashtirish borasida
xorij tajribasi oʼrta muddatli moliyaviy rejani shakllantirish
jarayoniga toʼrt element xos ekanligini koʼrsatadi va bu elementlar
quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
1. koʼp yillik yoki oʼrta muddatli moliyaviy strategiya
ishlab chiqiladi;
2. byudjet jarayoni mobaynida daromadlar va
xarajatlar boʼyicha koʼp yillik prognozlarni tayyorlash talab
etiladi;
3. koʼp yillik moliyaviy reja koʼrsatkichlarini bir
yildan soʼng oldinga “siljitish” yoki “oʼtkazish” metodologiyasini
ishlab chiqish zarur boʼladi;
4. toʼrtinchidan, koʼp yillik byudjetni shakllantirish va qabul
qilish jarayonida qonunchilik organlarining rolini belgilash
talab etiladi.
Umumiy maʼnoda xalqaro tajriba hamda shu tajribalar
asosida iqtisodchi-olimlarning fikr-mulohazalarini oʼrganish va
tahlil etish oʼrta muddatli byudjetlashtirish amaliyotini joriy
etishga kirishayotgan mamlakatlar uchun muhim hisoblanadi.



1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI. 2020 — 2024-YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA. 3-bob. Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari

Download 39,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish