Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va ularni turli darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlashning holati


-bob. Budjetning samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish



Download 39,21 Kb.
bet6/7
Sana16.03.2022
Hajmi39,21 Kb.
#495289
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MTBF talablari

3-bob. Budjetning samaradorlik va natijadorlikka qarab yo‘naltirilganligini oshirish

12.

Xarajatlarning samaradorligini va natijadorligini baholash uslubiyatini bosqichma-bosqich joriy etish.

Tajriba tariqasida tanlangan vazirlik va idoralar misolida avvalgi yillarda tadbirlarga yo‘naltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning natijadorligini baholash.
Baholash natijalaridan kelib chiqib, mazkur vazirlik va idoralarda xarajatlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash hamda tajriba tariqasida ularni baholash tizimini joriy etish va shu asosda ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning kelgusi yillar uchun budjetlarini shakllantirish.
Tarmoq vazirliklari va boshqa birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar uchun ularning budjet bo‘yicha takliflari bilan bir qatorda samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish.
Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning o‘z maqsadlarini belgilash va shunga muvofiq tadbirlarini rejalashtirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida ularning budjet vakolatlarini kengaytirish mexanizmini joriy etish.
Budjet tashkilotlari tomonidan xarajatlar smetasini rejalashtirishda iqtisodiy tasnif bo‘yicha xarajatlar moddalarini yirik guruhlarga birlashtirish.

2021-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasida hamda budjetnomada aks ettirish
Moliya vazirining Budjet tasnifiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i

2020-yil IV chorak
2022-yil I chorak

Moliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi
Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

Jahon bankining Institutsional salohiyatni oshirish loyihasi doirasida

13.

Samaradorlik va natijadorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini oshirish.

Budjetnoma tarkibida taqdim etiladigan budjet hujjatlarida bosqichma-bosqich xarajatlarni baholashning indikatorlarini va nazorat ko‘rsatkichlarini ko‘rsatishni kengaytirish va ular bo‘yicha hisobotlarni taqdim qilib borishni yo‘lga qo‘yish.

Budjetnoma loyihasi

2021 — 2025-yillar

Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar




14.

Dasturiy budjetlashtirishni joriy etish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni belgilash.

Dasturiy budjetlashtirish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlarni aniql?sh hamda mazkur tizimning afzallik va kamchiliklarini o‘rganish. Joriy va yangi tadbirlar uchun xarajatlarni aniqlash uslublarini ishlab chiqish.
Davlat budjeti xarajatlarini dasturlar bo‘yicha tasniflashni joriy etish.

Moliya vazirining budjet tasnifiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i.

2021-2022-yillar

Moliya vazirli




5.1 Oʼrta muddatli byudjetlashtirishning
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va
afzalliklari
Maʼlumki, har bir mamlakat byudjeti oldida turgan asosiy
vazifa makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy oʼsishga erishish,
davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini moliyaviy taʼminlashga
xizmat qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
pirovardida esa aholini faravon hayot kechirishini taʼminlashdir.
Oʼzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi ishlab chiqilishi
va amaliyotga tadbiq etilishi davlat moliyasini boshqarishning
huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga, byudjet siyosatining
ustuvor yoʼnalishlarini tartibga solishga, byudjet mablagʼlaridan
foydalanish samaradorligini oshirishga va davlat xizmatlari
koʼrsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Biroq, mamlakatimizda kechayotgan iqtisodiy islohotlar
byudjet jarayoni nafaqat yil davomidagi koʼzlangan xarajatlarni
moliyalashtirishni, balki bir yildan ortiq davom etadigan davlat
dasturlarini moliyalashtirilishini xizmat qilishini taʼminlash,
davlat dasturlarini bajarish uchun kerak boʼlgan moliyaviy resurslar
bilan bogʼlash va byudjet jarayonini oshkoralik darajasini
oshirish taqazo etmoqda.
Davlat byudjeti bilan bogʼlangan har qanday islohotlar tizimi
puxta, keng oʼylangan va aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda boʼlishi
kerak. Mazkur davlat byudjeti islohotlarining markaziy oʼrnida byudjet
loyihasini rejalashtirish eng asosiy, kerak boʼlsa, butun mamalakat
taqdirini hal qiluvchi (ayniqsa, oʼtish davriga xos mamlakatlar
uchun) kuch sifatida qarash maqsadga muvofiq boʼladi.

Byudjetni


rejalashtirishning asosiy obʼektiga yoʼnaltirishning eng muhim
richag bu unga sarflanayotgan xarajat hisoblanadi. Shu boisdan, amalga
oshirilayotgan xarajatlarni maʼlum majburiyatlarini mustahkamlash
(yoki yuklatish) evaziga ham tayanish mumkin.
Byudjet xarajatlarining bugungi kunda miqdor koʼrsatkichlari
eʼtibor markazida asosiy oʼrin olib kelmoqda, ammo sifat jihatdan
esa biroz oqsoqlanishlar mavjud. Byudjet xarajatlarining
sifat jihatlari makroiqtisodiy miqyosda sezilarli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishga sabab boʼladigan jihat hisoblanadi. Jahon
amaliyotida byudjet xarajatlarining sifat jihatiga “xarajatlarga
oid majburiyatlar” atamasi bilan talqin etilmoqda.
Аynan, xarajatlarga oid majburiyatlar byudjet xarajatlarining
sifat jihatiga aylanishi, bunda amalga oshirilayotgan har bir
xarajatlar maʼlum bir majburiyatlar asosida (aniq maqsad va
kutilayotgan natija) amalga oshiriladi. Mazkur holat byudjet
xarajatlari uchun huquqiy mexanizm vazifasini bajaradi. Byudjet
mablagʼlaridan foydalanish toʼgʼrisidagi qarorlarni xarajatlarga
oid majburiyatlarni qabul qilish yoʼli bilan rasmiylashtirish olib
borilayotgan byudjet siyosatining barqarorligi va izchilligini
taʼminlaydi. Xarajatlarga oid majburiyatlarni qabul qilish davlat
hokimiyati va mahalliy oʼzini-oʼzi boshqarish organlariga biriktirilgan
vakolatlar va funktsiyalarga muvofiq amalga oshiriladi20.
Аlbatta, har bir islohot bir moliya yilida oʼz natijasini
koʼrsatishi mushkul, ayniqsa, byudjet xizmati sohasida. Shu bois,
xarajatni taqsimlashdan byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablagʼ
oluvchilar uchun majburiyatlarni yuklash ham ulardan natija kutish
bir moliya yili doirasidan oʼrta muddatga (qoida tariqasida 3-5 yil)
moʼljallangan byudjet amaliyotiga oʼtish sari yetaklaydi.

Bugungi kunda jahon amaliyotida koʼpgina davlatlar byudjet


tizimini oʼrta muddatli davr uchun ishlab chiqib amaliyotga tadbiq
etishmoqda. Shu oʼrinda tabbiy savol paydo boʼladi, oʼrta muddatli
byudjetlashtirishni joriy etish zaruriyati nimalar belgilab
beradi yoki hozirgi smetali byudjetlashtirish (xarajatli
rejalashtirish) amaliyotining kamchiliklari nimalardan iborat?
Davlat byudjetini rejalashtirish joriy metodologiyasida
byudjet mablagʼlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini
cheklovchi bir qator kamchiliklar mavjud boʼlib, ularga:
1) Joriy smetali rejalashtirish byudjetdan moliyalashtirilgan
xizmat (ish, tovar)larning natijalarini aniqlash imkoniyati
juda ham murakkab kechmoqda. Joriy tizimda amalda
sarflangan xarajatlarning oʼzi va tejalgan mablagʼgina
natijalar sifatida qabul qilinmoqda. Mazkur yondashuv
byudjetdan moliyalashtirishning samaradorligini
aniqlash imkoniyatini bermaydi. U faqat mablagʼlar
maqsadli sarflanishini taʼminlash, moliyalashtirishning
rejalashtirilgan va amaldagi summasini taqqoslash
imkoniyatini beradi xalos.
2) Joriy byudjetni rejalashtirish bir yil bilan chegaralanib,
amalda byudjet siyosatini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning joriy yil doirasidan chetga chiquvchi
ustuvor vazifalari va maqsadlariga erishishga yoʼnaltirish
imkoniyatini cheklab qoʼymoqda. Natijada oʼrta va uzoq muddatli
istiqbolga moʼljallangan milliy va hududiy dasturlar
aksariyat hollarda byudjet imkoniyatlari bilan bogʼlanmay
qolmoqda. Bu esa, ularni bajarish muddatlarini koʼp karra
qayta koʼrilishiga va dastur tadbirlariga oʼzgartirishlar
kiritilishiga olib kelmoqda.
3) Аmaldagi byudjet uzoq muddatli investitsiya dasturlari
(kapital qoʼyilmalar) bilan uzviy darajada bogʼlanish
imkoniyatining chegaralanib qolganligi. Investitsiya dasturi
doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar (yangi quvvatlarni
yaratish, amaldagi obʼektlarni asbob-uskunalar bilan jihozlash)
ishga tushirilganidan soʼng ularni joriy taʼminlashga
xarajatlar talab qiladi. Аmmo, yangi obʼektlarning
ishga tushirilishi byudjet prognozi bilan bogʼlanmagan,
yaʼni unda mazkur obʼektlarni joriy taʼmirlash xarajatlari
hisobga olinmagan hollar uchramoqda. Natijada moliya yili
mobaynida mazkur obʼektlarni moliyaviy taʼminlashga
qoʼshimcha mablagʼlarni topish (shu jumladan rejaga muvofiq
ajratilgan mablagʼlarni qayta taqsimlash yoʼli bilan)
toʼgʼrisida qarorlar qabul qilinadi. Davlat xarajatlari va
qabul qilinayotgan (amalga oshirilayotgan) dasturlarning oʼzaro
nomuvofiqligi muammolari byudjetni rejalashtirish asosan
joriy vazifalarni xal qilishga qaratilganligini koʼrsatadi.
Bunda qisqa, oʼrta va uzoq muddatli davrlarda rejalashtirilgan
byudjet xarajatlari bilan erishilishi lozim boʼlgan ijtimoiyiqtisodiy natijalar toʼla hisobga olinmaydi.
4) Qonunchilikda mavjud kamchiliklar, byudjet va turli
dasturlar oʼrtasidagi aloqani belgilovchi huquqiy normalar
va mexanizmlar mukammal emasligi, shuningdek, byudjet
mablagʼlaridan foydalanishning samaradorlik darajasiga
baho berishda maʼlum metodik koʼrsatmalar ishlab
chiqilmaganligi sababli koʼp hollarda samaradorlik va byudjet
mablagʼlaridan maqsadli foydalanish printsipi bilan oʼzaro
almashtirish yuz bermoqda.

5) Davlat byudjeti samaradorligining turli makroiqtisodiy


koʼrsatkichlariga (bandlik, inflyatsiya, foiz stavkasi,
narxlar darajasi va boshqalar) qarab uning iqtisodiyot va
ijtimoiy sohani davlat tomonidan tartibga solish vositasi
sifatidagi roli haqida gapirish oʼrinli. Makrodarajadagi
koʼrsatkichlarning turli tavsifga ega ekanligi ham byudjet
xarajatlarining samaradorlik darajasini oʼlchashda
muayyan noaniqlik yuzaga kelishini anglatadi. Buning
ustiga umumiy makrokoʼrsatkichlar asosan informativ va
tahliliy xususiyat kasb etadi, ularni muayyan shaxslarning
harakatlari, kimningdir shaxsiy javobgarligi bilan bogʼlash
mumkin emas, maʼlum bir davlat muassasasi faoliyati bilan
bogʼlash ham mushkul hisoblanadi.
Аyni vaqtda davlat byudjeti davlat mablagʼlaridan aniq va
maqsadli foydalanish uchun asosiy moliyaviy reja sifatida xizmat
qiladi. Mazkur rejani amalga oshirishda byudjet xarajatlarining
samaradorlik darajasini aniqlash zaruriyati yuzaga chiqadi va
quyidagi holatlarga duch kelishi muqarrar boʼlib qoladi: davlat
mablagʼlari pirovard natijada nimaga sarflangan, bu xarajatlar
qanday natija bermoqda, pirovard natijalar va amalga oshirilgan
xarajatlarning oʼzaro nisbati kanday kechmoqda? Bu yerda asosiy
urgʼu byudjet mablagʼlarini sarflash uchun shaxsiy va instituttsional
javobgarlik muammolarini yechish muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgacha mavjud boʼlgan, oʼtgan moliya yil uchun byudjetning
xarajatlar moddalariga doir hisobot maʼlumotlariga asoslanadigan
byudjet xarajatlarini “smetali rejalashtirish” usuli moliyalashtirish
natijalarini aniqlash muammosini amalda chetlab oʼtadi. Аniqroq
aytganda, xarajatlarning oʼzi natija sifatida amal qiladi va
bunday sharoitda byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning
samaradorligini aniqlash imkoniyati cheklanadi. Byudjet
xarajatlarini rejalashtirishning smetali tartibi mablagʼlar
maqsadli sarflanishini taʼminlash va moliyalashtirishning rejada
belgilangan va amaldagi summalarini taqqoslash imkoniyatini beradi.
Bu faktlar rejalashtirish va moliyalashtirishning hozirgi tizimi
doirasida, albatta, foydali, lekin byudjet xarajatlarining
samaradorlik darajasini aniqlash imkoniyatini amalda hal qilib
bermaydi. Bunday yondashuvda hisobot smetasi oʼz-oʼzidan rejali
smetani vujudga keltiradi va bunday oʼrin almashish cheksiz davom
etishi mumkin.
Shunday qilib, yillik byudjet doirasida byudjet xarajatlarining
samaradorlik darajasini aniqlash amalda mumkin emas,
chunki muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning koʼp qismi
barchasi uzoqroq muddatda amalga oshiriladi.
Oʼrta muddatli byudjetlashtirish nafaqat iqtisodiy
barqarorlikka erishishning bir vositasigina boʼlib qolmasdan, balki
mazkur amaliyot bir qancha muammolarni yechish imkoniyatiga ega boʼlib,
bu muammolarga:
davlat qonunchiligi va qarorlarining oʼrta hamda uzoq muddatli
davlat moliyaviy strategiyasiga taʼsirini belgilash;
byudjet jarayonini oshkoraligini taʼminlab, moliyaviy
intizomni mustahkamlaydi;
byudjet jarayoni shaffofligi va samaradorligini taʼminlaydi;
byudjet loyihasini ishlab chiqish uchun zarur iqtisodiy vaqt va
resurslarni tejaydi.
Oʼrta muddatli kelajakda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi davlat resurslarini taqsimlash va ulardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash bilan bevosita bogʼlik. Bunda davlat byudjeti ayni vaqtda prognozlarning bir qismi sifatida shakllantirilishi lozim. Mazkur byudjet doirasida qoʼyilgan maqsadlarga erishish uchun byudjet imkoniyatlarini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozlari bilan yaqinlashtirish yoʼllarni aniqlashga harakat qiladi.
Hozirgi vaqtda yetakchilik qilayotgan smetali byudjetlashtirishdan
farqli oʼlaroq, oʼrta muddatli byudjetlashtirish amaliyotidan
foydalanish davlat mablagʼlarini byudjet mablagʼlarini boshqaruvchilar
(bosh taqsimlovchilar, taqsimlovchilar va oluvchilar) faoliyatining
ijtimoiy ahamiyatga molik va odatda, miqdor jihatidan oʼlchash
mumkin boʼlgan natijalariga yoʼnaltirish, shu bilan bir vaqtda
belgilangan maqsadlar hamda natijalarga erishilishining
monitoringini amalga oshirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Bunda oʼrta muddatli byudjetlashtirish amaliyotidan foydalanish
byudjetni rejalashtirish va moliyaviy menejmentning zanomaviy
idoraviy metodlari sifatini taʼminlashni ham nazarda tutadi.



Download 39,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish