Davlat byudjeti daromadlari
Reja:
1.Soliqlarning budjet daromadlarini shakllantirishining
ilmiy-nazariy asoslari.
2. O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining amaldagi holati tahlili
3. Davlat byudjetini daromadlarini shakllantirishda soliqlarning ob’ektiv zarurligi .
Davlat budjeti davlatning yirik markazlashgan pul fondi bo‘lib, davlatning funksiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. budjet so‘zi g‘azna ma’nosini bildirar ekan, uning mohiyati ham davlatning qo‘lida markazlashtirilgan pul jamg‘armalarining tashkil etilishi va davlatning siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar yuzasidan pul munosabatlarini bildiradi. davlat budjeti moliya tizimi hamda davlat moliya bo‘g‘inining asosiy qismidir.
o‘zbekiston respublikasining budjet kodeksiga asosan davlat budjetiga
quyidagicha tarif berilgan: “davlat budjeti - davlat pul mablag‘larining (shu
jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan
jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi”.
mahalliy budjetlar -hududiy moliyaning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. mahalliy budjetlarning daromadlari, asosan, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, soliqsiz daromadlar, yuqori turuvchi budjet tashkilotidan olinadigan ajratmalardan tashkil topadi.
mahalliy budjetlar bo‘g‘inlari tarkibiga
mahalliy budjetlar bo‘g‘inlari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
qoraqalpog‘iston respublikasi budjeti;
viloyatlar budjeti;
shaharlar budjeti;
tumanlar budjeti;
shaharlar tarkibidagi tumanlar budjeti (toshkent shahrida);
tumanlar tarkibidagi shaharlar budjeti.
davlat budjetining harakat qilish mexanizmi ikki ko‘rsatkichda bo‘ladi:
1. davlat budjetining daromadlari.
2. davlat budjetining harajatlari.
daromadlar – bu davlatning sub’ekti sifatida faoliyat ko‘rsatishi uchun moliyaviy baza hisoblanadi.
budjet daromadi birinchidan, ijtimoiy ishlab chiqarish qatnashchilari
tomonidan jami ijtimoiy mahsulotni qiymatini taqsimlash natijasida shakllangan
bo‘lsa, ikkinchidan, davlat ixtiyorida vujudga kelgan qiymatni maqsadli fondlar
hududlararo va tarmoqlararo fondlarni tashkil etish uchun qayta taqsimlash
xususiyatga egadir.
davlat budjeti har yili ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. o‘zbekiston
respublikasi davlat budjeti, uning daromad va xarajatlari boshqa iqtisodiy
kategoriyalar: soliq, narx, kredit, foyda, tannarx, qiymat va hakazolar bilan birgalikda turli munosabatlarga kirishar ekan, ular ustidan moliyaviy nazoratni
amalga oshiradi.
davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning
davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning
shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:
1. soliqlar va soliqlarga tenglashtiriluvchi majburiy to‘lovlar;
2. davlat mulkini xususiylashtirishdan keladigan daromadlar;
3. davlat zayomlari;
4. qog‘oz pullar emissiyasi va boshqalar.
davlat daromadlari tizimida markaziy moliyaviy manba bo‘lib soliqlar
hisoblanadi. soliqlar soliq qonunchiligi vositasida joriy etiladi. soliqlar asosan
fiskal, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. davlat budjeti daromadlarini
shakllantirish soliqlarning fiskal funksiyasini kasb etsa, ayrim tarmoqlar
rivojlarishini rag‘batlantirish maqsadida turli xil imtiyozlar beriladi va kam
daromadli aholining soliqlardan ozod etish, ularni davlat tonmonidan
moliyalashtirish hisobiga ijtimoiy vazifalar hal etiladi. hozirgi sharoitda davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali
manbai bo‘lib soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to‘lovlar hisoblanadi.
yuqorida respublikamizda davlat budjeti ikki pog‘onadan iborat ekanligiga
to‘xtalgan edik. ularning har biriga muayyan daromad manbalari biriktirilgan.
jumladan, respublika budjeti daromadlari umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari,
majburiy to‘lovlar va boshqa to‘lovlar hisobiga shakllantirilsa, mahalliy budjetlar
daromadlari mahalliy soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobiga
shakllantiriladi.
1997 yil 24 aprelda o‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq turlarini belgiladi.
1997 yil 24 aprelda o‘zbekiston respublikasining soliq kodeksi qabul qilindi va 1998 yil 1 yanvardan kuchga kirdi. ushbu kodeks soliqlar va yig‘imlarni yagona hujjatga to‘pladi, umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq turlarini belgiladi.
shuningdek, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning huquqiy asoslarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 1997 yil 29-avgustda qabul qilingan “davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi va o‘zbekiston respublikasining budjet kodeksini keltirib o‘tishimiz mumkin.
soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. oborotdan olinadigan soliqlar. bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig’imlari va boshqalar kiradi.
2. mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. bunday soliqlar soliq to’lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3. daromaddan olinadigan soliqlar. bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i va boshqalar kiradi
mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar). shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:
mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho’jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to’lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to’lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo’shiladi (er solig’i, mol-mulk solig’i, ekologiya solig’i va boshqalar). shu o’rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:
1. tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to’lanadigan soliqlar. bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.
2. ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.
3. davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.
4. korxonalar foydasidan to’lanadigan soliqlar: daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.
2)o’zbekiston respublikasi davlat byudjeti soliqli daromadlarining amaldagi holati tahlili
umumdavlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib, ular budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar hisoblanadi.
soliqlar va majburiy to’lovlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linishi:
umumdavlat soliqlari va majburiy to’lovlar
1. yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i
2. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
3. qo’shilgan qiymat solig’i
4. aksiz solig’i
5. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar
6. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq
7. bojxona to’lovlari
8. davlat boji
9. ijtimoiy jamg’armalarga majburiy to’lovlar
10. respublika yo’l jamg’armasiga yig’imlar
soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan umumdavlat soliqlari:
11. yagona soliq to’lovi
12. tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq
mahalliy soliqlar va yig’imlar
mahalliy soliqlar va yig’imlar
1. mol-mulk solig’i
2. yer solig’i
3. obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i
4. jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
5. ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im
soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to’lanadigan mahalliy soliq:
6. yagona yer solig’i
o‘zbekiston respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarini o‘sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. bu esa, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini budjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog‘ini ta‘minlashni taqozo qiladi.
bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet-soliq siyosatining asosiy vazifalari iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayoni o’stirishga va uning samaradorligini oshirishga, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar daromadlarini ko’paytirishga qaratilgan bo’lishi kerak.
o’zbekiston respublikasida soliq tushumlari 2018-yilda davlat budjeti daromadlarining(maqsadli jamg’armalarsiz) 77,9% ni tashkil etgan. soliq tushumlarining davlat budjeti daromadlaridagi ulushi %da
davlat budjeti daromadlari yaimga nisbatan %da
yuqoridagi diagrammadan ko’rinib turibdiki, davlat budjeti daromadlari yaimga nisbatan 1998-yili 32.4%dan 2016-yil 20.5%ga yoki 11.9 foizli punktga pasaygan, bu esa yaimga soliq bosimining birmuncha pasayganligidan dalolat beradi. demak, davlat budjeti daromadlari yaimga nisbatan qancha ulushni tashkil etishi tahlil qiladigan bo’lsak, bosqichma-bosqish tushib kelganligining guvohi bo’lamiz. 1998-yildan boshlab 2007-yilgacha keskin tarzda tushib kelgan, lekin davlat budjeti daromadlarini mustahkamlash uchun ancha keng ko’lamdagi islohatlarga yo’l qo’yildi, shuning uchun 2008-yildan boshlab yaimga nisbatan davlat budjeti daromadlari bosqichma-bosqich optimallashtirildi. oxirgi to’rt yilni tahlil qilar ekanmiz, undagi ko’rsatkich 22%dan 20,5%gacha pasaydi yoki 1.5 foizli punktga pasayganini ko’rishimiz mumkin.
yuqoridagi diagrammadan ko’rinib turibdiki, davlat budjeti daromadlari yaimga nisbatan 1998-yili 32.4%dan 2016-yil 20.5%ga yoki 11.9 foizli punktga pasaygan, bu esa yaimga soliq bosimining birmuncha pasayganligidan dalolat beradi. demak, davlat budjeti daromadlari yaimga nisbatan qancha ulushni tashkil etishi tahlil qiladigan bo’lsak, bosqichma-bosqish tushib kelganligining guvohi bo’lamiz. 1998-yildan boshlab 2007-yilgacha keskin tarzda tushib kelgan, lekin davlat budjeti daromadlarini mustahkamlash uchun ancha keng ko’lamdagi islohatlarga yo’l qo’yildi, shuning uchun 2008-yildan boshlab yaimga nisbatan davlat budjeti daromadlari bosqichma-bosqich optimallashtirildi. oxirgi to’rt yilni tahlil qilar ekanmiz, undagi ko’rsatkich 22%dan 20,5%gacha pasaydi yoki 1.5 foizli punktga pasayganini ko’rishimiz mumkin.
3)davlat byudjetini daromadlarini shakllantirishda soliqlarning ob’ektiv zarurligi
yurtimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiy erkinlashtirish, davlat boshqaruvchilik funksiyasini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. shu bilan birgalikda milliy ishlab chiqarishni shakllantirish va rivojlantirish, budjet-soliq siyosati yaxlitligini ta’minlash, budjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik muhim ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. bu vazifalarni amalga oshirish uchun, avvalo, soliqlar orqali iqtisodiyotni boshqarish mexanizmini to’g’ri, oqilona ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim bo’ladi. bu haqda fikr yuritar ekan birinchi prezident i.a. karimov shunday ta’kidlaydi: “soliq siyosatini takomillashtirish iqtisodi-yotni barqarorlashtirishga va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. bozor munosabatlariga o’tish sharoitida soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo’lib qoladi”
bugungi kunga kelib yurtimizda soliqlar va soliqqa tortish jarayonlari mukammal tarzda tashkil etilgan va boshqarilmoqda. soliq tizimida izlanishlar amalga oshirilib, yildan-yilga optimallashtirib borilmoqda.
soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatmaydi. jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektib amal qilishini talab etadi. qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mag’lablarni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi.
soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatmaydi. jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektib amal qilishini talab etadi. qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mag’lablarni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi.
soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatmaydi. jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektib amal qilishini talab etadi.
davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.
davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega. davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.
soliq tizimini tartibga solish va mukammalashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish davlat budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi.
soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. oborotdan olinadigan soliqlar. bunda soliqlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig’imlari va boshqalar kiradi.
2. mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. bunday soliqlar soliq to’lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo’lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.
3. daromaddan olinadigan soliqlar. bunga yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig’i, infratuzilmani rivojlantirish solig’i, jismoniy shaxslarning daromad solig’i va boshqalar kiradi.
davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. d.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. d.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. markaziy, mahalliy d.b.lari va d.b.dan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. d.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. d.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi.
d.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab d.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi d.b. mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi.
hoz. rivojlangan mamlakatlarda d.b.ning asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987 y.da aqshda soliq tushumlari d.b.ning 98% ini, buyuk britaniyada 96,7% ini, fransiyada 91,5% ini tashkil qildi). aqsh federal byudjetidan qilinadigan harajatlar orasida "da-romadlar darajasini taʼminlash" (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40%, milliy mudofaa harajatlari (28—30%) eng muhim oʻrinda turadi.
hoz. davrda oz sonli sotsialistax mamlakatlarda d.b. daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
oʻzbekiston respublikasining d.b. respublika d.b., qoraqalpogʻiston respublikasi d.6., viloyatlar va toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashti-radi. oʻzbekistonning birinchi d.b. 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun d.b. yil yakuni (dek. oyining oxiri)da oʻzr oliy majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan d.b. qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng d.b.ning shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. oʻzbekistan respublikasi d.b. daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliklar hisobiga olinmoqda.
1995 y.da oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3%, 1996 y.da 3,5%, 1997 y.da 2,2%, 2000 y.da yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, oʻzbekiston respublikasi davlat mul-ki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini tak ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995 y.dan boshlab oʻzbekiston respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
oʻzbekiston respublikasi d.b.da jami daromadlar va harajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. oʻzbekistonda d.b.ni shakllantirish tartibi oʻzbekistan respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi.
ahmadjon oʻlmasov, erlis alikulov.
ahmadjon oʻlmasov, erlis alikulov.
2020 yilda davlat byudjeti xarajatlari asosan ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladi
nashr etilgan: 15/11/2019
byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi hamda agrar va suv ho‘jaligi masalalari qo‘mitalari tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
deputatlar, mutasaddi vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishda “2020 yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.
parlament quyi palatasiga kiritilgan 2020 yilga mo‘ljallangan byudjetnomani tasdiqlashda yangi amaliyot hayotga tatbiq etilmoqda va oliy majlis tomonidan birinchi marta davlat byudjeti qonun shaklida qabul qilinmoqda.
ya’ni “2020 yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasini xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlash va byudjet ma’lumotlarining ochiqligini, shaffofligini yanada oshirish, byudjet mablag‘larining shakllanishi, sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tartiblari belgilanmoqda.
yig‘ilishda qayd etilganidek, 2020 yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda, 5,5 foiz (2021 yilda 5,8 foiz, 2022 yilda 6,2 foiz) miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 6,5 foiz, qurilishda 9,3 foiz, qishloq xo‘jaligida 4 foiz va xizmatlar sohasida 5,6 foiz ko‘payadi, asosiy kapitalga investitsiyalar 10 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti hamda import 8 foiz o‘sadi.
2020 yilga mo‘ljallangan byudjet siyosati puxta o‘ylangan fiskal siyosatni amalga oshirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosib o‘sishiga va mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.“2020 yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi bilan byudjet mablag‘larini rejalashtirish samaradorligini, ulardan foydalanish natijadorligini oshirishga hamda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.
byudjetni rejalashtirishning barqarorligini oshirish maqsadida prognoz yili uchun davlat byudjeti va keyingi ikki yilga mo‘ljallangan byudjet yo‘nalishlarini tasdiqlash yo‘li bilan o‘rta muddatga mo‘ljallangan byudjetni rejalashtirish taklif qilinmoqda.
2020 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 653,5 trillion so‘mni, davlat byudjeti daromadlarining tushumi 128,5 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 19,6 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinib, bu alohida sohalar rivojiga maqsadli xarajatlarni oshirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni ta’minlaydi.
2020 yilda davlat byudjetining xarajatlari 131,1 trillion so‘mni tashkil etadi. bu o‘tgan yildagiga nisbatan 24 foizga ko‘p bo‘lib, bunda davlat byudjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 66 trillion so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 50,3 foizni tashkil etadi. bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 24 foiz ko‘payadi.
maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 5,2 trillion so‘m, umumiy ta’limga 20,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,9 trillion so‘mni tashkil etadi
sog‘liqni saqlashga 14,8 trillion so‘m, madaniyat va sportni moliyalashtirish uchun 2,3 trillion so‘m, ilm-fanga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi. ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 27 foiz oshgan holda 6,6 trillion so‘mni tashkil etadi.
umuman olganda, 2020 yilgi byudjetnomada nazarda tutilgan daromadlarning izchil o‘sishi, soliq siyosatida joriy etilayotgan tub o‘zgarishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda “2020 yil uchun o‘zbekiston respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasining asosiy yo‘nalishlari deputatlar tomonidan har tomonlama muhokama etildi.
Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishda ta’sirchan jamoatchilik va parlament nazoratini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. mahalliy byudjetlarning daromad manbai mustahkamlanishi va ularning mustaqilligi izchil oshirib borilishini hisobga olgan holda, mahalliy vakillik organlari vakolat hamda imkoniyatlaridan oqilona foydalanishi, byudjetga tushumlar to‘liq bo‘lishini ta’minlash ishiga faol qo‘shilishi talab etiladi. bu borada parlament xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari korpusiga har tomonlama yordam ko‘rsatishi ham ta’kidlab o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |