Davlat byudjeti balanslashgan byudjed multiplikatorlari 1Davlat byudjeti



Download 0,74 Mb.
bet5/12
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#278516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
davlat xarajatlari 121 (1)

Oldingi tahrirga qarang.

xodimlar umumiy cheklangan soni doirasida boshqaruv xodimlarining soni 4 ta shtat birligidan iborat davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyiha va dasturlarni audit qilish sektorini tashkil etsin;



(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)

uch oy muddatda davlat qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyiha va dasturlarni baholash va auditdan o‘tkazish hamda ularni xatarlar bo‘yicha guruhlashtirish masalalarini o‘z ichiga oluvchi tartibni tasdiqlasin.

6. 2020-yilda ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. 2020-yil 1-fevraldan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshirilsin.

2020-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 679 330 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 238 610 so‘m;

eng kam yoshga doir pensiyalar — oyiga 466 680 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 466 680 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 286 390 so‘m;

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin;

soliqlar, yig‘imlar, jarimalar, davlat bojlari va ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun patent (litsenziya) to‘lovlari hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar miqdorini aniqlashda qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdori — 223 000 so‘m o‘zgarishsiz qoldirilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligi:

mazkur qarorning 3-ilovasida ko‘rsatilgan 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlari prognozining bajarilishi yuzasidan barcha zarur choralarni ko‘rsin;

ikki hafta muddatda yangi tahrirdagi Soliq kodeksining mazmun va mohiyatini soliq to‘lovchilarga tushuntirish hamda amaliyotga joriy qilishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirsin.

9. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan qo‘shilgan qiymati solig‘ining salbiy summasini soliq to‘lovchining arizasiga ko‘ra qoplash tartibi 2020-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda elektron hisobvaraq-faktura tizimi operatorlari sonini ko‘paytirish hamda operatorlar bilan hamkorlikda 2020-yil 1-aprelgacha elektron hisobvaraq-fakturalar almashish tizimini to‘laqonli joriy qilish choralarini ko‘rsin;

elektron hisobvaraq-fakturalar yuritishga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotlarini topshirish tartibini soddalashtirish, shuningdek, elektron hisobvaraq-fakturalar va onlayn nazorat-kassa mashinalar yuritishdan bosh tortganlik uchun javobgarlik choralarini joriy etish bo‘yicha takliflarni 2020-yil 1-iyulgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. 2020-yilda soliq yukining keskin o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, jismoniy shaxslar mulkiga kadastr qiymati asosida belgilangan mol-mulk solig‘i summasi 2019-yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 barobaridan ortiq oshirilmasligi belgilansin.

11. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliq tushumlari quyidagicha taqsimlanadi:

a) budjet tashkilotlari bo‘yicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 99,2 foiz;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,4 foiz;

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,4 foiz;

b) boshqa to‘lovchilar bo‘yicha:

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — 98,4 foiz;

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga — 0,8 foiz;

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga — 0,8 foiz.

12. 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

rentabellik darajasidan kelib chiqib, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ uchun foyda solig‘i stavkalari 4-ilovaga muvofiq;

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi oltin, palladiy va kumush uchun 20 foiz va mis bo‘yicha 15 foiz miqdorida tasdiqlansin.

14. Belgilansinki, o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga qonunchilikda oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etiladi va 2020-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llaniladi.

15. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga asosan 2020-yil 1-yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer solig‘i qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha davlat qo‘mitasi:

2020-yil 1-aprelga qadar “O‘zdaverloyiha” ilmiy-loyiha instituti, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlari bo‘lgan barcha yuridik shaxslarga yer solig‘ini hisoblash uchun qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini yetkazsin;

2020-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda, xalqaro tajribadan kelib chiqib, 2021-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymatini belgilashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

16. Belgilansinki, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatish va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘i bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahri shahar budjetlariga ajratiladigan mablag‘lar har oyda (hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar, yil yakuni bo‘yicha oxirgi ish kuniga qadar) o‘tkaziladi;

daromadlar prognozining bajarilmagan qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi, prognozning oshirib bajarilgan qismi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti ixtiyorida qoldiriladi.

17. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat soliq xizmati organlari rahbarlari budjet daromadi prognoz ko‘rsatkichlarini ortiqcha to‘langan va undirilgan soliq summalari hisobiga bajarilishiga yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha qat’iy ogohlantirilsin.

2020-yil 1-yanvardan shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra ortiqcha undirilgan soliq summalarini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasiga teng bo‘lgan stavkada foizlar to‘lagan holda qaytarish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda:

O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, tuman va shaharlar budjetlariga o‘tkazilgan soliqlar bo‘yicha — tegishli mahalliy budjetlar hisobidan;

budjet tizimi budjetlari o‘rtasida taqsimlangan soliqlar bo‘yicha — tegishli budjetlar hisobidan ularga ajratmalar me’yoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

18. Foyda solig‘i to‘liqligicha O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga yo‘naltiriladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan dividendlar (sof foydadan ajratmalar) to‘lash miqdorlari va davriyligini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi orqali tegishli masalalarni ushbu yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida ko‘rib chiqish uchun kiritish yo‘li bilan aniqlash huquqi berilsin.

19. Quyidagi soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini to‘liq hajmda Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjetiga qoldirilsin:

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

qo‘shilgan qiymat solig‘i (mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno);

foyda solig‘i (mazkur qarorning 5-ilovasida ko‘rsatilgan yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek, norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘i bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga narxlar (tariflar) va qonunchilik hujjatlari o‘zgarishidan kelib chiqib, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha daromadlar prognozini tasdiqlangan ko‘rsatkichlar doirasida hududlar kesimida qayta taqsimlash huquqi berilsin.

20. 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

21. 2020-yilda budjet tizimi budjetlari hisobidan xarajatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarish quyidagi hollarda taqiqlansin:

moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmasa;

belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha hujjatlari (ishchi loyiha, ish hujjatlari, loyiha-smeta hujjatlari)siz yoki loyiha hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda tayyorlash, ya’ni parallel ravishda olib borish;

pudratchi (loyihachi) tashkilotlarni tender (konkurs) o‘tkazmasdan (“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarida nazarda tutilgan bo‘lmasa) tanlab olish asosida.

Mazkur bandda ko‘rsatilgan budjet intizomi qoidalariga rioya qilinishi ustidan Bosh vazirning tegishli sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin.

22. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, qurilish me’yorlari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqish, qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

23. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning hosildorlik oshishiga, suv va moddiy (elektroenergiya, mineral o‘g‘itlar va boshqalar) resurslar iqtisod qilinishiga ta’sirini mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda o‘rgansin va 2020-yil 1-sentabrga qadar Vazirlar Mahkamasiga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.

Mustaqil konsalting kompaniyalarni jalb qilish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasidan qoplansin.

24. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining:

davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga amaldagi qonunchilik talablariga zid ravishda zarar yetkazilmasligini ta’minlash;

Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish yuzasidan chiqariladigan qarorlarini majburiy tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari bilan kelishilishi hamda zararlarni qoplashda ularning davlat budjeti va mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanishi yuzasidan mas’ulligi belgilab qo‘yilsin.

25. Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlar, ma’muriy va moliyaviy jarimalardan ajratmalar miqdorini budjetdan tashqari mablag‘lardan to‘lab kelinayotgan ish haqi va rag‘batlantirish to‘lovlarini unifikatsiyalashtirgan holda Davlat budjeti orqali amalga oshirish hisobiga maqbullashtirish bo‘yicha taklif kiritsin.

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan ularning xodimlariga uy-joy va avtomashinalar xaridi uchun imtiyozli kreditlarni va foizsiz ssudalarni ajratish bekor qilinsin.

26. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirlik, idoralar va davlat maqsadli jamg‘armalarining:

milliy valyutadagi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi faqat Yagona g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi;

vaqtincha bo‘sh turgan milliy valyutadagi mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, ularning so‘rovlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda elektron auksion orqali amalga oshiriladi;

tijorat banklari depozitlariga 2020-yilgacha joylashtirilgan milliy valyutadagi mablag‘lari depozit muddati tugagandan so‘ng, muddat uzaytirilmasdan Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda tijorat banklari depozitlariga kredit resursi sifatida maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar mazkur resurs hisobiga berilgan kreditlar so‘ndirilgandan so‘ng Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining tijorat banklardagi hisobvaraqlarining harakati bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish