Oldingi tahrirga qarang.
2021-yil 1-yanvardan boshlab budjet tashkilotlari, vazirliklar, idoralar va davlat maqsadli jamg‘armalarining:
xorijiy valyutadagi budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi faqat Yagona g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi;
vaqtincha bo‘sh turgan xorijiy valyutadagi mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish, ularning so‘rovlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan elektron auksion orqali amalga oshiriladi;
tijorat banklari depozitlariga 2021-yilgacha joylashtirilgan xorijiy valyutadagi mablag‘lari depozit muddati tugagandan so‘ng, muddat uzaytirilmasdan Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Bunda tijorat banklari depozitlariga kredit resursi sifatida maqsadli joylashtirilgan mablag‘lar mazkur resurs hisobiga berilgan kreditlar so‘ndirilgandan so‘ng Yagona g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
28. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda davolash va profilaktika muassasalarida, “barkamol avlod” markazlarida, bolalar musiqa va san’at maktablarida, sport muassasalarida, davlat madaniyat muassasalarida, veterenariya bo‘linmalarida, shuningdek, adliya organlarida pullik xizmatlar ko‘rsatish amaliyotini o‘rganib chiqqan holda aholiga yanada qulaylik yaratish, pul tushumlarining shaffofligini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyunga qadar davlat tashkilotlarida yengil xizmat avtomashinalari cheklangan sonini belgilash, shuningdek, rahbar xodimlarga xizmat avtomashinalarini klassiga qarab biriktirish tartibini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
30. Maktabgacha ta’lim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda o‘z tasarrufidagi muassasalarda ovqatlantirish bo‘yicha joriy etilgan autsorsing tizimining samaradorligini o‘rganib chiqsin va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritsin.
31. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatida ta’lim muassasalarida ish xaqini rejalashtirish va moliyalashtirish bo‘limlarini tashkil etish uchun hududiy g‘aznachilik organlarining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga qo‘shimcha 4 tadan shtat birliklari ajratilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda umumta’lim maktablarining o‘quv binolaridan samarali foydalanishga hamda sinflarni komplektlash jarayonining shaffofligini oshirishga qaratilgan umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga, hududiy moliya organlari tomonidan esa hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga kelgusi uch yil uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari chegaralangan miqdorlarini va budjetlararo transfertlar miqdorlarini har yili 15-iyunga qadar yetkazish tartibi joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga har yili 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining keyingi yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozi aniqlashtirilgan ko‘rsatkichlarini, har yili 15-avgustga qadar esa o‘rta muddatli (kelgusi uch yilga) davrga mo‘ljallangan prognozlarini taqdim qilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020-yil 1-iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari o‘rtasida budjetlararo transfertlarning miqdorini aniqlash va o‘tkazish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat budjeti xarajatlarini samaradorligini baholashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
2020-yil davomida sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, avtomobil yo‘llari va suv xo‘jaligi sohalarida 2018-2019-yillardagi tadbirlarga yo‘naltirilgan budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning natijadorligini xalqaro moliya institutlari ekspertlarini jalb qilgan holda tahlil etib, baholash;
baholash natijalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Suv xo‘jaligi vazirligi xarajatlarining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini belgilash hamda, tajriba tariqasida, ularni baholash tizimini joriy etish, shu asosda ko‘rsatilgan vazirlik va idoralarning 2021-yil uchun budjetlarini shakllantirish;
2021-yildan boshlab barcha vazirlik va idoralarning budjetlari xarajatlarining samaradorlik indikatorlarini belgilagan holda maqsadli rejalashtirish tizimiga o‘tkazish va mazkur tizimni 2022-yil budjetini shakllantirishda tatbiq etish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida 5 ta shtat birligidan iborat Budjet xarajatlari samaradorligini baholash va budjetni rejalashtirishning dasturiy-maqsadli uslublarini joriy etish bo‘limi tashkil etilsin.
35. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda 2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlarini tasdiqlasin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlar mablag‘larining sarflanishi, shuningdek, respublika budjetidan mablag‘ oluvchi budjet mablag‘lari taqsimlovchilari tomonidan ularga ajratilgan budjet mablag‘laridan manzilli va samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar;
2020-yil 1-sentabrga qadar yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini va javobgarligini oshirishni nazarda tutuvchi Ichki nazorat va ichki auditni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotidan boshlab moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy o‘tkazmalarni Davlat moliyasi statistikasining xalqaro standartlaridan kelib chiqib, hisobotda aks ettirsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlari 113 500,0 mlrd so‘m miqdorida;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining xarajatlari 26 260,0 mlrd so‘m miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining xarajatlari 434,3 mlrd so‘m miqdorida.
(42-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4804-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2020-y., 07/20/4804/1173-son)
41. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat moliyasini boshqarish, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotlarni shakllantirish, shuningdek, budjet muassasalarida ishlovchi ishchi xodimlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hisobini to‘liq avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish bo‘yicha axborot dasturlarining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobiga server va telekommunikatsion qurilmalarini yangilasin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
43. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |