Davlat byud



Download 134,72 Kb.
bet1/5
Sana13.02.2023
Hajmi134,72 Kb.
#910717
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-MAVZU. DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI TIZIMI


DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI TIZIMI
REJA:

  1. Davlat byudjeti xarajatlarining mohiyati va davlatning funksiyalari bilan bogliqligi.

  2. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi

  3. Byudjet xarajatlarining Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan amalga oshirilishi



  1. Davlat byudjeti xarajatlarining mohiyati va davlatning funksiyalari bilan bogliqligi.

Ma‘lumki, davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarning samarali faoliyat qilishi uchun qonuniy-huquqiy, me‘yoriy va institutsional asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Ushbu vazifalarni bajarishning moddiy-moliyaviy asosini yaratish maqsadida mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma‘lum bir qismi davlat byudjetida markazlashadi va markaziy hukumat hamda mahalliy hokimiyatlarning jamiyat oldidagi vazifa va funktsiyalarini to’laqonli bajarishga yo’naltiriladi.
Iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari – davlatning markazlashgan pul fondida jamlanadigan pul mablag‘larini taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan, davlat bilan
davlat byudjetidan mablag‘ oluvchilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy pul
munosabatlaridir.
Moddiy ma‘noda davlat byudjetining xarajatlari markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatini moliyaviy ta‘minlashga yo’naltiriladigan byudjet mablag’lari bo’lib, ularning turlari, amalga oshirish shakllari, tarkibi va tuzilishi qator omillarga bog’liq:

      • davlatning tabiati va bajaradigan funksiyalariga;

      • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanganlik darajasiga;

      • davlat byudjetining iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar bilan aloqalarining ko’lamiga;

      • davlatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga;

      • byudjet mablag’larini taqdim etish shakllariga va b.

Masalan, agar davlatning asosiy e‘tibori iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lsa, qabul qilinayotgan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalarida davlat byudjetining ulushi yuqori bo’ladi, byudjet xarajatlari tarkibida ham yirik markazlashgan investitsiyalarni davlat resurslari hisobidan moliyalashtirish xarajatlari ustun bo’ladi. Davlatning asosiy e‘tibori jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga, aholini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga, ijtimoiy dasturlarni davlat mablag’lari hisobidan amalga oshirishga qaratilgan bo’lsa, xarajatlar tarkibida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlar ustun darajada bo’ladi.
Byudjet xarajatlari tarkibi va tuzilmasi muayyan byudjet
yili uchun tasdiqlanadigan davlat byudjeti parametrlarida bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi mamlakatda u yoki bu davrda qaror topgan iqtisodiy vaziyatga hamda ijtimoiy ustuvorliklar ko’lamiga bog’liq bo’ladi.
Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalarning holatini tavsiflaydigan muhim ko’rsatkichlardan biridir. Milliy iqtisodiyotning ayrim korxonalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash, davlat investitsiya dasturlarida ko’zda tutilgan investitsiya loyihlarini qo’shma moliyalashtirish, ijtimoiy soha (ta‘lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy ta‘minot) muassasa va tashkilotlarni saqlash, ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj oilalarga ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi moliyaviy yordam berish, davlat boshqaruvi va hokimiyati, sud organlari, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini saqlash, davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning to’laqonli va o’z vaqtida bajarilishini ta‘minlashda davlat byudjetining muhim moliyaviy manba sifatidagi ahamiyati juda katta.

Download 134,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish