Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari


Davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi



Download 0,63 Mb.
bet6/10
Sana16.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#495021
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1483469367 67080

4.Davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi

Davlat budjetining daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni budjetga undirish usullariga muvofiq turkumlanishi mumkin.


Davlat budjeti daromadlarining tarkibi (ularni jamlash shakllari) davlatning moliyaviy siyosati bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunini 11-moddasiga asosan Davlat budjeti daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Eng avvalo, Davlat budjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi (18-rasm):

  • soliqli daromadlar;

  • soliqsiz daromadlar;

  • qaytarilmaydigan tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.






rasm. Davlat budjeti daromadlarining manbalari

Budjetning soliqli daromadlari tarkibiga mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj yig‘imlari, penya va jarimalar kiradi.


Budjetning daromadlar qismini to‘ldirishning manbalaridan biri budjet tizimida boshqa darajada turgan budjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar yoki mablag‘larning qaytarilmaslik va tiklanmaslikning boshqa shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag‘larni oluvchi budjetning daromadlarida o‘z ifodasini topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilot va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklanmaydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham budjetning shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Soliqli usullar uchun mablag‘larning Davlat budjeti foydasiga aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Davlatning soliqsiz daromadlarini davlat soliqlaridan ajratib turuvchi xususiyatli belgilari mavjud.
Birinchidan, ko‘plab soliqsiz to‘lovlar ikki yoqlama xarakterga ega, ya’ni ko‘plab soliqsiz to‘lovlar to‘lash bo‘yicha huquqiy munosabatlarning subyektlari o‘zaro huquq va majburiyatlarga ega. Huquqiy munosabatlarning zaruriy subyekti bo‘lgan davlat, soliqsiz to‘lovlarni undirar ekan, uning to‘lovchilari foydasiga tegishli harakatlarni amalga oshirishi shart, misol uchun qandaydir faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish, bojxona chegarasidan tovarlarni olib o‘tish, qandaydir xizmat ko‘rsatish va b. O‘z navbatida soliqsiz to‘lovlarning to‘lovchilari davlatdan o‘zlarining foydasiga qandaydir harakatlar amalga oshirilishini talab qilish huquqiga ega.
Ikkinchidan, har doim majburiy to‘lov hisoblangan soliqlardan farqli o‘laroq soliqsiz daromadlar majburiy va ixtiyoriy shaklga ega bo‘lishi mumkin. Soliqsiz daromadlarning katta qismi majburiy to‘lovlar hisobiga shakllanadi. Ularning majburiyligi nazarda tutilgan hollarda to‘lanmagan holatlarda o‘rnatilgan tartibda majburiy undirilishi bilan asoslanadi. Biroq, majburiy soliqsiz va soliqli to‘lovlarni to‘lanishining asoslari bir xil emas: soliqlar soliqqa tortish obyekti mavjud bo‘lganida to‘lanadi, majburiy soliqsiz to‘lovlarni to‘lanishining asosi esa vakolatli organlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar foydasiga ma’lum harakatlarni amalga oshirilishi (u yoki bu huquqlarning berilishi, ishlar, xizmatlar bajarilishi) hisoblanadi. Davlatning soliqsiz daromadlari guruhiga kiruvchi ixtiyoriy to‘lovlar yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli xohish-irodasiga asoslanadi. Ixtiyoriylik tamoyillari bo‘yicha qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish usullari qonunchilik bilan belgilanadi. Ularga davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish va tarqatish, davlat lotereyalarini o‘tkazish, hayriya faoliyatini amalga oshirish tartibidagi badallar va boshqa qonuniy usullar.
Uchinchidan, soliqsiz to‘lovlarning xususiyatlaridan yana biri shuki, soliqlarga nisbatan ular uchun tushumlarning maqsadlilik belgisi xarakterlidir. Davlatning soliqsiz daromadlarini ishlatishning maqsadliligi soliqsiz to‘lovlar joriy qilinish paytida o‘rnatiladi va har qaysi to‘lovni hisoblash va undirish tartibini belgilovchi huquqiy hujjatlar yordamida mustahkamlanadi. Davlatning soliqsiz daromadlari, odatda, Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlarda jamlanadi. Biroq, ayrim soliqsiz daromadlardan tushumlar qonun bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tegishli mahalliy budjetlarga o‘tkazilishi uchun mahalliy hokimiyat organlariga beriladi.
Davlatning soliqsiz daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin (19-rasm):

  • hududiy darajasi bo‘yicha – respublika daromadlari va mahalliy hokimiyat organlarining daromadlari;

  • shakllantirish usullari bo‘yicha – majburiy xarakterga ega bo‘lgan daromadlar va yuridik va jismoniy shaxslardan ixtiyoriy tushumlar;

  • ularni yig‘ish manbalari bo‘yicha – Davlat budjetida budjetdan tashqari fondlarda jamlanadigan daromadlar;

  • to‘lovlarni undirishning asoslari bo‘yicha.






rasm. Soliqsiz daromadlar tasnifi
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 11-moddasida Davlat budjeti daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan:
1) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, xadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan qaytarilmaydigan pul tushimlari;
4) rezident - yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini hisobiga tushadigan to‘lovlar;
5) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunining 18-moddasida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari tarkibida quyidagi soliqsiz daromadlar ko‘rsatib o‘tilgan:
1) qonuniy xujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
2) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
3) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) qonunlarga muvofiq boshqa manbalar.
Davlat budjetining soliqsiz daromadlari quyidagilardan tashkil topadi (20-rasm):

  • davlat mulkidan foydalanishdan olinadigan daromadlar;

  • budjet tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan pullik xizmatlardan keladigan daromadlar;

  • fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash natijasida olinadigan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yetkazilgan zararni tiklash bo‘yicha olinadigan mablag‘lar va majburiy undiriladigan boshqa mablag‘lar;

  • moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (budjet ssudalari va budjet kreditlaridan tashqari);

  • boshqa soliqsiz daromadlar.






rasm. Davlat budjetining soliqsiz daromadlari

Budjet daroomadlari tarkibiga tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari hisobga olinishi mumkin (rasm):



  • davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan daromadlar;

  • kredit muassalalaridagi hisob varaqlarida budjet mablag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;

  • davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;

  • qaytarish va haq olish asosida boshqa budjetlarga, xorijiy davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan budjet mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;

  • davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik subyektlari ustav kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;

  • davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliq qonunchiligiga muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);

  • davlatga tegishli mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.




rasm. Davlat budjetining daromadlariga tushumlar ko‘rinishlari

Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishini talab etmaydigan mablag‘lar ham Davlat budjetining daromadlari bo‘lishi mumkin. Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydalanish uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag‘larni sarf etsa-da, u bu malag‘larni belgilangan muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday budjet daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat budjetining daromadiga ular shartli ravishda, faqat shu yilning budjeti daromadlari nuqtai-nazaridan kiritilishi mumkin.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish