Давлат қарзи: Профицит, дефицит ва дефицитни қоплаш усуллари


O’zbekistonda moliya sohasidagi o’zgarishlar. Moliyaviy siyosat



Download 225,5 Kb.
bet4/7
Sana26.05.2020
Hajmi225,5 Kb.
#56068
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5323496403001935395

3. O’zbekistonda moliya sohasidagi o’zgarishlar. Moliyaviy siyosat

Taraqqiyotning so’nggi yillarida mamlakatlar iqtisodiyotida katta o’zgarishlar amalga oshdi. Ayniqsa, mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarida barcha sohalarda tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Ularda markazlashtirilgan-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish boshlandi. Jumladan, o’tgan asrning 90 yillarida O’zbekiston Respublikasida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz 1991 yili mustaqillikni qo’lga kiritgach, bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o’tish boshlandi. Bu jarayondagi iqtisodiyot oldida turgan muhim masalalardan biri: davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yo’li, yangi paydo bo’layotgan nodavlat, ya’ni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanayotgan va aholiga xizmat ko’rsatayotgan xususiy, aktsionerlik, jamoa va boshqa korxonalarni qo’llab-quvvatlash bilan aralash, ko’p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdir. Bu o’zgarishlar qatori moliyaviy sohada ham chuqur o’zgarishlar yuz bera boshladi. Mamlakatimizda moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy ahamiyati katta. Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o’rta biznesni tashkil etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda bo’lib, investitsiyalarni jalb etish va boshqalar moliya munosabatlarining bevosita vazifasi hisoblanadi. Moliya sohasidagi bu vazifalarni hal qilish yo’lida harakat boshlandi.

Bozor sharoitida moliya sohasidagi o’zgarishlarning mohiyatini anglash uchun moliyaning muxim belgilarini farqlash lozim. Moliyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

1. Pul munosabatlari, ya’ni pul moliyani mavjud bo’lishi va amal qilinishini moddiy asosi hisoblanadi.

2. Islohotlarning bosh tashkilotchisi bo’lmish davlatning mavjudligi.

3. Pul munosabatlari jarayonida umumdavlat pul fondlarini shakllanish jarayoni amalga oshiriladi. Aytish mumkinki, moliyaning alohida belgisi uning fondli xarakteridir.

4. Byudjetga mablag’larning doimiy tushishi soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlarga davlatning majburiy tazyiqi xususiyatini o’z-o’zidan bermaydi va bu holat davlatning huquqiy-me’yoriy asoslarini yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati vositasida hamda bunga xos fiskal apparatning yaratilishi bilan ta’minlanadi.

Bu belgilarning har biri bozor sharoitida o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib boradi. Bozor sharoitida mamlakatda amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy tashkilotchisi davlat bo’lishi moliyaning ikkinchi belgisi hisoblangan islohotlar jarayonidagi harakatiga aniqlik kiritadi.

Yuqorida keltirilgan moliyaning belgilari bo’yicha moliyaviy faoliyatni barcha pul munosabatlari yig’indisidan xatosiz ajratib olish imkonini beradi. Pul munosabatlarining boshqa guruhi – bu jismoniy shaxslar tomonidan daromad solig’ini to’lash. Bu yerda moliyaning barcha belgilari aniq ishtirok etadi: soliqni to’lanishi pul shaklida amalga oshiriladi; ikkita teng huquqli bo’lmagan sub’ektlar ishtirok etadi (jismoniy shaxs va davlat); davlat mazkur munosabatlarning barcha elementlarini aniqlab beradi, ularni qonun ko’rinishida rasmiylashtiradi, nazoratni amalga oshiradi, qonunbuzarlik uchun jazolar belgilaydi. Mazkur to’lovlar natijasi umumdavlat pul fondi – davlat byudjetining daromadlar qismi shakllanadi. Bu yerda ham moliyaviy faoliyat amalga oshadi.

Moliya faoliyatiga ko’plab olimlar ta’rif berishga harakat qilganlar. Ular bergan ta’riflarini yana bir bor umumlashtirib, moliyaga quyidagi ta’rifni berish mumkin:

Moliya – bu davlat tomonidan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarni bajarish uchun mo’ljallangan umumdavlat pul fondlarini shakllantirish va ishlatish jarayonida yuzaga keladigan pul munosabatlarini yig’indisidir.

Moliyaga yana quyidagi umumlashgan ta’rifni ham berish mumkin:

Moliya – bu davlatning o’z vazifa funktsiyalarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan, davlat tomonidan tashkil qilinadigan pul munosabatlari yig’indisidir.

Davlat o’z faoliyatida moliyaviy siyosatni shakllantiradi. SHu mamlakatda moliya belgilangan moliyaviy siyosat orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy siyosat – bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o’z funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon bo’luvchi tadbirlar yig’indisidir. Mamlakatlarning moliyaviy siyosati ko’plab omillarga bog’liqdir. Ushbu omillar qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  1. Tarixiy shart-sharoitlar.

  2. Iqtisodiyotning rivojlanish darajasi.

  3. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar.

  4. Mamlakat iqtisodiyoti oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish muddatlari.

  5. Milliy udumlarga ham bog’liq bo’ladi.

Turli rivojlanish jarayonlarida davlatning ichki va tashqi moliyaviy siyosati mavjud ijtimoiy munosabatlarni saqlab qolish va o’zgartirishga yo’naltiriladi. Inqilobiy o’zgarishlar davrida mavjud tizimni tezroq o’zgartirishdan manfaatdor siyosiy kuchlar uni buzish va yangi ijtimoiy munosabatlar tizimini shakillantirishga yo’naltirilgan siyosat olib boradilar. Moliyaviy siyosat – bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy qismi bo’lib, moliyaviy resurslarni jalb etish, ularni taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo’naltirilgan barcha chora-tadbirlar yig’indisidir.

Mamlakatimizda olib borilayotgan moliyaviy siyosatning muhim vazifasi - mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lash mumkin emas. Moliyaviy siyosat bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning mustaqil faoliyat ko’rsatadigan sohasidir.

Davlatning moliyaviy siyosati mamlakat rivojlanishi yo’lida samara berishi kerak. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun zamin yaratishi va ko’maklashishi, aholining turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilishi kerak. SHu yo’nalishlardan kelib chiqib, davlatning moliya siyosati ishlab chiqiladi. Moliyaviy siyosatning samaradorligini aniqlash uchun jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo’yilgan maqsadlar va vazifalar qanday darajada amalga oshirilganligi orqali baholanishini aniqlash lozim.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimizda ham moliyaviy siyosat ishlab chiqildi. Unga baxo berish va unga tuzatish, qo’shimchalar kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan xoldagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada bo’lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan chora-tadbirlar bo’lishi lozim. Faqat shundagina moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish va ob’ektiv baxolash mumkin.

Moliyaviy siyosatni asosiy yo’nalishlaridan biri - moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu manbalar doimiyligi va uzluksizligini ta’minlashdir, chunki moliyaviy resurslar potentsiali barcha o’zgarishlarning moddiy bazasidir. SHuning uchun moliyaviy siyosatni aniqlash va uning strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning moliyaviy axvoli, moliyaviy potentsiali, boshqacha qilib aytganda davlatning moliyaviy imkoniyatining ob’ektivligi xaqida aniq ma’lumotga ega bo’lish lozim.

Avvallari moliyaviy siyosat faqat joriy davrdagi rivojlanishni hisobga olar edi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida esa joriy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan moliyaviy siyosat samarasiz hisoblanadi. Rivojlanishning uzoq davriga mo’ljallangan istiqbolni ko’zlab kontseptsiyalar va yo’nalishlar ishlab chiqilishi lozim. Ushbu kontseptsiyalar davlatning amaliy xarakatlari, chora-tadbirlari bilan ta’minlanishi lozim, aks xolda samarasiz bo’lib qoladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy mablag’larning ahamiyati ortib ketadi. Moliyaviy mablag’lardan iqtisodiyotni boshqarishning faol vositasi, iqtisodiy kuchli omil sifatida foydalanish mumkin. Moliyaviy mablag’lardan iqtisodiy omil sifatida foydalanish, ularning jamoat ishlab chiqarishiga ta’siri darajasi ayni shu kategoriyani mohiyati bilan belgilanadi.

Moliyaviy mablag’lar ijtimoiy ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida qo’llaniladi. Moliyaviy mablag’lar xo’jalik yuritishning iqtisodiy omili sifatida ijtimoiy ishlab chiqarishga sifat va miqdoriy jihatdan ta’sir ko’rsatadi. Miqdoriy jihatdan ta’sir - sarflangan, taqsimlangan va foydalanilayotgan moliyaviy mablag’lar nisbati bilan xarakterlanadi, sifat jihatdan ta’sir esa ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining moddiy manfaatlariga moliyaviy munosabatlarni tashkil etish shakllari orqali moliyaviy ta’sir ko’rsatishda aks etishi bilan belgilanadi. Ijtimoiy yoki jamoat ishlab chiqarishiga miqdor jihatidan ta’sir ko’rsatish imkoniyati yaratilgan va taqsimlanayotgan moliyaviy mablag’larni xajmi bilan belgilanadi. Moliyaviy mablag’larni xajmi va ularni tasarruf etishga yo’naltirish ishlab chiqarishning qo’shimcha vositalarini taqsimlash, korxonaning texnikaviy ta’minlanganligi darajasi va boshqalar nisbatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xo’jalik sub’ektlari ixtiyorida qoldirilgan moliyaviy mablag’lar miqdorini o’zgartirib, mablag’lardan inhoyatda samarali foydalanish yo’llarini belgilab, moliyaviy mablag’larni eng muhim sohalarga yo’naltirilishiga erishib, jamiyat ishlab chiqarishi o’z talabiga mos yo’nalishda rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Moliyaviy mablag’larning sifat jihatdan qayta ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarining moddiy manfaatlariga ta’sir ko’rsatish imkoniyatlariga bog’liq bo’lib, moliyaviy jihatdan ta’sir ko’rsatishda moliyaviy mablag’larning yirikligi emas, balki qanday shakllantirilishi, ularning harakati va harakatlanishi, ulardan foydalanish qanday shakl va shart-sharoitlarda ro’y berilishi muhimdir, sifat ta’siri moliyaviy mablag’larning iqtisodiy taraqqiyot rag’batiga aylanishi bilan bog’liq.

Moliyaviy mablag’lar iqtisodiyotga katta ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu ikki narsaga bog’liq. Birinchidan, moliyaviy mablag’lar taqsimot kategoriyasi bo’lgani holda, ishlab chiqarish jarayoniga umumiy xizmat ko’rsatadi, ularning ta’sir doirasi taqsimot, ayirboshlash va ishlab chiqarishning boshqa darajalariga ta’sir bilan cheklanmaydi. Va ikkinchidan, moliyaviy mablag’lar taqsimlash xususiyatidan kelib chiqadigan iqtisodiy jarayonlarning katalizatori xususiyatiga ega ekani bilan belgilanadi.

Moliyaviy mablag’lar taqsimot vositasi sifatida iste’mol sohasida hamda muomalada bo’ladi. Ayni shu jarayonda ilgari yaratilgan uning moddiy, natural-tovar shaklidan uzil-kesil foydalaniladi. Bunda moliyaviy mablag’lar eng avvalo, jamiyat iste’mol qilayotgan mahsulotning hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatadi; ular yordamida ijtimoiy mahsulot qiymati jamg’arish fondiga va milliy daromadga taqsimlanadi, milliy daromaddan foydalanishning yakuniy nisbatlari shakllantiriladi, iste’mol fondi va jamg’arish fondi yuzaga keltiriladi, ularning tarkibi belgilanadi. Lekin, moliyaviy mablag’larning iste’mol sohasiga ta’siri ayni iste’mol fondining miqdor jihatdan parametrlari va ayrim tarkibiy qismlari bilan cheklanmaydi. Moliyaviy mablag’lardan, shuningdek moddiy, mehnat va pul-sarmoyalarni sarflashda tejamkorlik rejimiga rioya qilishini nazorat etish vositasi sifatida foydalaniladi, noishlab chiqarish sohasi xodimlarining eng yaxshi mehnat natijalarini rag’batlantirishda ham foydalaniladi.

Moliyaviy munosabatlarni shunday tashkil qilish kerakki, u iqtisodiyotni rivojlantirish quroliga aylansin. Masalan, moliyaviy resurslarning shakllanishi tartibi, pul fondlarini tashkil bo’lish shartlari, printsiplari va metodlari, ulardan foydalanish yo’nalishlarini o’rnatishda xo’jalik yuritishning barcha sub’ektlarining manfaatlarini oqilona mos keltirish, bog’lashi lozim. SHundagina, bu moliyaviy dastaklar iqtisodiyotni rivojlantirish quroliga aylanishi mumkin.



  1. Download 225,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish