HOMILADORLIKNING IKKINCHI TRIMESTRIDA UCH KARRALI TEST
Homiladorlikning 16-18 haftaligida ayol qoninining biokimyoviy tahlili o’tkaziladi, unda quyidagi ko’rsatkichlar baholanadi:
α-fetoprotein (alfa-FP) miqdori;
Odam xorionik gormoni (beta-OXG) β-kichik birligining miqdori;
Erkin estriol miqdori.
Homiladorlikning 18-21 haftalik davrida homilador ayolga kech namoyon bo’ladigan homilaning tug’ma anomaliyalarini istisno etish uchun prenatal tashxisni o’tkazadigan tibbiy muassasaga ultratovush tekshiruvdan o’tish uchun yo’llanma beriladi.
Uchinchi trimestrda, homiladorlikning 30-34 haftasida homilador ayol o’zi kuzatuvda bo’lgan muassasada ultratovush tekshiruvidan o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |