Topshiriq
1-variyant. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, A massiv eng kichik elementini toping.
2-variyant. A massiv berilgan, A massivdagi elementlar orasidan 30 dan katta elemeni toping.
3-variyant. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, A massiv elementlari orasidan 3(3,6,9, …) ga karralilarini ekranga chiqaring.
4-variyant. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib moduli 20 dan katta va 50 dan kichik elementlarni toping.
5-variyant. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, A massiv elementlari orasidan 4(4,8,…) ga karralilarini ekranga chiqaring.
6-variyant. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib 50 dan katta sonlarni ekranga chiqaring.
7-variyant. Ketma-ket qidiruv usulidan foydalanib, A massivda elementlarni va taqqoslashlar sonini toping.
8-variant. Binar qidiruvdan foydalanib elementlami tasodifiy ravishda toping.
9-variant. Mashina raqamlari ro’yxati bcrilgan: 145, 368. 876, 945, 511, 387, 230. Binar qidiruvdan foydalanib berilgan raqamli mashina qaysi joyda turganini toping.
10-variant. Ro’yxatda har ikkinchi elementni qidiring va taqqoslashair sonini aniqlang.
11-variant. Qo’shni elementlari ayirmasi juft va 3 ga bo’linadigan elementni toping. Agar bunday element mavjud bo’lmasa - shunga mos ma’lumot chiqaring.
12-variant. Berilgan massiv elementlari ichidan eng katta elementni topilsin.
13-variant. Berilgan massiv elementlari ichidan eng kichik elementi topilsin.
14-variant. 11 ga butun bo’linuvchi eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa - shunga mos ma’lumot chiqaring).
15-variant. 11 ga butun bo’linuvchi eng katta sonni toping (agar bunday sonlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kichigini toping; agar bunday son mavjud bo’lmasa - shunga mos ma’lumot chiqaring).
16-variant. Qo’shni elementlari ayirmasi 72 dan kichik bo'lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday element mavjud bo’lmasa shunga mos ma’lumot chiqaring.
17-variant. Qo’shni elementlari bo’linmasi juft son bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasi yoki eng kichigini toping; agar bunday element mavjud bo’lmasa - shunga mos ma’lumot chiqaring.
18-variant. Kerakli elementdan keyingi elementlarning o’rtacha kvadratik qiymati 10 dan kichik bo’lgan elementni toping. Agar bunday elementlar ko’p bo’lsa, u holda ularning eng kattasini toping; agar bunday element mavjud bo’lmasa- shunga mos ma’lumot chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |