Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 1-semestr



Download 5,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/335
Sana02.08.2021
Hajmi5,36 Mb.
#136132
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   335
Bog'liq
Dasturlash asoslari(O'zbekcha)

2.2-rasm. Konsol oynasi. 
Agar dasturni ishlatish jarayonida biror xatolik sodir bo‘lsa, uni  yoki  
funksional tugmalari orqali tekshirib ko‘rish mumkin. Ushbu holda dasturning har bir 
operatori  ketma-ket  bajarilib,  zarur  o‘zgaruvchi  qiymatini  uning  nomiga 
sichqonchani  yaqinlashtirib  ko‘rish  mumkin.  Shuningdek,  dasturning  zarur  tugun 
nuqtasiga    tugmasini  bosib  yoki  stop  operatoridan  foydalanib,  ushbu  tugun 
nuqtada o‘zgaruvchilarning qiymatlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati mavjud. 
 
 
Amaliy mashg‘ulot topshiriqlari 
Boshlang‘ich bosqich  
Topshiriq:  bloksxema  va  tanlash  operatorini  qo‘llab  masalaga  muvofiq  dastur 
yozing. 
1.  A sonini butun N  darajaga oshiring   
2.  Berilgan  sonni  faktorialini  hisoblang.  N    sonining  faktorialini  quyidagi  formula 
bo‘yicha xisoblang: N!=1*2*3*…N  
3.  1 dan N  gacha bo‘lgan sonlar kvadratlari summasi S ni xisoblang. 
4.  1 dan N  gacha bo‘lgan juft sonlar kvadratlari va toq sonlar kublari summasi S ni 
xisoblang.  


Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari                                                              1-semestr
 
 
161 
 
5.  5 ga karrali  bo‘lmagan  va  3  ga  karrali  bo‘lgan sonlarni toping, shuningdek  5  ga 
karrali bo‘lmagan va 3 ga karrali bo‘lgan sonlarni summasini toping.  
6.  1 dan N  gacha berilgan sonlarning 5 ga karralilarini toping  
7.  Berilgan natural son ikkining darajasi bo‘la oladimi?  
8.  Berilgan sonni ko‘paytuvchilarga ajrating.  
9.  Bir sonini  ham  inobatga olgan  holda, bo‘luvchilari  yig‘indisiga  teng bo‘lgan son 
tub son deyiladi. 2 dan h oralig‘igacha bo‘lgan sonlar ichidan tub sonlarni toping 
va chop qiling.  
10.  M dan N  gacha bo‘lgan sonlarning kvaratlari yig‘indisini toping.  
11.  Berilgan M va N  sonlari oralig‘idagi toq sonlarning kvaratlari yig‘indisini toping.  
12. -80  dan  80  gacha  bo‘lgan,  sonlardan  7  ga  karrali  butun  sonlarning  toqlarini 
ko‘paytmasini toping.  
13. -10  dan  10  gacha  bo‘lgan,  9  ga  karrali  butun  musbat  sonlarning  yig‘indisini 
toping.  
14. 100  dan  800  gacha  diapazonda  bo‘lgan  N    natural  soni  berilgan.  N    dan  katta 
bo‘lgan 3 xonali sonlarni qanchaligini aniqlang.   
15.  N  natural soni berilgan. N  dan kichik bo‘lgan barcha natural sonlarni va o‘zaro 
tub(agar sonni ±1 dan boshqa bo‘luvchisi bo‘lmasa) sonlarni aniqlang.  
16.  p  va  q  butun  sonlar  berilgan.  p  bilan  o‘zaro  tub  bo‘lgan  q  sonini  barcha 
bo‘luvchilarini toping.  
17.  N  natural soni berilgan. Bu sonni barcha oddiy bo‘luvchilarini toping.  
18.  Birinchi 100 ta tub sonni toping. (tub son o‘ziga va 1 ga bo‘linadi)  
19.  M va N  qiymatlar oralig‘idagi juft sonlarning kvadratini ko‘paytmasini toping.  
20.  Natural son n  berilgan. xisoblang: 1·2+2·3·4+…+n(n+1)·…·2n.  
21.  Natural sonlardan N toq sonlarni kubini bo‘linmasini toping.  
22.  M dan N  gacha bo‘lgan natural sonlarning bo‘linmasini kvadratini toping.  
23.  -20  dan  20  gacha  bo‘lgan,  5  ga  karrali  butun  manfiy  sonlarning  yig‘indisini 
toping.  
24.  4  ga  karrali  va  100  dan  kichik  bo‘lgan  butun  musbat  sonlarning  yig‘indisini 
toping.  
25.  1  dan  N    gacha  bo‘lgan  barcha  sonlarning  kvadratlari  bo‘linmasini  hisoblovchi 
dastur tuzing.  
26.  100 dan 200 ni ham hisobga olgan holda barcha toq sonlarni chiqaruvchi dastur 
tuzing.   
27.  M dan N  gacha bo‘lgan sonlarning kublarini ko‘paytmasini toping.  


Dasturlash tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari                                                              1-semestr
 
 
162 
 
28.  n,  m  natural  sonlari  berilgan.  Barcha  n    dan  kichik,  kvadratlari  yig‘indisi  m  ga 
teng bo‘lgan natural sonlari aniqlang.  
29.  Berilgan  M  va  N    o‘zgaruvchilarning  qiymatlari  oralig‘idagi  toq  sonlarning 
kvadratlari ko‘paytmasini toping.  
30.  Berilgan  M  va  N    o‘zgaruvchilarning  qiymatlari  oralig‘idagi  juft  sonlarning 
kvadratlari yig‘indisini toping. 
 

Download 5,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish