Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari



Download 477,86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.10.2022
Hajmi477,86 Kb.
#853342
1   2   3   4   5
Bog'liq
Arman maqola

FORTRAN 
Tijoriy 
maqsad 
uchun 
ishlab 
chiqilgan 
birinchi 
til FORTRAN (
FORmula TRANslation
) boʻlib, 1956-yilda (birinchi yoʻriqnomasi 
1956-yilda paydo boʻlgan, lekin birinchi boʻlib 1954-yilda ishlab chiqarila 
boshlangan) IBMda Jon Bekus boshchiligidagi guruh tomonidan ishlab chiqilgan. U 
ilmiy-texnik hisob-kitoblar uchun moʻljallangan edi. 
1953-yil oxirida Jon Bekus IBM 704 kompyuterini dasturlash uchun 
assemblerdan samaraliroq boʻlgan muqobil dasturlash tilini ishlab chiqishni taklif 
qildi. 1954-yil oʻrtalarida Fortran tilining spetsifikatsiyasi loyihasi tugallandi. Biroq 
ushbu dasturlash tili avval boshida foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinmadi, 
chunki Fortran assemblerga qaraganda past unumdorlikka ega kod yaratadigan 
yuqori darajadagi dasturlash tili deya qarala boshladi. Shu tufayli uni 
optimallashtirish zarurati vujudga keldi. 
ALGOL
Algol 1958-yilda ETHʼda (Syurix, Shveytsariya) bir haftalik konferentsiyada 
keng koʻlamli ilovalar uchun universal dasturlash tili sifatida ishlab chiqilgan va 
keyin Xalqaro axborotni qayta ishlash federatsiyasi tomonidan tuzilgan qoʻmita 
tomonidan yakunlangan. Qoʻmita tarkibiga Yevropa hamda amerikalik bir qancha 


yetakchi dasturlash tillari sohasidagi olimlar va muhandislar, jumladan, Jon Bekus, 
Jon Makkarti, Piter Naur, Edsger Deykstr va keyinchalik Kobol tilini rivojlantirish 
qoʻmitasiga raislik qilgan Jozef Vegstenruen jalb etildi. 
Dastlab, taklif qilingan ALGOL (
ALGOrithmic Language
) nomi rad etildi. 
Ammo u umumiy foydalanishga aylanganligi sababli, IALʼning rasmiy nomi 
keyinchalik ALGOL 58 ga oʻzgartirilishi belgilab qoʻyildi. 
LISP 
Lisp tili 1960-yilda J. Makkarti tomonidan taklif qilingan boʻlib, u raqamli 
boʻlmagan xarakterdagi masalalarni yechish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan 
edi. LISP inglizcha LISt Processing (
roʻyxatga ishlov berish
) iborasining 
qisqartmasi boʻlib, uning asosiy qoʻllanish sohasini yaxshi taʼkidlaydi. 
Algebraik ifodalar, grafiklar, chekli guruhlar elementlari, toʻplamlar, xulosa 
chiqarish qoidalari va boshqa koʻplab murakkab obyektlarni roʻyxat shaklida 
tasvirlash qulayligi bois ushbu dasturlash tili tezda mashhurlikka erishdi. Xususan, 
roʻyxatlar kompyuterlar xotirasida axborotni taqdim etishning eng moslashuvchan 
shaklidir. 
COBOL 
Kobol 1959-yilda ishlab chiqilgan va asosan biznes ilovalarini ishlab chiqish 
uchun dasturlar yozish, shuningdek, iqtisodiy sohada ishlash uchun moʻljallangan 
edi. 
Tilni yaratuvchilar uni mashinadan mustaqil va tabiiy ingliz tiliga iloji boricha 
yaqinroq qilishni maqsad qilganlar. Ikkala maqsad ham muvaffaqiyatli amalga 
oshirildi; COBOL dasturlari hatto mutaxassis boʻlmaganlar uchun ham tushunarli 
hisoblanadi, chunki ushbu dasturlash tilidagi matnlar hech qanday maxsus izohga 
muhtoj emas. 
Kobol koʻplab ilova hamda dialektlarga ega. Til uchun bir qator standartlar: 
1968, 1974, 1985 va 2002-yillarda tasdiqlangan. Eng soʻnggi standart tilga 
obyektga yoʻnaltirilgan paradigmani joriy etdi. 
PASCAL 
Pascal tili – XVII asrda yashagan va dunyoda birinchi hisoblash mashinasini 
yaratgan fransuz olimi Blez Paskal sharafiga shunday deb nomlangan. Oʼzining 
soddaligi, mantiqiyligi va samaraligi tufayli bu til butun dunyoga tez tarqaldi. 
Hozirgi paytda barcha hisoblash mashinalari, xususan, mikro EHMlar ham shu tilda 
ishlash imkoniyatiga ega. Dasturlar matnining toʼgʼriligini osonlik bilan tekshirish 
mumkinligini, ularning maʼnosi yaqqol koʼzga tashlanishi va oddiyligi bilan ajralib 
turadi. Pascal dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda maʼlumotlarni ifodalash va 
dasturlar yozish jarayonida kompilyator tomonidan qabul qilishga ruxsat berilgan 
belgilar yoki maxsus belgilardan iborat boʼlgan zanjirlar toʼplamiga aytiladi. 
DELPHİ 
Delphi - dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan. Delphi dasturlash tili avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga 
kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʼllanilayotgan shu nomga 
ega bulgan. Delphi — Object Pascal tilining bir qancha kengaytirishlar va 
toʼldirishlar orqali kelib chiqqan boʼlib, u obʼyektga yoʼnaltirilgan dasturlash tili 
hisoblanadi. C# dasturlash tili (Si Sharp - deb talaffuz qilinadi) leksik jihatdan 


kengaytirilgan, imperativ, deklarativ, funktsional, umumiy, obʼektga yoʼnaltirilgan 
(sinfga asoslangan) va komponentlarga yoʼnaltirilgan dasturlash fanlarini oʼz ichiga 
olgan umumiy maqsadli, koʼp paradigmali dasturlash tili. U 2000 yilda Maykrosoft 
tomonidan .NET tashabbusi doirasida ishlab chiqilgan. 
JAVA 
Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri boʼlib, unda 
korporativ darajadagi mahsulotlarni (dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash 
tili Oak dasturlash tili asosida paydo boʼldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning 
boshida Sun(Quyosh) Microsystems tomonidan platformaga, yaʼni [Operatsion 
sistema]ga bogʼliq boʼlmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini 
yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari 
C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin baʼzi sabablarga koʼra bu fikridan voz 
kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Javaga 
almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun maʼlum oʼzgarishlar 
qilishdi. Java obʼektga yoʼnaltirilgan dasturlash (OOP – Object Oriented 
Programming) tili va u C++ ga ancha oʼxshash. Bunda dasturlashda eng koʼp yoʼl 
qoʼyildigan xatolarga sabab boʼluvchi qismalari olib tashlanib ancha 
soddalashtirilgan.
C++ 
C++ dasturlash tili - turli maqsadlar uchun moʼljallangan dasturlash tili. 1979-
yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini 
kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida 
ishlab chiqarilgan. Boshida “C klasslar bilan” deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom 
bilan yaʼni C++ deb oʼzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya 
qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsion 
tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʼyinlarini, kundalik 
ehtiyojda qoʼllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan 
dasturlarni ishlab chiqarishda qoʼllaniladi. Visual Basic dasturlash tili - Maykrosoft 
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan dasturlash tili va uning uchun dasturlash 
muhitidir. U Basic dan koʼp funktsialligi va grafik koʼrinishga ega ekanligi bilan 
farqlanadi.

Download 477,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish