int ma’lumot turi asosida yangi butun nomli tur hosil qiling. Ushbu turga mansub sonlar nomli massivni 1, 2, 3, 4, 5, 6 va 7 qiymatlari bilan aniqlang. Ushbu massivni koʻrsatuvchi k nomli koʻrsatkich aniqlang. Dastur ishga tushirilganda, har bir massiv elementlarining manzillari va ularning qiymatlari konsol oynaga chop etilsin.
Qiymat almashtiruvchi funksiyalardan iborat boʻlgan dastur tuzing. Funksiyalarning nomlari swap1, swap2, swap3 va swap4 boʻlib, argumentlarni mos ravishda qiymat orqali, havola orqali, koʻrsatkichni qiymat orqali va koʻrsatkichni havola orqali oladigan boʻlsin. Dasturda son1 va son2 nomli butun oʻzgaruvchilar e’lon qiling va ularni mos ravishda 1 va 2 qiymatlar bilan ta’minlang. Soʻngra, mazkur oʻzgaruvchilar toʻrt xil koʻrinishda, yuqoridagi toʻrtta funksiyaga yuborilsin va funksiyalardan qaytgan qiymatlar konsol oynaga chop etilsin.
Massivga oid funksiyalardan foydalanib dastur tuzing. massiv nomli, butun turli massiv yarating. Unga dastlabki elemntlardan boshlab, mos ravishda, 4, 2, 3, 6, 5 va 1 qiymatlarini ta’minlang. Dastur bajarilishi natijasida, konsol oynada, massivning eng kichik qiymati va uning indeksi, eng katta qiymati va uning indeksi haqidagi ma’lumotlar, massiv elementlari qiymatlarining aralashtirilib yuborilgan holatdagi ketma-ketligi, massiv elementlarining oʻsish tartibida saralangan holatdagi ketma-ketligi hamda, 4 qiymatining nechatchi pozitsiyadan topilganligi haqidagi ma’lumotlar chop etilsin.
Shablon funksiyadan foydalanib dastur tuzing. int, double va string turlariga mansub massivlar yarating va ularni qiymatlar bilan ta’minlang. Umumiy turli shablon funksiyadan foydalanib, mazkur massiv elementlarini saralab, konsolga chop etuvchi dastur tuzing.
Vektorlardan foydalanib dastur tuzing. Bitta int turida, ikkita string turida vektorlar hosil qiling. Vektorlarning nomlari mos ravishda v1, v2 va v3. v1 ga 1 dan 10 gacha boʻlgan butun sonlarni yuklang va konsolga chop eting. v2 ga “Smarqand”, “Toshkent”, “Xiva”, “Buxoro” qiymatlarini yuklang va chop eting. v2 ning soʻnggi elementini oʻchirib tashlang. v2 ning qiymatlarini v3 ga oʻtkazib ta’minlang. v3 ning birinchi elementi sifatida, “Andijon” ni ta’minlang. v3 ni konsolga chop eting.
Fayllar bilan ishlashga oid dastur tuzing. Talabalarning fandan oʻzlashtirish natijalarini faylga yozish uchun natijalar.txt faylini yarating. Unga “Botirov Qodir 90” koʻrinishidagi ma’lumotlarni yozing. Faylga yozish oqimini yoping va soʻngra, ushbu fayldan ma’lumotlarni oʻqib, ularni s1 va s1 satrlarga hamda reyting nomli butun turli songa ta’minlang va ularning qiymatlarini konsolga chop ettiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |