DASTURLASH BILAN SHUG'ULLANISHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK?
M.Botirov** - Qo'qon DPI
Dasturlashga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu kompyuter texnologiyasining
kun say in rivojlanib borishi bilan bog'liqdir. Ayniqsa vizual dasturlash texnologiyalaridan
foydalanib dasturlar yaratish kompyuter texnologiyalarining rivojlanishiga katta ta'sir
etmoqda.
Qaysi dasturlash tilinidan foydalangan bo'lar edingiz va dasturlash bilan
shug'ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak?
Elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi
inson ongining imkoniyatlarini to'ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma'lumotlarni tahlil
qilish va o'zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini ham
jadal sur'atda oshiradi.
Inson yashaydigan dunyo turli moddiy va nomoddiy ob'ektlar, shuningdek, ular
o'rtasidagi o'zaro ta'sirlardan, ya'ni jarayonlardan tashki! topgan. Istalgan hayotiy biologik,
matematik yoki fizik va hokazo masala shartlarini ifoda qilish dastlabki ma'lumotlar va
fikrlarni tasvirlashdan boshlanadi va ular qat'iy ta'riflangan biologik, matematik yoki fizik va
hokazo tushunchalar tilida bayon qilinadi. So'ngra masalani yechishning maqsadi, ya'ni
masalani yechish natijasida ayni nimani yoki nimalarni aniqlash zarurligi kursatiladi.
Masalani o'rganish uning matematik (biologik yoki fizik) modelini tuzishdan boshlanadi,
ya'ni uning o'ziga xos asosiy xususiyatlari ajratiladi va ular o'rtasidagi matematik munosabat
o'rnatiladi. Qaysi dasturlash tillaridan foydalangan maqul deganda:
• obyektga yo'naltirilgan dasturlash tillari: Delphi, C++, Java, C# (S sharp), PHP
(Personal home page);
• dasturlash vositalari bilan ishlash uchun: C/C++, Java, C# (C sharp), Delphi, Visual
basic, Turbo Paskal;
• Web ilovalari bilan ishlash uchun: HTML, CSS, JavaScript (JQuery), PHP (Personal
Home Page), ASP.NET (Active Server Page .NET), JSP (Java Server Page);
• ma'lumotlar ba'zasini boshqarish tizimlari bilan ishlash uchun: MySQL, MS SQL,
Oracle, PostgreSQL, SQLLite;
• mobil qurilalar uchun dasturiy vositalar bilan ishlash: Android uchun Java, qisman
C/C++; BlackBerry uchun Java; IOS SDK uchun Objective — C, Objective Paskal; Java ME
uchun Java.
Yuqorida keltirilganlardan bittasiga to'xtalsak. Dasturlash mutaxassisiga hozirgi kunda
talab juda katta ekanini bilasiz. Windows tizimi uchun dastur
tuzishda, Delphi eng tezkor vositalardan bin. embarcadero RAD Studio - Microsoft Windows
uchun tezkor dastur tuzish vositasi. Oxirgi versiyasi: embarcadero RAD Studio 2010, Delphi
2010 va C++ Builder 2010 ni bir integrallashgan muhitda birlashtirgan. NET, WinForms,
WPF, ADO.NET, ASP.NET va LINQ texnologiyalari bilan ham ishlash mumkin. 2006 yil 8
fevralda Borland firmasi dasturiy vositalarni ishlab chiqarishni tugatmoqchi ekanini, bu
bo'limni -sotish niyatida ekanini e'lon qildi. 2006 yil noyabrda Borland firmasi dasturiy
vositalar bilan ishlash bo'limlarning barchasi o'zining qaramog'idagi bo'lgan CodeGear
firmasiga o'tganligini e'lon qildi. 2007 yil martda CodeGear RAD Studio 2007 chiqarildi. 2008
yil 1 iyunda CodeGear firmasi embarcadero Technologies firmasi tomonidan sotib olindi.
Delphi va C++ Builder ning keyingi versiyalari embarcadero Technologies firmasi tomonidan
ishlab chiqilmoqda. Umuman olganda Delphi 7 ning o'zida Windows uchun har qanday
dasturni tuzish mumkin. SHuning uchun Delphining keyingi versiyalarida asosiy urg'u NET
va boshqa texnologiyalarga qaratilgan.
Dasturchilarga qo'yiladidan talablar. Tushuntirish izohlariga ega bo'lgan dasturlarni
to'g'rilash yoki tuzatish osonroq, chunki ular dastur bilan ishlash uchun qo'shimcha
ma'lumotlarni jamlaydi. Dastur tuzuvchi ko'pincha boshqa tuzuvchining dasturini ko'rib
chiqayotgan vaqtda, xatolarni tuzatishda yoki dastur mantiqni kuzatayotgan vaqtda juda ko'p
vaqt sarflaydi. Bu holatda u o'zining me'yorlangan vaqtini juda katta qismnini sarflab qo'yadi.
Izohlanmagan dastur - bu taxminimizcha dastur tuzuvchining eng katta xatosidir. Dastur
yozish jarayonida izoh berish yaxshi qoidadir. Buni hamma dasturchilar hisobga oladilar. Izoh
yozishning asosiy maqsadi har bir kishi dasturdagi izohni o'qiyotib, shu dastur haqida ko'proq
tushunchaga ega bo'ladi. Dastur tugagandan key in izoh berish foydasiz va ma'nosizdir. Izoh
berishning 3 ta shakli bor: kiritishda, mundarija, tushuntirishda.
Kiritish izohlari. Har bir dastur, kichik dastur va jarayonlar nima vazifani bajarishi
haqidagi izohlardan boshlanadi va ular quyidagilardan iborat bo'ladi:
1. Dasturdan maqsad.
2. Dasturni chaqirish va undan foydalanish haqidagi ko'rsatkichlar.
3. Asosiy massiv va o'zgartirgichlarning ro'yhati va vazifasi.
4. Kiritish-chiqarish haqidagi kursatkichlar. hamma fayllar ro'yhati.
5. Foydalanilayotgan barcha qism dasturlar ro'yhati.
6. Foydalanilgan matematik metodlar va ular haqidagi ma'lumotgalar mavjud bo'lgan
adabiyotlar ro'yhati.
7. Dasturni bajarilgan vaqti haqida ma'lumot.
8. Kerak bo'lgan xotira hajmi.
9. Operatorga maxsus ko'rsatmalar.
10. Muallif haqida ma'lumot.
11. Dastur yozilgan sana.
Mundarij. Agar dastur katta hajmga ega bo'lsa, uning boshiga izoh shaklida mundarija
qo'yish maqsadga muvofiqdir. Mundarija o'z ichiga dastur modulining nomini, joyini va
funksiyasini jamlaydi.
Tushuntirsh izohlari. Dasturning izohlarsiz tushunib bo'lmaydigan qismlarga
tushuntirish izohlari beriladi. Dasturning mantnini tushunishdan oldin sonlar yoki shartli
operatorlardan ilgari ular haqidagi ko'rsatmalardan iborat izohlar chiqib turishi kerak. YUqori
pog'onada yozilgan 10 ta qatorga 1 ta izohlash qatori o'rtacha me'yor hisoblanadi. Izohlar
operatorlar yaratayotgan harakatlarni ta'riflamay, shu operator guruhlari operatorlarini aytib
o'tish kerak. Izoh dasturi boshqacha ifodalanmasligi va ma'lum bir kerakli ma'lumotlarga ega
bo'lishi kerak. Izohlar turli bo'lib, dastur o'zgarganda o'zgaruvchan bo'lishi kerak. Dasturdagi
noto'g'ri izohlar ularni yo'qligiga nisbatan ancha yomonroqdir.
Qatorlarni tashlab ketish. Bunda dastur qismlarini ajratib olishimiz mumkin bo'ladi.
Dasturdagi alohida bo'laklarni aniq topilishini yengillashtirish.
Oraliq (probel). Dasturlash tilida oraliqlar ixtiyoriy ravishda qo'yiladi. Oraliqlardan keng
foydalanish dasturni o'qishni osonlashtiradi.
Tenglashtirish va ketma-ketlikni belgilash. Dasturning ketma-ketligini belgilashda biz
undagi operatorlarni ketma-ketligi tartiblarida sodir bo'ladigan xatoliklardan forig' bo'lamiz.
Dasturni boshlang'ich qismidan belgilab borishda, bizga uni tekshirishimizda va
sozlashimizda katta yordam beradi. CHunki tartib belgi yoki sonlar bizga katta dasturda
kerakli qatorlarni aniqlashimizda yordam beradi.
O'zgaruvchilarga nom tanlash. O'zgaruvchilarni nomini shunday tanlash kerakki, bu
qismda o'zgaruvchilarni kattaliklari yaqqol bilinib turishi kerak. Dasturni o'qishi oson
kechishi uchun ismni turini tanlashga ham bog'liq bo'ladi.
Fayllar nomi. Har xil dasturdagi bir xil fayllarga bir xil nom berilishi shu dasturlami
o'zaro solishtirish jarayonlarini osonlashtiradi.
Standart qisqartirishlar. Dasturni ishlab chiqishda standart qisqartirishlarni kiritish
shartdir. CHunki bular begona shaxslarni dasturingizni o'qishini osonlashtiradi. Standart
qisqartirishlar dasturchiga kerak bo'lganda eski dasturlami yangisini yozishga yordamlashadi.
Keyingi satrga ko'chirish. Agar siz yozayotgan qatorga biror-bir so'z sig'may qolsa, uni
keyingi qatordan boshlashingizga to'g'ri keladi. Albatta ko'chirishga ruxsat etiladi. Lekin u
dasturni o'qishni va undan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Operatorlarni joylashtirish. Bir xilgi dasturlarda bitta qatorga bir necha operatorlarni
joylashtirish mumkin. Lekin bu usul noqulay: dasturni o'qish va paragraflarga bo'lishni
qiyinlashtiradi. YAna bir sabablardan biri shundaki, dasturdagi xato haqida xabar olinganda
xatoni tuzatishda noqulayliklar vujudga keladi.
Alfavit bo'yicha ro'yhatni tartiblash. Dasturlash tilida juda ko'p o'zgaruvchilar qatnashadi
va ularni ismi bo'yicha aniqlash tuzuvchining o'ziga bog'liqdir. SHuning uchun tuzuvchining
ishini'osonlashtirish uchun ro'yhatlar tuziladi va ro'yhatlar 2 ta turga bo'linadi:
1. O'zgaruvchilar turida e'lon qilingan o'zgaruvchilar nomi ro'yhati.
2. Jarayon parametrlarining ro'yhati.
Qavslar. Asosiy qoidalardan biron - gumonli joylarda qavs qo'ying. Bu esa dasturni
tushunarli qilib, xato qilishni oldini oladi.
Agar dasturchi tuzayotgan dasturini biror-bir boshqa dasturchi yoki kishini o'qishini
bilsa, u dasturni kodlashdagi fikri keskin o'zgaradi. U dasturni bo'limlarga bo'lib, izohlar bilan
to'ldiradi. Natijada dastur aniq va tushunarli bo'ladi.
Bir xilgi loyihalarda dasturni oddiyligini ta'minlovchi metod dasturni nazaorat qiluvchi
sistemadan foydalaniladi. Bu sistemada dastur loyihalanayotgan paytda kamida 2 ta
dasturchidan foydalaniladi. Birinchisi dastur tuzsa, ikkinchisi shu dasturni tuzish uchun ko'rib,
o'qib chiqadi. Bu sistemaning 2 ta yutug'i bor. Birinchidan, u oddiy va tushunarli dastur ishlab
chiqishni ta'minlaydi. Ikkinchidan, birinchi dasturchi loyihani tugata olmasa, ikkinchi
dasturchi uni tugatib qo'yadi.
Bo'limlarning nomini tanlash. Bo'iimlarning nomi shu bo'limning maqsadini bildirib
turishi kerak. Bundan tashqari bo'limlardan foydalanishda izohlarga qulay joy ajratib beriladi.
Har bir bo'limning boshida shu bo'lim haqida izoh joylashtirish kerak.
Usullarni standartlash. Albatta biz juda ko'p joylarda va jarayonlarda standartlarga
asosan ish olib boramiz. Lekin dasturlash usullarida bunga qarshi bir necha fikrlar aytilgan.
Dasturlash usuli - bu shaxsiy fikr va didga bog'liqdir. SHuning uchun unga hech qanday
chegaralanishlar qo'yilmasligi kerak. Agar biror-bir narsani yaratishda bir necha usul mavjud
bo'lib, tanlash sizga bog'liq bo'lsa, unda siz bitta usulni tanlab, oxirigacha shu usuldan
foydalaning. Misol uchun. Delphi tizimini ishga tushirib Standart komponentalar palitrasidan
Button, edit, Memo, MainMenu komponentalaridan foydalangan holda quyidagi oddiy ikkilik
va o'nlik sanoq sistemasi bilan ishlash dasturi tuzib ko'ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |