3.3.2.Dasturiy vositaning tashqi tavsifini ishlab
chiqishda ob’ektli yondoshuv xususiyatlari
Ob’ektli yondoshuvda DVning tashqi tavsif bosqichi relyatsion yondoshuv ga nisbatan ancha sig‘imi keng va mazmundor bo‘lib chiqadi.
Talablarni aniqlash foydalanuvchi talab qilinayotgan DV vositasida o‘rganmoqchi yoki shunchaki qo‘llamoqchi bo‘lgan modelli olamga noformal tavsif berishdan iborat. Bunda prototiplashning ahamiyati ortadi. Bu yondoshuvda prototiplash bosqichi ko‘p hollarda DV ishlanmasining keyingi bosqichlarida ish hajmining kamayishi hisobiga qoplanadi.
Sifat spetsifikatsiyasi o‘z mazmunini saqlab qoladi.
Talablar spetsifikatsiyasi jarayonining mazmuni ancha o‘zgaradi: DV ning funksional spetsifikatsiyasini ishlab chiqish o‘rniga modelli olamning uch qismdan iborat bo‘lgan formal tavsifi yaratiladi:
-ob’ektli model tavsifi,
-dinamik model tavsifi,
-funksional model tavsifi
Ushbu qismlarning vazifasi nimadan iborat? Buni quyidagicha ta’riflash mumkin: ob’ektli model nimadir sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nimanidir aniqlaydi; dinamik model sodir bo‘lish vaqtini aniqlaydi; funksional model nima sodir bo‘lishini aniqlaydi.
Ob’ektli model ishlab chiqilayotgan DV taqdim etishi lozim bo‘lgan modelli olamning statik ob’ektli tuzilmasini ko‘rsatadi. U qo‘llanayotgan ob’ektlar sinflarining hamda ushbu sinflar o‘rtasidagi munosabatlarning ta’riflarini, shuningdek ushbu sinflarning qo‘llanayotgan ob’ektlari ta’rifini hamda bu ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Ob’ektli modelda ob’ektlar sinfi odatda uchlik ko‘rinishida bo‘ladi: Sinf nomi, Atributlar (belgilar) ro‘yxati, Operatsiyalar ro‘yxati.
Har bir atribut biron nom oladi hamda muayyan tur ma’nolariga ega bo‘lishi mumkin. Mohiyatan, sinf atributi ushbu sinf ob’ektlarining biron-bir oddiy xususiyatini ifodalaydi. Ob’ektlarning biron-bir oddiy xususiyatlarini atribut sifatida olib qarash, ayniqsa, ushbu atributlar mazmuniga ko‘ra ob’ektlar tasnifi amalga oshirilayotganda g‘oyat qulay. Sinf taqdimotida ko‘rsatiladigan operatsiyalar ushbu sinf ob’ektlarining boshqa xususiyatlarini (xoh oddiy bo‘lsin, xoh assotsiativ bo‘lsin) aks ettiradi. Ular ushbu sinf ob’ektlarini nima qilish mumkinligi (yoki ushbu ob’ektlarning o‘zlari nima qilishlari mumkinligi) ni ko‘rsatadi.
Ob’ektli modelda ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar ushbu ob’ektlar mansub bo‘lgan sinflar o‘rtasidagi munosabatlar sifatida umumlashtiriladi. Bunda odatda faqat bir o‘rinli va ikki o‘rinli ob’ektlararo munosabatlar qo‘llanadi. Bundan ko‘ra murakkabroq munosabatlar ob’ektli modellarning murakkablashuviga olib keladi. Boshqa tomondan esa bunday munosabatlar qo‘shimcha sinflarni aniqlash hisobiga har vaqt ikki o‘rinli munosabatlarga kelitirilishi mumkin. Bir o‘rinli munosabatlar atributlar deb ataladi. Bunda ob’ektning ayrim atributlari sinf atributlaridan, ularga aniq ma’nolar (qiymatlar) taqdim etish yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Ikkita (va undan ortiq) ob’ektlar o‘rtasidagi munosabat aloqa deb ataladi, ularning umumlashmasi (sinflararo munosabatlar) esa assotsiatsiyalar deb ataladi. Ob’ektli modelda assotsiatsiyalar muhim rol o‘ynaydi - ular ob’ektlar o‘rtasida yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan aloqalarni belgilab beradi. Assotsiatsiyalarning quyidagi turlari mavjud:
-ob’ektlar holatlarining o‘zaro aloqalari,
-ob’ektlar agregatsiyalashuvi (tuzilmalashuvi),
-sinflar abstraktsiyalashuvi (tug‘ilishi).
«O‘zaro aloqa» assotsiatsiyasi, mohiyatan, bunday munosabatga kirishgan sinf ob’ektlari biron-bir operatsiyalarning parametrlari bo‘lishi mumkinligini bildiradi. «Agregatsiyalashish» assotsiatsiyasi bunday aloqaga kirishgan sinflardan birining ob’ekti ushbu sinflardan boshqasining ob’ektini o‘z ichiga olishini (yoki olishi mumkinligini) bildiradi. «Abstraktsiyalashish» assotsiatsiyasi bunday munosabatlarga kirishgan sinflardan biri ushbu sinflardan boshqasining xususiyatlarini meros qilib olishini hamda boshqa (qo‘shimcha) xususiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
3.8.Ob’ektlar sinflari o‘rtasidagi munosabatlarga misol.
Ob’ektli modelni taqdim etishda odatda ob’ektlar spetsifikatsiyasining grafik tillari (masalan, UML tili) qo‘llanadi. Bunday tillarda sinflar va ob’ektlar to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida beriladi va ularda ushbu ob’ektlarni spetsifikatsiyalayotgan axborot beriladi. Ikkita sinf o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish uchun bu sinflarga mos keluvchi to‘g‘ri to‘rtburchaklar chiziq bilan birlashtiriladi va chiziq tepasida turli grafik belgilar va ayrim yozuvlar keltiriladi. Grafik belgilar ushbu sinflar o‘rtasidagi munosabatlar turini spetsifikatsiyalaydi, yozuvlar esa bu munosabatni to‘liq identifikatsiya qiladi (ya’ni aniqlashtiradi). Masalan, 4.8-rasmda Mamlakat va shahar sinflari o‘rtasida berilgan munosabat «birga bir» ko‘rinishiga ega. Yanada aniqroq qilib aytganda, bu munosabat shuni bildiradiki, Mamlakat sinfining har bir ob’ekti Shahar sinfining faqat va faqat bitta ob’ekti bilan «poytaxtga ega» munosabati bilan bog‘liq, shahar sinfining ushbu ob’ekti esa Mamlakat sinfining boshqa bironta ob’ekti bilan bunday munosabat bilan bog‘liq emas.
Ob’ektlar dekompozitsiyasini tavsiflash uchun agregatlashish ko‘rinishidagi munosabat qo‘llanadi. Masalan, 4.4-rasmda «dastur bitta yoki bir nechta moduldan iborat» munosabati ko‘rsatilgan.
3.9-rasm.Ob’ektlar sinflari o‘rtasida agregatlashish munosabatiga misol.
Shuni ta’kidlash lozimki, relyatsion yondoshuvda ob’ektli model tashqi axborot muhitining tavsifini to‘liq o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |