Misollar
1. Berilgan n o‘lchamli vektor ustida vektorlarni qo‘shish, ayirish, skalyar ko‘paytirish, hamda vektorni songa ko‘pytirish amallari qayta yuklangan VEKTOR sinfi aniqlansin. Sinf obyektlari ustida ko‘rsatilgan amallar bajarilsin.
2. Ratsional sonlarni, yani surat va mahraj juftligi bilan berilgan sonlarni solishtirish uchun taqqoslash amallarini qayta yuklaydigan RATSIONAL sinfi aniqlansin. Sinf obyektlari ustida ko‘rsatilgan taqqoslash amallari bajarilsin.
3. Fraction sinfi hosil qilinsin, ushbu sinfda kasrlarni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari uchun operatorlar qayta aniqlansin. Bu sinfdan foydalanib ikkita berilgan kasrning ustida amallarni bajarib natijani kasr ko‘rinishida ekranga chiqarish dasturini tuzing.
4. Kompleks sonlar ustida (+, -, *, /) arifmetik amallarni bajaruvchi Complex sinfi hosil qilinsin. Bunda ikkita kompleks sonni qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari uchun operatorlar qayta aniqlanib natijani yana kompleks son ko‘rinishida bersin. Bu sinfdan foydalanib ikkita berilgan kompleks sonning ustida amallarni bajarib natijani ekranga chiqarish dasturini tuzing.
5. Kompleks sonlar ustida (>, <, =, ≠) taqqoslash amallarini bajaruvchi Complex sinfi hosil qilinsin. Bunda ikkita kompleks sondan qaysi biri katta, kichik yoki bir-biriga teng, teng emas amallari uchun operatorlarni qayta aniqlang. Bu sinfdan foydalanib ikkita berilgan kompleks sonni taqqoslab natijani ekranga chiqarish dasturini tuzing. (Bu yerda kompleks sonlarni solishtirish uzunligi bo‘yich amalga oshiriladi)
6. To‘g’ri to‘rtburchak kengligi va balandligi 0 dan katta va 100 dan katta bo‘lmagan sonlarni qabul qiladi. Rectangle sinfi aniqlanib, unda 0 dan katta va 100 dan katta bo‘lmagan sonlarni qabul qiluvchi Kenglik va Balandlik nomli xossalarni, shu xossalar bilan to‘rtburchak yuzi, perimetri va diagonalini hisoblash metodlarini hosil qiling. Ushbu sinfdan foydalanib bir nechta to‘g’ri to‘rtburchak kattaliklarini hisoblash dastirini tuzing.
7. Uchburchak sinfini hosil qiling unda tomonlariga qiymatlarni yuklovchi konstruktor, uchburchaklikka tekshirish IsTriangle metodi va yuzasini hisoblovchi Area metodi bo‘lsin. Uchburchak sinfiga voris bo‘lgan Teng_yonli sinfini hosil qiling. Bunda berilgan ikkita qiymatning birinchisini birinchiga, ikkinchi qiymatni ikkinchi va uchinchi tomonlarga yuklovchi konstruktorni, asosiga tushirilgan balandlik, asosdagi burchakni hisoblash metodlarini kiriting. Bu sinflardan foydalanib berilgan uchburchak va berilgan teng yonli uchburchak kattaliklarini hisoblash dasturini tuzing.
8. Sariq va yashil ranglardan tashkil topgan kvadratlar bilan shaxmat doskasini yasash dasturini tuzing.
9. Joriy_Son(), Keyingi_Son(), Oldingi_Son() metodlaridan tashkil topgan interfeys aniqlang. Bu interfeysga voris sifatida, berilgan n natural son bo‘yicha funksiyaning va funksiyaning qiymatlarini metodlar bilan hisoblovchi mos ravishda Kvad_f1 va Kvad_f2 nomli sinflarni aniqlang. Ushbu interfeys va sinflardan foydalanib berilgan sonlar uchun funksiyalarning n, n-1, n+1 dagi qiymatlarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
10. Windows dasturini hosil qiling. Formaga 1 ta TextBox, 2 ta Button, 1 ta DataGridView va 1 ta Label elementlarini joylashtiring. Birinchi Button elementi uchun Click hodisasini yarating va unda TextBoxga kiritilgan n natural son bo‘yicha nxn ol’chamli kvadrat matrissaning elementlarini kiritish uchun DataGridView elementi hosil bo‘lsin. Ikkinchi Button elementi uchun Click hodisasida esa DataGridViewga kiritilgan matrissaning umumiy yig’indisi va har bir satr yig’indisini hisoblab Label elementga chiqarish dasturini yozing.
11. 7 ta har xil rang bilan formaning o‘lchamidan kelib chiqqan holda ichma-ich va bir-biridan 20 px uzoqlikda joylashgan ellipslarni chizing. Bunda ellipsning chegara chiziqining rangi va ellipsning ichining rangi boshqa-boshqa bo‘lsin.
12. -25 dan +25 temperaturalardagi molekulaning tezliklari berilgan. Berilgan qiymatlarni massivga -25 dan 25 gacha indekslar bilan kiritadigan holatda indeksator hosil qiling. O‘rtacha tezlikni va qaysi temperaturada maksimal, minimal tezliklarga erishishini aniqlovchi dastur tuzing.
13. Elementlari butun turdagi berilgan kvadrat matritsaning modul bo‘yicha eng katta elementlari topilsin. Shu elementlar joylashgan ustun va satrlarni o‘chirish orqali yangi matritsa qurilsin. Massiv indekslariga 1 dan n gacha ko‘rinishda murojaat qiladigan shaklda indeksatorni tashkil qiling.
14. AEROFLOT strukturasi , va maydonlarini o‘z ichiga oladi. Berilgan o‘lchamidagi AEROFLOT turidagi massiv yaratilib, ma’lumotlar kiritilsin va klaviaturadan kiritilgan manzilga uchadigan reys sanasi va samolet turi chop etilsin;
15. ISHCHI strukturasi , va maydonlarini o‘z ichiga oladi. Berilgan o‘lchamidagi ISHCHI turidagi massiv yaratilsin va klaviaturadan kiritilgan lavozimdagi ishchilar familiyasi va ishga kirgan yili chop etilsin.
16. POEZD strukturasi
, va maydonlarini o‘z ichiga oladi. Berilgan o‘lchamidagi POEZD turidagi massiv yaratilsin va massiv poyezd nomerlarining o‘sishi bo‘yicha tartiblansin, chop etilsin.
17. Kompleks sonlar ustida arifmetik amallar bajaradigan KOMPLEKS tayanch sinfi yaratilsin. Undan voris sinf sifatida kompleks koeffisientli kvadrat tenglama ildizini topadigan KOMP_KV_TENGLAMA sinfi yaratilsin.
18. Berilgan natural n o‘lchamidagi haqiqiy elementli kvadrat matritsa uchun xotiradan joy ajratich, qiymatlarini o‘qish va chop qilish amallarini bajaradigan MATRITSA tayanch sinfi yaratilsin. Uning vorisi qilib matritsaning determinantini hisoblovchi metod a’zosi bo‘lgan DTR_MATRITSA sinfi yaratilsin.
19. o‘lchamli fazoda koordinatalari bilan berilgan ikkita vektorni tavsiflovchi, ya’ni ularni xotirada saqlash, qiymatlarini o‘qish va chop qilish amalini bajaruvchi VEKTOR_XY tayanch sinfi aniqlansin. Uning vorisi bo‘lgan VEKTOR_XY_AMAL sinfida vektorlarni qo‘shish va ayirish orqali yangi vektorlar hosil qiluvchi, ikkita vektorning skalyar ko‘paytmasini, vektor uzunligini va ikkita vektorlar orasidagi burchak kosinusi hisoblovchi metod a’zolalar aniqlansin.
20. Berilgan satrni saqlash va chop qilish amallarini o‘z ichiga olgan SATR sinfi aniqlansin. SATR sinfining vorisi sifatida ARIFM_AMAL sinfi yartilsinki, unda satr ko‘rinishida berilgan ikkita son o‘rtasida arifmetik amallar (’+’, ’-’) bajarilsin.
21. Mart oyi kunlarining haroratlarini ko‘rsatuvchi butun sonlar berilgan. Harorat grafigini quring. Nol haroratga mos keluvchi gorizontal chiziqdan yuqorida va pastda to‘g‘ri chiziq kesmalari har xil rangga bo‘yalsin.
22. Funksiya grafigi chizilsin: , .
Do'stlaringiz bilan baham: |