Дастурлаш асослари фанидан маърузалар матни doc


emas.  4.4  White-Box-testi



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/218
Sana31.12.2021
Hajmi2,87 Mb.
#202470
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   218
Bog'liq
dasturlash asoslari (1)

emas. 
4.4  White-Box-testi 
 
White-Box-test  (shuningdek  Glass-Box-test,  ya’ni  shaffof  quti  usuli  bilan  testlash)  tushunchasi 
dasturiy  ta’minotning  nazorat  usulini  bildirib,  unda  testlar  testlanayotgan  tizim  ishlashining  ichki  tamoyil 
bilimlari  asosida  ishlab  chiqiladi.  Shunday  qilib,  Black-Box-testdan  farqli  ravishda  ushbu  test  uchun 
dasturning boshlang‘ich kodiga nazar tashlashga ruxsat berilgan, bu kod tekshiriladi. 
White-Box-test  namunasi  dasturning  o‘tishiga  tegishli  bo‘lgan  test  nazorati  bo‘lib,  unda  oldingi 
o‘rinda  uning  tarkibiy  diagrammasi  (Struktogramm)  yoki  ma’lumotlar  oqimining  o‘tish  chizmasi  (blok-
chizma)  turadi.  Testlash  maqsadi  bu  –  dasturning  boshlang‘ich  kodi  to‘laqonligiga  doir  test  variantlari 
etarlilik (ta’minlanganlik)ning ba’zi bir mezonlarini qoniqtirishini ta’kidlashdir. Shu bilan birga nazoratning 
eng kichik hajmi mavjud: 

  Operatorlar birlashuvi: barcha operatorlarning bajarilishi;   

  Kantlar  birlashuvi:  Tarkibiy  diagramma  tarmoqlanishning  barcha  mumkin  bo‘lgan  xoshiyalarini 
yoki ma’lumotlar oqimini o‘tish chizmasi (blok chizmalar) to‘plamidir. 
Agar,  hatto,  dasturiy  ta’minot  tizimi  etarlilik  (ta’minlanganlik)  mezonlariga  nisbatan  testdan 
muvafaqqiyatli o‘tgan bo‘lsada, bu hol unda xatolar borligini istisno qilmaydi. Buni White-Box-testi tabiati 
shunaqaligi bilan tushuntirish mumkin. Bunda quyidagi sabablar bo‘lishi mumkin:  

  White-Box-testi  variantlarini  dastur  tasnifidan  emas,  balki  dasturning  o‘zidan  chiqarib  olinadi. 
Faqat tizim bexatoligi testlanishi mumkin, u talab qilingan semantika shartlariga javob bera olishi 
kerak;    
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com



  Shuningdek, agar dasturning barcha yo‘nalishlari (marshrutlari) testlanib bo‘lingan bo‘lsa, ham bu 
hol  dasturni  xatosiz  ishlashini  bildirmaydi.  Ma’lumotlarning  nazorat  oqimi  ustunida  kantlar 
(hoshiyalar) bo‘lmagan hollar qaralmaydi.  
Shuningdek, agar tizimni uning nim tizimlarida sinash talab etilsa, unda buning uchun testlanayotgan 
tizim  ishlashining  ichki  jarayonlarini  bilish  kerak  bo‘ladi.  White-Box-testi  paydo  bo‘lgan  xatolarni 
lokallashtirishda  (cheklashda),  ya’ni  xatolarni  tug‘diruvchi  komponentalarni  identifikatsiyalash  uchun 
ayniqsa qo‘l keladi.  
Testlarni  ishlab  chiqaruvchi  testlanayotgan  tizim  ishlashining  ichki  jarayonlariga  oid  bilimga  ega 
bo‘lishi kerakligi sababli, White-Box-testlari o‘sha komanda tomonidan tuziladi. Ko‘pincha testlanishi lozim 
komponentalar  mazkur  komanda  dasturchilari  tomonidan  amalgam  oshiriladi.  Qoida  bo‘yicha  White-Box-
testlari  uchun  testlash  bo‘yicha  maxsus  bo‘limlar  tashkil  etilmaydi,  chunki  bu  vazifa  uchun  maxsus 
qo‘yilgan tekshiruvchidan keladigan foyda ko‘pincha murakkabligi tufayli tizim mohiyatiga kirish natijasini 
chippakka chiqaradi. 
BubbleSort dasturining ko‘rib chiqilgan namunasi uchun x va y indekslari orqali uzulish mezonlariga 
ega har ikkala ichki (qo‘yilgan) sikllar testi muhim ahamiyatga ega. Bu sikllar barcha mumkin bo‘lgan test 
ma’lumotlari  bilan  tizimli  ravishda  ko‘rikdan  o‘tkaziladi  va  shu  bilan  birga  dasturning  o‘zini  tutishi 
o‘rganiladi.  Aniqlangan  xatolar    identifikasiya  qismini  ishini  va  to‘g‘ridan-to‘g`ri  dasturiy  kodda  bartaraf 
qilinishi mumkin.  
 

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish