Dinamik modelning asosiy tushunchalari - hodisalar va ob’ektlar holatlaridir.
Hodisa deganda bu erda
bir ob’ektning ikkinchi ob’ektga muayyan vaqtda sodir bo‘ladigan elementar ta’siri tushuniladi. Bir hodisa
mantiqan boshqasining ortidan kelishi yoki boshqasi bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Boshqacha qilib
aytganda, dinamik modelda hodisalar
qisman tartibga solingan bo‘ladi.
Ob’ekt holati deganda bu erda
ob’ekt atributlari ma’nolari (qiymatlari)ning majmuyi hamda ushbu ob’ekt joriy aloqalarining boshqa
ob’ektlar bilan tegishli tomonlari tushuniladi. Ob’ekt holati ushbu ob’ektga ta’sir etadigan biron-bir ikkita
hodisa o‘rtasidagi vaqt intervaliga bog‘liqdir. Biron-bir hodisadan ta’sirlanish natijasida ob’ekt bir holatdan
ikkinchi bir holatga
o‘tadi.
Buning bilan bog‘liq holda dinamik modelda aktiv ob’ektlarning har bir sinfi uchun o‘z
holatlar
diagrammasi tuziladi. Bu diagramma graf ko‘rinishiga ega bo‘lib, uning uchlari holatlarni bildiradi, yoylari
esa ushbu holatlar o‘rtasidagi o‘tishlarni bildiradi. Bu o‘tishlar hodisalar nomlari bilan belgilanadi. Ayrim
o‘tishlar ushbu o‘tishlarga ruxsat beruvchi shart-sharoitlar bilan bog‘iq bo‘lishi mumkin.
Shart-sharoit bu
ayrim ob’ektlar atributlarining ma’nolari (qiymatlari)ga bog‘liq bo‘lgan predikatdir. Har bir shart-sharoit
yoyda ko‘rsatiladi, ushbu shart-sharoit yoy bo‘ylab o‘tishni boshqaradi. Shunisi e’tiborliki, holatlar
diagrammasida ayrim holatlar yoki hodisalar muayyan operatsiyalar bilan bog‘lanadi. Hodisa bilan
bog‘lanayotgan operatsiya ob’ektning ushbu hodisaga reaktsiyasini (munosabatani) bildiradi hamda ushbu
operatsiya soniyada (biron-bir vaqt intervali nuqtasida) bajariladi deb hisoblanadi. Bunday operatsiya
xatti-
harakat deb ataladi. Holat bilan bog‘lanayotgan operatsiya ushbu holat bog‘iq bo‘lgan vaqt intervali
doirasida bajariladi (ya’ni ushbu interval bilan chegaralangan davomiylikka ega bo‘ladi). Bunday operatsiya
faoliyat deb ataladi. Holatlar diagrammasi ushbu operatsiyalar aktivlashuvini boshqarish yo‘llarini belgilab
beradi. Shunday qilib, holatlar diagrammasi bitta ob’ektlar sinfining xatti-harakatini tavisflaydi.
Dinamik model sinflar o‘rtasidagi hodisalar yordamida barcha holatlar diagrammalarini birlashtiradi.
Funksional model nimani ko‘rsatadi? U chiqish qiymatlari qanday qilib kirish qiymatlaridan kelib
chiqib, yana ushbu qiymatlar hisoblab chiqariladigan qatorni ko‘rsatmay turib, hisoblanishini ko‘rsatadi. Bu
model ob’ektli va dinamik modellarda qo‘llanadigan barcha operatsiyalar (
tashqi operatsiyalar), shart-
sharoitlar va cheklanishlarni belgilab beradi. DV ishlanmasiga relyatsion yondoshuvda funksional model
tashqi funksiyalar ifodasiga mos keladi.
Funksional modelda yirik operatsiyalarni belgilashda
oqimli diagrammalar (ma’lumotlar oqimi
diagrammasi) qo‘llanadi. Ular bu operatsiyalarni ancha sodda operatsiyalar vositasida ifoda etish imkonini
beradi.
Jarayonlar, ob’ektlar va ma’lumotlar oqimi oqimli diagrammalarning asosiy tushunchalari bo‘lib
izmat qiladi. Oqimli diagramma bu graf bo‘lib, ob’ektlar yoki jarayonlar uning uchlari, ma’lumotlar oqimlari
esa uning yoylari hisoblanadi. Jarayonlar bir ob’ektlardan kelib tushayotgan va saqlash uchun boshqa
ob’ektlarga yuborilayotgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Bu jarayonlar
ichki operatsiyalarni tashkil qiladi.
Ichki operatsiyalar orqali esa ushbu oqimli diagramma taqdim etgan operatsiya ifodalanadi. Ob’ektlar passiv
(ma’lumotlar omborlari) va aktiv
(agentlar) bo‘lishi mumkin. Passiv ob’ektlar faqat ma’lumotlarni saqlash
uchungina qo‘llanadi, aktiv ob’ektlar esa ma’lumotlarni saqlash uchun ham, ularni qayta ishlash uchun ham
qo‘llanadi. Ma’lumotlar oqimi ma’lumotlar harakatining yo‘l qo‘yiladigan yo‘nalishlarini hamda
ma’lumotlar harakatining turlarini belgilab beradi. Jarayonlar bevosita aniqlanadigan terminal operatsiyalar
orqali yoki boshqa oqimli diagrammalar yordamida ifodalanishi mumkin. SHunday qilib, oqimli
digrammalar tabaqaviy ko‘rinishga ega.
Terminal operatsiyalar relyatsion yondoshuvdagidek aniqlanadi. Darvoqe, ma’lumotlar oqimlari
diagrammalari ham relyatsion yondoshuvda qo‘llanishi mumkin.
Shunday qilib, ob’ektli yondoshuvda tashqi tavsif bosqichining asosiy mazmunini
ob’ektli
modellashtirish tashkil etadi. Bunda formal spetsifikatsiyalash tillari, shu jumladan grafik tillar ham keng
qo‘llanadi. Hozirda eng keng qo‘llanadigan shunday tillardan biri bu UMB tilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: