Pasayuvchi ishlab chiqish usulining mohiyati quyidagichadir. Avvalgi usulda bo‘lganidek, bu erda
ham oldin dasturning daraxt ko‘rinishidagi modul tuzilmasi yaratiladi. Keyin navbatma-navbat dastur
modullari dasturlanadi. Bunda dasturlash eng yuqori sathdagi (bosh) moduldan boshlanadi. Keyin boshqa
biron-bir modulni dasturlashga o‘tiladi. Bunda ushbu modulga murojaat qiladigan modul dasturlab bo‘lingan
bo‘lishi lozim. Dasturning barcha modullari dasturlab bo‘lingach, ular xuddi shunday pasayuvchi tartibda
navbatma-navbat test sinovlaridan o‘tkaziladi va sozlanadi. Bunda birinchi bo‘lib dasturning bosh moduli
test sinovidan o‘tkaziladi, chunki u testdan o‘tkazilayotgan dasturning hammasiga tegishli bo‘ladi hamda
shuning uchun test sinovi ushbu dastur amal qiladigan axborot muhitining «tabiiy» holatida o‘tkaziladi.
Yana bunda bosh modul murojaat qilishi mumkin bo‘lgan modullar ularning imitatorlari (zaglushkalari) ga
almashtiriladi. Har bir modul imitatori bu oddiy dasturiy fragment (qism) bo‘lib, u asosan
imitatsiyalanayotgan modulga murojaat haqida xabar (signal) beradi, dasturning to‘g‘ri ishlashi uchun zarur
bo‘lgan qiymatlar va kirish parametrlariga ishlov beradi (ba’zida bu ma’lumotlarni bosma holda chiqarib
ham beradi) hamda, zaruratga ko‘ra, avvaldan tayyorlab qo‘yilgan tegishli natijani chiqarib beradi. Bosh
hamda navbatdagi har qanday modul test sinovidan o‘tkazilib va sozlab bo‘lingach, ushbu daqiqada o‘zining
imitatori (agar bular bo‘lsa) ga ega bo‘lgan modullardan biri test sinovidan o‘tkaziladi. Buning uchun test
sinovidan o‘tkazilishi tanlab qilingan modul imitatori o‘rniga modulning o‘zi olinadi. Bundan tashqari bu
sinovga test sinovidan o‘tkazilishi tanlab qilingan modul murojaat qilishi mumkin bo‘lgan modullar
imitatorlari qo‘shiladi. Shunday qilib, yuqorilovchi test sinovidan o‘tkazish paytidagi katta hajmdagi
«sozlovi» dasturlash o‘rniga dastur modullarida qo‘llanadigan anchayin sodda imitatorlarni dasturlash
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, imitatorlar chiqarib berayotgan kerakli natijalarni berish yo‘li bilan
testlarni tanlab olish jarayoniga moslashish uchun ham imitatorlardan foydalanish qulaydir. Dasturni ishlab
chiqishning bunday tartibida barcha zaruriy global axborot o‘z vaqtida shakllanadi, ya’ni modullarni
dasturlashdagi noxush xatoliklar manbai yo‘q bo‘ladi. Pasayuvchi ishlab chiqish usulining dasturni
qo‘llashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘ilishiga olib keluvchi kamchiligi shundan iboratki, bunda
qo‘llanayotgan dasturlash tilining bazaviy imkoniyatlari mavhumlashtiriladi, ya’ni mavhum (abstrakt)
operatsiyalar o‘ylab topiladiki, bu operatsiyalarni keyinchalik dasturda ajratib olindan modullar yordamida
amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Biroq, shuning bilan birga, bunday mavhumlashtirishlar (abstraktsiyalar)
katta dasturiy vositalarni ishlab chiqishning zaruriy shartidir. SHuning uchun ularni rivojlantirish muhimdir.
Ko‘rib chiqilgan yuqorilovchi va pasayuvchi ishlab chiqish usullarining (biz ularni klassik usullar deb
ataymiz) o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda dasturning modul tuzilmasi modullarning dasturlanishi
(kodlanishi)dan oldin ishlab chiqilishi talab qilinadi. Bu talab dasturiy vositani ishlab chiqishning
shalolasimon yondoshuviga to‘liq mos keladi, chunki dasturning modul tuzilmasini ishlab chiqish va uni
kodlash dasturiy vositani ishlab chiqishning turli bosqichlarida amalga oshiriladi: modul tuzilmasini ishlab
chiqish DV ni konstruktsiyalash bosqichini nihoyasiga etkazadi, kodlash esa kodlash bosqichini boshlab
beradi.
Bu usullar e’tirozlarga ham duch keldi. Chunki avval modullarni dasturlamay turib, dastur tuzilmasini
aniq va chuqur ishlab chiqish mumkinligi shubha tug‘diradi. Agar shalolasimon yondoshuv biroz
takomillashtirilsa, amalda bunday qilish shart emas. Quyida dasturlarni ishlab chiqishda konstruktiv va
arxitektura yondoshuvlari taklif qilinadiki, ularda modulli tuzilma modullarni dasturlash (kodlash)
jarayonida shakllanadi.
Boshqa har qanday modulni dasturlashda ham xuddi shunday xatti-harakatlar amalga oshiriladi.
Ushbu dasturlanadigan modul spetsifikatsiyalangan, ammo hali dasturlanmagan modullar ichidan dastur
daraxtining joriy holatidan tanlab olinadi. Buning natijasida dastur daraxtining navbatdagi yanada ko‘proq
shakllanishi (masalan 4.2-rasmda ko‘rsatilganidek) amalga oshiriladi.
Dastur (bosh modul)ning spetsifikatsiyasi (tasnifi) 1-tarmoqmasalaning 3- tarmoq masalaning spetsifikatsiyasi spetsifikatsiyasi