Дастурлаш асослари фанидан маърузалар матни doc


  Ma’lumotlar tarkibi va algoritmlar



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/218
Sana31.12.2021
Hajmi2,87 Mb.
#202470
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   218
Bog'liq
dasturlash asoslari (1)

9.1.1  Ma’lumotlar tarkibi va algoritmlar 
9.1.1.1  Ma’lumotlar tarkibi va algoritmlar to‘g‘risida tushuncha 
 
Ma’lumotlar tarkibi va algoritmlar shunday tushunchalarki, ulardan dasturlar tuziladi. Bundan ham 
tashqari kompyuterni o‘zi ma’lumotlar tarkibi va algoritmlardan tashkil topadi. 
Yaratilgan  ma’lumotlar  tarkibi  xotiraning  shunday  registrlari  va  xotirasi  bilan  tasvirlanganki,  unda 
ikkilik  miqdorlar  saqlanadi.  Apparatura  konstruktsiyasida  singdirilgan  algoritmlar,  bu  elektron  zanjirlarda 
o‘z aksini topgan qat’iy qoidalar bo‘lib, ular bo‘yicha xotiraga joylashtirilgan ma’lumotlarni bajarish uchun 
mo‘ljallangan  buyruqlar  sifatida  talqin  qilinadi.  Shuning  uchun  ham  har  bir  kompyuter  ishining  asosida 
faqat bitta ko‘rinishdagi ma’lumotlar bilan ishlay olishi mumkin. Bu ma’lumotlar alohida bitlar yoki ikkilik 
raqamlari bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar bo‘yicha kompyuterning markaziy prosessorining komandalari tizimi 
o‘zgartirilmaydigan algorotmlar naboriga mos ravishda ishlaydi. 
Dasturlarning abstrakt ma’lumotlar tarkibi va algoritmlari aniq ifodalash uchun dasturlash tillari deb 
atalgan formal belgilashlartizimini ishlatiladi. Dasturlash tillarida har bir gap aniq va bir qiymatli aniqlanadi. 
Barcha  dasturlash  tillarida  o‘zgaruvchilar,  konstantalarni  belgilash  (nomlash)  uchun  identifikatorlar 
ishlatiladi.  Ba’zi  dasturlash  tillarida  konstantalarni  qiymatlari  butun  dastur  bajarilish  jarayonida 
o‘zgarmaydi, ba’zi bir tillarda esa ularni o‘zgartirish mumkin. 
Endi identifikator tushunchasiga ta’rif beramiz. 
Harf  va  raqamlar  kombinatsiyasidan  tashkil  topgan  va  faqat  harf  bilan  boshlanuvchi  so‘z 
identifikator deb ataladi. 
Masalan: A, A12, Ab42C, TI134 va h.k.  
Ba’zi dasturlash tillarida identifikatorlarni belgilashda ba’zi bir belgilar ham ishlatiladi. 
Masalan: _A404, _ABBA2 va h.k. 
Konstantalarning  yoki  o‘zgaruvchilarning  nomlari  dasturchiga  yordam  beradi,  lekin  kompyuter 
uchun ular hech narsani anglatmaydi. Kompilyatorlar esa identifikatorlar uchun xotirani aniq adresi uchun 
xotira  ajratadi.  Kompilyator  ishlashi,  ya’ni  har  bir  nomlangan  miqdorlarni  (identifikatorlarni)  tipini  bilishi 
kerak.  Odam  esa  nomlangan  o‘zgaruvchilarni  tiplarini  intuitiv  tarzda  biladi  va  shunga  qarab  ish  qiladi. 
Ma’lumki, kompyuter uchun ma’lumotlarni barcha tiplari natijada bitlar ketma-ketligiga keltiriladi, shuning 
uchun ham ularning tiplarini oshkor holda aniqlash zarur.  
Dasturlash  tillarida  qabul  qilingan  tiplar  natural,  butun  va  haqiqiy  sonlar,  literlar,  qatorlar  va 
h.klardan iborat. 
Ba’zi  bir  dasturlash  tillarida  har  bir  konstanta  va  o‘zgaruvchilarni  tiplari  o‘zlashtirilayotgan 
qiymatlarga  ko‘ra  kompilyatorlar  tomonidan  aniqlanadi.  Masalan,  o‘nlik  nuqta  haqiqiy  son  belgisi 
hisoblanadi.  Boshqa  bir  dasturlash  tillarida  esa  dasturchidan  o‘zgaruvchilarni  qiymatlarini  tiplarini  oshkor 
ko‘rsatish talab etiladi. 
Dasturlash  tillarining  vazifasiga  qarab  tiplarni  himoyasi  ularning  ba’zi  birlarida  juda  ham  qat’iy 
ba’zilarida esa unchalik qat’iy bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. 
Masalan:  Pascal  (bu  til  yaratilishidan  boshlab  ma’lumotlar  tarkibi  va  algoritmlarni  illyustrasiya 
qilish  uchun  yaratilgan)  boshidan  boshlab  tiplar  himoyasi  juda  ham  qat’iydir.  Pascal  –  kompilyator  ko‘p 
hollarda  bir  ifodada  har  xil  tiplar  va  o‘zgaruvchilarni  aralashmasi  uchun  faqat  (tuzatib  bo‘lmaydigan) 
xatolarga  olib  kelishi  mumkin.  Bunga  qarama-qarshi  C  tili  esa  bu  hol  uchun  uning  kompilyatori  faqat  bu 
to‘g‘rida  ogohlantiradi  xolos.  Demak  bu  tilda  tiplar  etarlicha  himoya  etilmagan,  tilning  o‘zi  esa  tizimli 
dasturlash uchun yaratilgan. Demak dasturchi C tilida dastur tuzgan o‘zining bu “qiliqlari” uchun o‘zi javob 
beradi. 
Xulosa:  Ma’lumotlar  tarkibi  mohiyati  bo‘yicha  “fazoviy”  tushunchaga  tegishli:  uni  kompyuter 
xotirasida  ma’lumotlarni  tashkil  etish  sxemasiga  olib  kelish  mumkin.  Algoritm  esa  dastur  tarkibida 
prosedurali elementga mos keladi va u hisoblash uchun resepti hisoblanadi. 
Birinchi  algoritmlar  sonlarni  ko‘paytirish,  eng  katta  umumiy  bo‘luvchini  topish,  trigonometrik 
funktsiyalarni qiymatlarini hisoblash va h.k.lar bo‘lgan. 
Hozirgi  kunda  bular  bilan  bir  qatorda  sonli  bo‘lmagan  algoritmlar  o‘ta  muhim  hisoblanadi.  Ular 
matndagi  berilgan  so‘zlarni  qidirishda,  hodisalarni  rejalashtirishda,  ko‘rsatilgan  tartibda  ma’lumotlarni 
saralash  va  h.k.da  ishlatiladi.  Bundan  tashqari  ularni  loyihalashtirish  (hosil  qilish)  va  tushunishda  hech 
qanday  chuqur  matematik  tushunchalar  kerak  emas.  Lekin  bu  erdan  bunday  algoritmlarni  o‘rganishda 
matematika  o‘rni  yo‘q  degan  tushuncha  kelib  chiqmaydi,  aksincha  matematik  usullar  sonli  bo‘lmagan 
masalalarni  yechishda,  eng  yaxshi  yechimni  topishda  hamda  bu  yechimlarni  to‘g‘riligini  isbotlashda  juda 
ham zarur. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Algoritmlarda  ishlatiladigan  ma’lumotlar  tarkibi  o‘ta  murakkab  bo‘lishi  ham  mumkin. 
Ma’lumotlarni tasvirlashni to‘g‘ri tanlash natijasida muvaffaqiyatli dasturlashda kalit bo‘lib xizmat qiladi va 
ishlatilayotgan algoritm detaliga nisbatan dasturlarni samaradorlik darajasiga o‘zini katta hissasini qo‘shadi. 
Qilinishi  kerak  bo‘lgan  ishlarni  eng  yaxshisi,  bu  barcha  tayanch  “g‘ishtchalar”  va  ulardan  yaratilgan 
tuzilmalarni nimaligini mohiyatini tushunib etishdir. Bu bilimlar asosida katta tizimlarni yaratish eng avvalo 
bu muhandislik mahorati va amaliyotining ishidir. 
Ma’lumotlar tarkibi va algoritm tushunchalarini o‘quvchini yanada puxta bilim olishi uchun biz D. 
Knutni “Искусство программирования” (“Dasturlash san’ati”) nomli uch tomlik kitobni o‘rganishni takilf 
etamiz. 
Ma’lumotlar  tarkibini  EHM  xotirasida  tasvirlash,  ma’lumotlar  tabiati  va  ularni  saqlash,  sanoq 
tizimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Dasturlash maxsus kursi” o‘quv qo‘llanmasida keltirilgan. 
 

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish