Adabiyotlar ro‘yxati
288
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
SO‘Z BOSHI
Mazkur o‘quv qo’llanma “Dasturlash/Ma’lumotlar bazalari” maxsus texnologiyasiga oid bo‘lib, u
AKT sohasining O‘zbekistondagi yangi quyidagi yo‘nalishlariga mo‘ljallangan:
•
Biznes yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha mutaxassis
•
Dasturlash yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha texnik
•
Elektronika yo‘nalishidagi AKT tizimlari bo‘yicha texnik
Ushbu o‘quv qo’llanma dasturlashning muayyan tillaridan qat’iy nazar dasturiy ta’minot ishlab
chiqish va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha bilimlar asoslarini mujassamlashtirgan. Ishlab chiqish
loyihasi va loyihani rejalashtirishdan kelib chiqib, o‘quvchilarga tizimli, tarkiblangan dasturlash usullari va
texnalogiyalari hamda uning hujjatlari beriladi.
Bundan tashqari unda modulli dasturlash usullari, dasturiy modulning asosiy tavsiflari, dastur
tuzulmasini ishlab chiqish usullari, dastur tizimini nazorati, hamda dasturiy modulni ishlab chiqish tarkibi,
tarkibiy dasturlash va bu yerda ishlatiladigan qadamba-qadam detallashtirish va dasturiy modul ustidan
nazorat, shuningdek dasturiy modullarni yaratishda ob’ektli yondoshuv to‘g’risida qisqacha ma’lumotlar
berilgan.
Dasturiy ta’minot (DT) sifati bugungi kunning muhim mavzusi bo‘lib, ushbu masalaga o’quv
qo‘llanmada alohida bob bag‘ishlangan. Hujjatlarni yuritishning test usullari va texnikalari DT ning sifati
bilan bog‘liqki, ular ham mufassal bayon qilingan. Dasturlash tillarining axboroti esa darslikni bilimlar
asoslari bo‘yicha tugallaydi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlar o‘quv qo‘llanmaning birinchi qismiga tegishli bo‘lib bu tushunchalar
dasturlash texnologiyalarini asosini tashkil etadi.
O‘quv qo‘llanmani ikkinchi qismi esa Visual Basic tilini bayon etishga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda
Visual Basic tilining Visual muhiti, tildagi o‘zgaruvchilarni nomlash, ularning ma’lumotlari tarkibi va e’lon
qilish, vazifalar, o‘zgarmaslar hamda bularga oid misollar keltirilgan. Mazkur qismning keyingi boblarida
esa tilning asosiy matematik operatorlari hamda dasturni boshqarish va nazorat qilish tuzilmalari bayon
etilgan.
Keyingi darsliklarda o‘quvchi ma’lumotlar bazalarini tarkiblangan dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha
muayyan bilimlar oladi va bu bilimlarni mashqqa oid topshiriqlar yordamida to‘ldiradi. Bu darslik shu bilan
parallel holda va hatto undan ham ko‘proq, o‘quvchiga uning bitiruv imtihoniga qadar o’zgarmas hamroh
bo‘lishi kerak deb o‘ylaymiz.
O‘zbekistonning AKT yo‘nalishidagi kollejlari o‘qituvchilar kengashiga hamda Texnik Hamkorlik
bo‘yicha Germaniya Jamiyati (GTZ) ekspertlar komandasiga mamlakatning o‘ziga xos sharoitlariga
moslashtirilgan «Dasturlash/Ma’lumotlar bazasi» maxsus texnologiya kontseptsiyasining yaratilishiga olib
kelgan ko‘p sonli bahs-munozaralar uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Toshkent, 2006 noyabr
Nazirov Sh.A.
Guyunter Divald
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
Do'stlaringiz bilan baham: |