3.3.2.Dasturiy vositaning tashqi tavsifini ishlab chiqishda ob’ektli yondoshuv xususiyatlari
Ob’ektli yondoshuvda DVning tashqi tavsif bosqichi relyatsion yondoshuv ga nisbatan ancha sig‘imi
keng va mazmundor bo‘lib chiqadi.
Talablarni aniqlash foydalanuvchi talab qilinayotgan DV vositasida o‘rganmoqchi yoki shunchaki
qo‘llamoqchi bo‘lgan modelli olamga noformal tavsif berishdan iborat. Bunda prototiplashning ahamiyati
ortadi. Bu yondoshuvda prototiplash bosqichi ko‘p hollarda DV ishlanmasining keyingi bosqichlarida ish
hajmining kamayishi hisobiga qoplanadi.
Sifat spetsifikatsiyasi o‘z mazmunini saqlab qoladi.
Talablar spetsifikatsiyasi jarayonining mazmuni ancha o‘zgaradi: DV ning funksional
spetsifikatsiyasini ishlab chiqish o‘rniga modelli olamning uch qismdan iborat bo‘lgan formal tavsifi
yaratiladi:
-ob’ektli model tavsifi,
-dinamik model tavsifi,
-funksional model tavsifi
Ushbu qismlarning vazifasi nimadan iborat? Buni quyidagicha ta’riflash mumkin: ob’ektli model
nimadir sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nimanidir aniqlaydi; dinamik model sodir bo‘lish vaqtini aniqlaydi;
funksional model nima sodir bo‘lishini aniqlaydi.
Ob’ektli model ishlab chiqilayotgan DV taqdim etishi lozim bo‘lgan modelli olamning statik ob’ektli
tuzilmasini ko‘rsatadi. U qo‘llanayotgan ob’ektlar sinflarining hamda ushbu sinflar o‘rtasidagi
munosabatlarning ta’riflarini, shuningdek ushbu sinflarning qo‘llanayotgan ob’ektlari ta’rifini hamda bu
ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Ob’ektli modelda
ob’ektlar sinfi odatda uchlik ko‘rinishida bo‘ladi: Sinf nomi, Atributlar (belgilar)
ro‘yxati, Operatsiyalar ro‘yxati.
Har bir atribut biron nom oladi hamda muayyan tur ma’nolariga ega bo‘lishi mumkin. Mohiyatan, sinf
atributi ushbu sinf ob’ektlarining biron-bir oddiy xususiyatini ifodalaydi. Ob’ektlarning biron-bir oddiy
xususiyatlarini atribut sifatida olib qarash, ayniqsa, ushbu atributlar mazmuniga ko‘ra ob’ektlar tasnifi
amalga oshirilayotganda g‘oyat qulay. Sinf taqdimotida ko‘rsatiladigan operatsiyalar ushbu sinf
ob’ektlarining boshqa xususiyatlarini (xoh oddiy bo‘lsin, xoh assotsiativ bo‘lsin) aks ettiradi. Ular ushbu
sinf ob’ektlarini nima qilish mumkinligi (yoki ushbu ob’ektlarning o‘zlari nima qilishlari mumkinligi) ni
ko‘rsatadi.
Ob’ektli modelda ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatlar ushbu ob’ektlar mansub bo‘lgan sinflar
o‘rtasidagi munosabatlar sifatida umumlashtiriladi. Bunda odatda faqat bir o‘rinli va ikki o‘rinli ob’ektlararo
munosabatlar
qo‘llanadi.
Bundan
ko‘ra
murakkabroq
munosabatlar
ob’ektli
modellarning
murakkablashuviga olib keladi. Boshqa tomondan esa bunday munosabatlar qo‘shimcha sinflarni aniqlash
hisobiga har vaqt ikki o‘rinli munosabatlarga kelitirilishi mumkin. Bir o‘rinli munosabatlar