9.1.1.2. Ma’lumotlar tarkibini sinflash Mohiyati va murakkabligiga bog‘liq bo‘lmagan holda ixtiyoriy ma’lumotlar EHM xotirasida ikkilik
razryadlari yoki bitlari ketma-ketligi shaklida tasvirlanadi, ularning qiymatlari esa mos ravishda ikkilik
sonlari bo‘ladi. Ketma-ket bitlar ko‘rinishda qaralayotgan ma’lumotlar juda sodda ko‘rinishga ega bo‘ladi
yoki boshqacha aytganda kuchsiz tarkiblangan bo‘ladi. Qandaydir murakkab ma’lumotlarni bitlar ketma-
ketligi terminlarida yoritish va tadqiq qilish odam uchun juda ham noqulay. Bitlarga nisbatan yanada yirik
va mohiyatli ya’ni “qurilish blokli” tiplar esa “ma’lumotlarning tarkibi” tushunchasi asosida olinadi.
Ta’rif . Umumiy holda ma’lumotlar tarkibi deganda ma’lumotlar elementlari to‘plami ular orasidagi
aloqalar to‘plami tushuniladi.
Bu ta’rif ma’lumotlar tarkiblashtirishdagi mumkin bo‘lgan barcha yo‘llarni qamrab oladi, lekin har
bir aniq masala uchun u yoki bu aspektlar ishlatiladi. Shuning uchun ham ularni har xil aspektlarda qarashga
mosligi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumotlar sinflarga ajratiladi. Ma’lumotlar aniq birini o‘rganishdan
avval, ularga mos bir qancha belgilar bo‘yicha umumiy sinflarga bo‘lamiz.
“Ma’lumotlarni fizik tarkibi” tushunchasi mashinada ma’lumotlarni mashina xotirasida fizik
tasvirlash usulini ifodalaydi va saqlash tarkibi, ichki tartib yoki xotira tarkibi deb ham ataladi.
Ma’lumotlarni mashina xotirasida tasvirlashni hisobga olmay qaralishi esa ularni abstrakt yoki
mantiqiy tarkibi deyiladi. Umuman olganda mantiqiy va unga mos fizik tarkibi o‘rtasida farq mavjud. Bu
erda ma’lumotlarni akslantirilishi bo‘yicha farqlanish darajasi tarkibning o‘ziga ko‘ra va mazkur muhit
xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu farqlanishga ko‘ra mantiqiy tarkibni fizik tarkibga va aksincha fizik tarkibni
mantiqiy tarkibga tasvirlash protseduralari mavjud. Bundan tashqari mazkur protseduralar ular ustida har xil
amallarni bajarishni ta’minlaydi. Bunda har bir amal mantiqiy va fizik ma’lumotlar tarkibiga qo‘llanish
nuqtai nazaridan qaraladi.
Ma’lumotlar tarkibi sodda (tayanch, primitiv) va integrallashgan (tarkiblashtirilgan, kompozit,
murakkab) kabilarga bo‘linadi. Shunday ma’lumotlar tarkibi sodda deyiladiki, bunda ular bundan katta
bo‘lmagan boshqa qo‘shimcha bo‘laklarga bo‘linmaydi. Fizik tarkib nuqtai nazaridan bunday mashina
arxitekturasida, ushbu dasturiy tizimda biz har doim sodda tipning o‘lchovi va uni xotiraga joylashtirish
tarkibi qandayligini avvaldan turib aytib berishimiz muhim ahamiyatga ega. Mantiqiy nuqtai nazardan esa
sodda ma]lumotlar bo‘linmas birlikdir. qo‘shma qismlari o‘z navbatida boshqa tiplar, ya’ni sodda yoki yana
integrallashgan tiplardan tashkil topgan ma’lumotlar tarkibi integrallashgan ma’lumotlar tarkibi deyiladi.
Integrallashgan ma’lumotlar tarkibi dasturchi tomonidan dasturlash tili imkoni bo‘yicha
ma’lumotlarni integratsiyasini vositalari ishlatish orqali yaratiladi.
Element orasida oshkor aloqa yo‘q yoki mavjudligiga ko‘ra
bog‘lanmagan tarkiblar (vektorlar,
massivlar, qatorlar, steklar, navbatlar) va
bog‘langan tarkiblarga (bog‘langan ro‘yxatlar) bo‘linadi.
Ma’lumotlar tarkibini o‘ta muhim xususiyatiga uni o‘zgarib turishi, elementlar sonini o‘zgarishi va
elementlari tarkibi orasidagi aloqalar soni o‘zgarib turishi kiradi. Tarkibning o‘zgaruvchilik ta’rifiga
ma’lumotlar elementlari qiymatini o‘zgarish fakti hisobga olinmagan, vaholanki bu holda barcha
ma’lumotlar tarkibi o‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik belgisi bo‘yicha tarkiblar
statik, yarimstatik va
dinamik bo‘laklarga bo‘linadi. O‘zgaruvchanlik belgisi bo‘yicha ma’lumotlar tarkibini
sinflarga bo‘linishi quyidagi chizmada keltirilgan.