Дастурлаш асослари фанидан маърузалар матни doc


 Dasturiy modulni ishlab chiqish



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/235
Sana15.01.2022
Hajmi2,87 Mb.
#366280
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   235
Bog'liq
dasturlash asoslari

3.2 Dasturiy modulni ishlab chiqish 
 
Tarkibi 
Dasturiy  modulni  ishlab  chiqish  tartibi.  Tuzilmaviy  dasturlash  va  qadamma-qadam  detallashtirish. 
Sohta kod haqida tushuncha. Dasturiy modul ustidan nazorat. 
 
 
 
3.2.1. Dasturiy modulni ishlab chiqish tartibi 
 
Dasturiy modulni ishlab chiqishda quyidagi tartibga rioya qilish maqsadga muvofiqdir: 
-modul spetsifikatsiyasi (tasnifini) o‘rganish va tekshirish, dasturlash tilini tanlash; 
-algoritm va ma’lumotlar tuzilmasini tanlash; 
-modulni dasturlash (kodlash); 
-modul matnini qiyomiga etkazish; 
-modulni tekshirish; 
-modulni yig‘ish (kompilyatsiya qilish). 
Dasturiy  modulni  ishlab  chiqishdagi  birinchi  qadam  asosan  dastur  tuzilmasining  pastdan  yondosh 
nazoratidan  iborat:  modul  spetsifikatsiyasi  (tasnifi)ni  o‘rganar  ekan,  ishlab  chiquvchi  bu  tasnifning  unga 
tushunarli  ekaniga  va  ushbu  modulni  ishlab  chiqish  uchun  etarli  ekaniga  ishonch  hosil  qilishi  kerak.  Bu 
qadamning  oxirida  dasturlash  tili  tanlab  olinadi:  garchi  dasturlash  tili  butun  DV  uchun  avvaldan  belgilab 
olingan bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, biroq ayrim hollarda (dasturlash tizimi yo‘l qo‘ysa) ushbu modulni ishga 
tushirish uchun ko‘proq mos keladigan boshqa til (masalan, assembler tili) tanlanishi mumkin. 
Qo‘yilgan  masala  echimini  topish  uchun  biron-bir  algoritmlar  ma’lum  bo‘lishi  mumkin.  Dasturiy 
modulni  ishlab  chiqishning  ikkinchi  qadamida  mana  shuni  aniqlash  lozim  bo‘ladi.  Agar  to‘g‘ri  keladigan 
algoritm  mavjud  bo‘lsa  va  u  topilsa,  undan  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi.  Modulning  o‘z 
funksiyalarini  bajarishda  qo‘llanadigan  tegishli  ma’lumotlar  tuzilmasini  tanlab  olish  ko‘p  o‘rinda  ishlab 
chiqilayotgan  modulning  mantiqi  va  sifat  ko‘rsatkichlarini  avvaldan  belgilab  beradi.  Shuning  uchun  bu 
tanlashga g‘oyat mas’uliyatli echim sifatida qarash lozim. 
Uchinchi  qadamda  tanlab  olingan  dasturlash  tilida  modul  matnini  tuzish  amalga  oshiriladi.  Modul 
tasnifi (spetsifikatsiyasi)da ko‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirishda hisobga olinishi lozim bo‘lgan turli 
xil detallar shu qadar ko‘pki, bu xatolar va noaniqliklarga to‘lib toshgan anchayin chalkash matnning yuzaga 
kelishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  Bunday  modulda  xatolarni  izlab  topish  va  ularga  to‘g‘rilashlar  kiritish 
g‘oyat  ko‘p  kuchni  talab  qiluvchi  masala  bo‘lishi  mumkin.  SHuning  uchun  modul  matnini  tuzishda 
texnologik  jihatdan  asoslangan  va  amalda  tekshirilgan  dasturlash  tartibidan  foydalanish  g‘oyat  muhimdir. 
Bu  masalaga  birinchilardan  Deykstra  e’tibor  qaratdi  hamda  tuzilmaviy  dasturlashning  asosiy  tamoillarini 
asoslab  berdi.  Amaliyotda  keng  qo‘llanib  kelayotgan  ko‘plab  dasturlash  tartiblari  mana  shu  tamoillarga 
asoslanadi.  Eng  keng  tarqalgan  intizomlardan  biri  bu  qadamma-qadam  detallashtirish  tartibi  bo‘lib,  u 
ma’ruzamizning 4.2.2 va 4.2.3 bo‘limlarida mufassal muhokama qilinadi. 
Modulni  ishlab  chiqishning  navbatdagi  qadamida  modul  matni  DV  sifati  spetsifikatsiyasi (tasnifi)ga 
muvofiq keladigan tugal holatga keltiriladi. Modulni dasturlashda ishlab chiquvchi asosiy e’tiborini modul 
funksiyalarini to‘g‘ri amalga oshirilishiga qaratadi. Bunda u izohlarga ko‘p ham e’tibor bermaydi va dastur 
uslubiga qo‘yiladigan talablarda ham ayrim noaniqliklarga yo‘l qo‘yadi. Modul matnini qiyomiga etkazishda 
esa  u  matndagi  mavjud  izohlarni  tahrir  etishi  hamda,  talabdagi  sifat  primitivlarini  ta’minlash  maqsadida, 
unga  qo‘shimcha  izohlar  kiritishi  lozim.  Xuddi  shu  maqsadlarda  matn  uslubiga  qo‘yiladigan  talablarni 
bajarish uchun ham ma’lum tahrir ishlari amalga oshiriladi.  
Modulni  tekshirish  qadami  modulni  sozlash,  ya’ni  uni  kompyuterda  bajarishdan  avval,  uning  ichki 
mantiqini qo‘lda tekshirishdan iborat bo‘lib, bu qadamda DV ishlab chiqilishining har bir bosqichida qabul 
qilinayotgan  qrorlarni  nazorat  qilish  zarurligi  to‘g‘risidagi  umumiy  tamoil  amalga  oshiriladi.  Modulni 
tekshirish usullari ma’ruzaning 4.2.4-bo‘limida muhokama qilinadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Va,  nihoyat,  modulni  ishlab  chiqishning  so‘nggi  qadamida  modulni  tekshirish  (kompilyator 
yordamida) tugallanadi hamda modulni sozlash jarayoniga o‘tiladi. 

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish