KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Respublikamiz oz mustaqilligiga erishganidan song jamiyatimizda bir qator qonunlar va umummilliy dasturlarning qabul qilinishi, huquqiy demokratik jamiyatni barpo etishda va buyuk kelajak sari olga qadam qoyishimizda mustaqil poydevor bolib xizmat qilmoqda. Respublikamizda barcha soha singari talim tizimida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga katta etibor qaratilmoqda. Shu sababli Respublikamizda axborot texnologiyalarini rivojlantirishga doir bir nechta davlat qonunlari, farmonlari va Prezident qarorlari qabul qilindi. Jumladan, Ozbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori (21-mart 2012 y.) va boshqalar. Talim tizimidagi islohotlarni amalda joriy qilishda oqitishning ilgor pedagogik texnologiyalarini qollash asosida talabalarga jahon andozalardagi bilim, konikma, malakalarni shakllantirish oquv jarayonini moddiy texnika va axborot bazasi bilan taminlash yuqori darajali malakali kadrlarni tayyorlash sifatli oquv uslubiy, ilmiy hamda didaktik materiallar yaratish, talim tizimi fan va ishlab chiqarish ortasida ozaro samarali aloqadorlik ornatish, talimning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Shuningdek, dasturiy texnologiyalarning kundan kunga rivojlanib borishi, turli sohalarda dasturlar yaratish va ularni hayot jabhalarida qollashni talab etadi.
Hozirgi kunda C# dasturlash tili yuqori bosqichli dasturlash tillari ichida eng samarali dasturlash tillaridan biridir. C# dasturlash tilida dastur tuzish uchun Visual Studio .NET muhitidan foydalaniladi. C# dasturlash tili ob’ektga moljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Ayni paytda foydali dasturlar, o’yinlarni yaratishda C# dasturlash tilining ahamiyati katta. Dastlabki dasturlar juda oddiy va eski texnologiyalar orqali yaratilgan. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi natijasida dasturlarni yaratishning misli ko’rilmagan imkoniyatlari vujudga keldi. Jumladan, Mobil, Windows Store va Enterprise dasturlarini yaratish uchun nafaqat Windows yoki Web ilovalar, balki C# dan ham foydalanish mumkin. C# shuningdek, SQL Server ma'lumotlar bazasida orqa ishlarni bajarish uchun hisobotlarni, ish orinlarni va bolimlarni yaratish maqsadida ishlatilishi mumkin.
Yuqorida aytib otilgan dasturlarni yaratishda C# dasturlash tilining katalog va disklar bilan ishlaydigan Directory, DirectoryInfo va DriveInfo sinflari muhim ahamiyatga ega. Bu sinflar orqali bir butun dasturni yaratib bolmasa-da, buning metodlari orqali kop vazifalarni bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |