Jarayonlar operatsion tizim boshqaruvi ostida hisoblanadi.
Bir protsessorli kompyuter tizimida vaqtning har bir momentida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin.
Multidasturli hisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni psevdoparallel qayta ishlash, protsessorni bir jarayondan ikkinchi jarayonga o’tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha qolganlari o’z navbatini kutadi.
Jarayon quyidagi holatlarda bo’lishi mumkin:
Yangi yaratilish (new) – jarayon yangi yaratilgan
Tayyor (ready) – jarayon operatsion tizim tomonidan protsessorga chaqirilishi uchun tayyor holatda
Bajarilyapti (running)– jarayon instruksiya asosida bajarilyapti
Kutish (waiting) – jarayon bajarilishi uchun kutish holatida (misol uchun kiritish/chiqarish operatsiyasi to’xtashini kutyapti)