Mikrokompyuterlar - Hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning o’lchamlari tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda.
Super komputerlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoning global prognoziga oid masalalarni, uch o’lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o’rganish masalalarini keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |