Loyihalashtirish. Ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotning batafsil xususiyatlarini aniqlash hisoblanadi. Murakkab dasturiy ta’minotni loyihalash jarayoni, odatda, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• umumiy tuzilmani loyihalash — asosiy komponentlarni va
ularning o'zaro aloqalarini aniqlash;
• komponentlarni dekompozitsiyalash va blok — iyerarxiyali
yondashuv tavsiyalariga muvofiq tuzilmaviy iyerarxiyaning tuzilishi;
• komponentlarni loyihalashtirish.
Loyihalashtirishning natijasi boMib, ishlab chiqilayotgan dasturiy
ta’minot, uning barcha turdagi darajalar komponentlari bilan
birgalikdagi batafsil modeli hisoblanadi. Model tipi tanlangan
yondashuvdan (tuzilmaviy, obyektiv yoki komponentli) va loyihalashtirishning
aniq texnologiyasiga bog‘liq. Biroq, loyihalashtirish
jarayonining istalgan holatida loyihalash dasturi (kichik
dastur) va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash kabi ushbu
dasturlar yoki kichik dasturlar o‘zaro ishlaydigan ma’lumotlarni
loyihalashtirishni ham qamrab oladi.
Loyihalashtirishni ikkita aspektga bo‘lish mumkin:
• mantiqiy loyihalashtirish, o‘z ichiga kelgusidagi dasturiy
ta'minotning faoliyat ko‘rsatish muhitini tashkil etuvchiga ega
bo‘lgan va dasturiy vositalarga bevosita bog‘liq bolmagan loyiha
operatsiyalarini oladi;
• fizik loyihalashtirish — faoliyat ko‘rsatish muhitining aniq
texnik va dasturiy vositalariga bogiiqligi, ya’ni o‘ziga xos chegaralanishlarini
hisobga olish.
Amalga oshirish. Tanlangan dasturlar kodining bosqichmabosqich
yozilish (kodlash), ularni testlash va tuzatib olish jarayonini
amalga oshirishdir.
Birga qo‘shish. Yangi versiya dasturiy ta’minotning yaratish
va tadbiq qilish jarayonini birga qo‘shishdir. Yangi versiyalarni
chiqarish sabablari quyidagilar hisoblanadi:
• oldingi versiyalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida aniqlangan
xatolarni tuzatish zarurligi;
• oldingi versiyalarni takomillashtirish zarurligi, masalan, interfeysni
yaxshilash, bajariladigan funksiyalar tarkibini kengaytirish
yoki uning unumdorligini oshirish;
• faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘zgartirish, masalan, birga
qo‘shiladigan dasturiy ta’minot, o‘zaro ishlaydigan yangi texnik
vositalar yoki dasturiy ta’minotlarning yuzaga kelishi.
Ushbu bosqichda dasturiy mahsulotga zarur o‘zgartirishlar
kiritiladi, qolgan holatlardagi kabi oldingi istalgan bosqichda qabul
qilingan loyiha qarorlarini qayta kofib chiqish talab qilinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |