2. Ishonchlilik va unumdorlik barcha turdagi tizimlar uchun muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Dasturiy ta'minot kutilganidek, nosozliklarsiz ishlashi kerak va kerak bo'lganda foydalanish imkoni mavjud bo'lishi kerak. U ishlash jarayonida xavfsiz bo'lishi kerak va iloji boricha tashqi hujumdan himoyalangan bo'lishi lozim. Tizim samarali ishlashi va resurslarni isrof qilmasligi kerak.
3. Dasturiy ta'minot spetsifikatsiyasini hamda talablarini tushunish va boshqarish (dasturiy ta'minot nima qilishi kerak) muhim ahamiyatga ega. Tizimning turli mijozlari va foydalanuvchilari tizimdan nimani kutayotganliklarini bilish kerak va foydali tizim byudjet doirasida va rejaga muvofiq yetkazib berilishi uchun ularning extiyojlarini boshqara olish zarur.
4. Mavjud resurslardan samarali foydalanish lozim. Bu shuni anglatadiki, agar kerak bo'lsa, yangi dasturiy ta'minotni yozishdan ko'ra, allaqachon ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotni qayta foydalanish kerak.
1.3. Internet uchun dasturiy injiniring (Internet software engineering)
Internet va World Wide Web ning rivojlanishi hayotimizning barcha sohalariga katta ta'sir ko'rsatdi. Dastlab, Internet asosan hamma uchun ochiq bo'lgan ma'lumotlar ombori bo'lib, dasturiy ta'minot tizimlariga unchalik ta'sir qilmadi. Ushbu tizimlar mahalliy kompyuterlarda ishlaydigan va faqat tashkilot ichidan foydalanish imkoniyati mavjud edi. Taxminan 2000-yillarda Internet rivojlana boshladi va brauzerlarga ko'proq funksiyalar qo'shila boshlandi.
Dasturiy ta'minot tushunchasi xizmat sifatida XXI asrning boshlarida taklif qilingan. Bu endi Google Apps, Microsoft Office 365 va Adobe Creative Suite kabi veb-tizim mahsulotlarini yetkazib berishda standart yondashuvga aylandi. Borgan sari ko'proq dasturiy ta'minot mahalliy serverlar o'rniga masofaviy "bulutlar" da ishlay boshlashdi va ulardan Internet orqali foydalanilmoqda. Hisoblash buluti - bu ko'plab foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladigan juda ko'p bog'langan kompyuter tizimlari.
Dasturiy ta'minotni tashkil etishdagi ushbu o'zgarish vebga asoslangan tizimlar uchun dasturiy injiniringiga katta ta'sir ko'rsatdi. Misol uchun:
Dasturiy ta'minotni qayta foydalanish vebga asoslangan tizimlarni yaratishda asosiy yondashuvga aylandi. Ushbu tizimlarni qurishda ularni ko'pincha infrastrukturaga birlashtirilgan oldindan mavjud bo'lgan dasturiy ta'minot komponentlari va tizimlaridan qanday yig'ish mumkinligi haqida bosh qotiriladi.
Hozirgi vaqtda bunday tizimlarga qo'yiladigan barcha talablarni oldindan belgilash maqsadga muvofiq emasligi e'tirof etilmoqda. Veb-tizimlar doimo ishlab chiqiladi va bosqichma-bosqich etkazib beriladi.
Dasturiy ta'minot xizmatga yo'naltirilgan dasturiy injiniring yordamida amalga oshirish mumkin, bunda dasturiy ta'minot komponentlari mustaqil veb-xizmatlardir.
Veb-brauzerda boy interfeyslarni yaratishni qo'llab-quvvatlaydigan AJAX (Holdener 2008) va HTML5 (Freeman 2011) kabi interfeyslarni ishlab chiqish texnologiyasi paydo bo'ldi.