mikroprosessorlarni rivojlanish xolati va taraqqiyoti Celeron rusumli protsessor
0.25 mkm-texnologiyasi bo’yicha yaratilgan “eng oddiy” kompyuterlar uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGts (shina chastotasi – 66 MGts) bo’lgan. Ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o’z navbatida, ish unumdorligida o’z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), tabiiyki, bo’lmagan). Tizim platalarining narxi tushishi va Celeron ning o’zi arzon bo’lishi barobarida havaskorlar uchun mo’ljallangan mashina chindan ham arzon bo’lgan.
Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGts li Celeron 300A modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o’rnatilgan va yadroning chastotasida to’liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega. Bunday protsessorlar Mendocino nomi Bilan ham ataladi.
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGts li Intel Celeron protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGts li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi 128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi o’rnatilgan. Takt chastotasi 300 MGts li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi o’z ichiga 7,5 million tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 i 333 MGts li protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh- xotira qurilmasi o’rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega.
Barcha Intel Celeron protsessorlar 0.25 mikronli KMOP-texnologiyalar asosida ishlab chiqiladi. Barcha Intel Celeron protsessorlar (P.P.G.A.) tilchali chiqish joylarining matritsasiga ega plastik korpus ichida solinib chiqariladi. P.P.G.A. formfaktori protsessorning 370 kontaktli uyasiga mos keladi. Bu esa, o’z navbatida, kompyuter ishlab chiqaruvchilar uchun tizimlar narxini tushirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib, joiz konstruktiv loyihalar uchun keng yo’l ochib beradi.
Bundan tashqari, takt chastotasi 433, 400, 366, 333 va 300A MGts li Intel Celeron protsessorlar korpus ichida o’rnatish qulayligi va tejamkorlikni ta’minlovchi S.E.P.P. rusumli kontaktlar bir tomonga joylashtirilgan holda etkaziladi. Qo’llanilgan korpus turidan qat’iy nazar Intel Celeron protsessorlar yuqori sifatli, ishonchli va boshqa qurilmalarga mos keladi deb e’tirof etilmoqda. Ushbu protsessorlar idoraga oid keng ommalashgan zamonaviy ilovalar va Internet tarmog’iga kirishni ta’minlovchi dasturlar bilan ishlash uchun kuchli protsessorlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |