del() funksiyasining ishlash algoritmi
Funksiyaning kirishiga daraxt ildizi ko’rsatkichi tree va o’chirilishi kerak
bo’lgan tugunning info maydoni qiymati key beriladi. Daraxtning key kalitli tugunini terminal tugungacha izlaymiz. Dastlab next=tree.
Toki next NULL bo’lguncha, agar next tugunning info maydoni key ga teng bo’lsa, izlayotgan tugunni topdik va uning adresini p ga joylaymiz va 4-qadamga o’tamiz. Agar next NULL bo’lsa, 3-qadamga o’tamiz.
Agar key next ning infosidan kichik bo’lsa, joriy tugunning chap tomonidagi tugunga o’tamiz, ya’ni next=next->left, aks holda o’ng shoxdagi tugunga o’tamiz. 1-qadamga qaytamiz.
Agar next NULL ga teng bo’lsa, biz izlagan tugun tuzilmada yo’q. Tugunni o’chirish algoritmi tugaydi va dastur bajarilishi o’chirish funksiyasi chaqirilgan joyga qaytib boradi.
Agar p o’chirilayotgan tugunning chap tomonida tugun yo’q bo’lsa (ya’ni p->left=NULL bo’lsa), uning o’ng tomonidagi tugun adresini v ga o’zlashtiramiz.
Agar p o’chirilayotgan tugunning o’ng tomonida tugun yo’q bo’lsa, uning chap tomonidagi tugun adresini v ga o’zlashtiramiz.
Agar p o’chirilayotgan tugunning chapi va o’ngida element mavjud bo’lsa, bu tugunning o’rniga da’vo qiladigan tugunni topish uchun shu tugundan 1 marta o’ngga va oxirigacha chap shox tuguniga o’tamiz. Ya’ni v=p->right, v p ning o’ng tomonida turibdi, t=p va s=v->left, ya’ni s v ning chapida turibdi. Endi to s NULL bo’lguncha chapga ketamiz, undan 1 ta orqada v va v dan 1 ta orqada t keladi. Mana endi biz p ning o’rniga v olib borib qo’yishimiz mumkin.
Agar t NULL bo’lmasa va t p ga teng bo’lmasa (agar p ning bitta farzandi mavjud bo’lsa, uning o’rniga keladigan tugunni izlashga xojat yo’q, chunki uning o’sha farzandi aynan p ning o’rniga joylashadi. Agar o’chirilayotgan p tugunning 2 ta farzandi mavjud bo’lsa, shu shart bajariladi), u holda, p ning o’rniga ketayotgan v tugunning farzandi (agar u mavjud bo’lsa) v ning otasi bo’lmish t ga meros qoldiriladi, ya’ni v->right v ning o’rniga keladi. t->left=v->right. Endigi ish p ning har ikkala tomonidagi tugunlarni v ga o’zlashtiramiz.
Agar t p ga teng bo’lsa (ya’ni p o’chayotgan tugunning o’rniga o’zining
farzandi kelayotgan bo’lsa), p ning chapidagi tugunni v ning chapiga o’zlashtiramiz.
Mana p tugunning o’rniga v tugun keldi. Endigi vazifa v ni p ning otasi bilan ulash kerak. Buning uchun aniqlash kerak – p tugunning otasi q NULL ga teng emasmi? Agar q NULL bo’lsa, biz daraxt ildizini o’chirgan bo’lamiz. Bu holda daraxt ildizi ko’rsatkichi tree ni v ga tenglab qo’yamiz. Aks holda, 10-qadamga o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |