Dastur tuzatishning texnologik jarayoni.
Dastur tuzish quyidagi bosqichlardan amalga oshiriladi:
-Vazifani qo’yilishi. Bu bosqichda dasturchi buyurtmachi yordamida echilishi kerak bo’lgan vazifani qo’yadi. Texnik topshiriq tuziladi.
Bunda dasturning asosiy xarakteristikalari, muddatlar va ma`sul shaxslar aniqlanadi.
-Algoritimni tuzish. Dasturchi vazifani tahlil qilib kerakli bo’lgan algoritmni tanlaydi. Tanlangan algoritm to’liq tahlil qilinadi va uning blok-sxemasi chiziladi.
-Dasturlashtirish bosqichi. Dastur yaratish tili tanlanadi.
-Dastur qabul qilingan algoritmda tuziladi.
-Dasturni tuzatish bosqichi.
-Dasturni testidan o’tkazish bosqichi.
Odatda dasturni testdan o’tkazishda bosqichlarga bo’lib urganiladi. Bunda har bir modulni tekshirishdan tortib, to butun tizimni yakuniy tekshirishlar kabi bosqichlarni oladi. Agar bunda biron bir ishonchli ketma - ketlikka yondashilmasa, ishonchli ta`minlovchi dastur olish juda qiyindir. Testlash strategiyasi ikkita usuldan birortasiga asosan bajariladi: odatiy quyidan - yuqoriga qarab testlash, yoki zamonaviy yuqoridan - pastga qarab testlash.
Quyidagi sabablarda ko'ra tizimlar ishonchliligi hozirda ularning barcha funksionalligidan ko'ra muhimdir:
1. Tizim nosozligi ko'p sondagi insonlarga zarar keltiradi. Ko'pgina tizimlarning
ichki funksionalligi kam ishlatiladi. Agar bu funksionalliklar ya'ni xizmatlardan biri tizimdan olib tashlansa oz miqdordagi foydaanuvchilar zarar ko'radi. Tizim yaroqliligiga zarar yetkazuvchi nosozlik esa bu tizimdan foydalanayotgan barcha iste'molchilarga zarar ketirishi mumkin. Nosozlik vaqtida normal ish yuritib bo'lmay qoladi.
2. Foydalanuvchilar odatda mustahkam bo'lmagan, himoyalanmagan yoki xavfsiz bo'lmagan tizimlarni rad etadilar. Agar foydalanuvchilar tizimni ishonchsiz va himoyalanmagan deb topsalar, uni ishlatishdan bosh tortadilar. Bu narsa esa keyinchalik ushbu tizimni ishlab chiqargan kompaniyaning boshqa mahsulotlariga nisbatan ham foydalanuvchilar ishonchining so'nishiga olib keladi.
3.Tizim nosozligi juda qimmatga tushishi mumkin. Yadro reaktorini nazorat qilish yoki airoplanlarni boshqaruvchi tizimlarga o'xshash tizimlarda paydo bo'ladigan nosozliklardan keladiga zarar, ularni boshqarishga sarflangan xarajatlar qiymatidan ham o'tib tushadi.
4. Ishonchsiz tizimlar axborot yo'qotilishiga sabab bo'lishi mumkin. Gohida hisoblash tizimiga joylashtirilgan ma'lumotlar shu tizimning o'zidan-da qimmat bo'ladi. Yo'qotilgan ma'lumotlarni qayta tiklash esa yanada qimmat turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |