Etarli murakkablikdagi strukturasi modullarini tuzish.
Dasturni modullarga bo’lish va yuqoridan pastga loyhalash murakkab strukturalarni nazorat qilish imkoniyatini berib, uni darajasini belgilaydi. Modullarga bo’lish - bu murakkablik darajasini boshqarish vositasidir. Agar pastgi qismlaridagi ma`lumotlarga talab bo’lmasa ular qoldirilishi mumkin.
Birinchidan modullar o’zgaruvchilar to’plamini bo’lishga sharoit yaratadi. Buning oqibatida modullar zarur bo’lmagan o’zgaruvchilardan xalos bo’lib, kuzatilishi mumkin bo’lgan xatoliklardan ma`lum darajada himoyalanadi. Bundan tashqari modullar qanchalik katta bo’lsa, uni tahlil qilish shunchalik qiyin. Shunday qilib modullarni kiritilishi dasturda bo’lishi mumkin bo’lgan yo’llar sonini kamaytiradi va uni boshqarishni engillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |