Topshiriq
1. A massivning eng katta (eng kichik) elementini ekranga chiqarish dasturini tuzing.
2. A massiv elementlari qiymatlarini kamayish tartibida saralash dasturini tuzing.
3. A massivda elementlar berilgan. Mazkur massiv elementlaridan shunday
V massiv shakllantiruvchi shunday dastur tuzingki, V massiv elementlari kamayish tartibida saralangan bo‘lsin.
4. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A sonli massiv va a soni berilgan. a ni A massivga shunday qo‘shingki, tartiblanganlik buzilmasin.
5. Elementlari o‘sish tartibida joylashgan A massivni, elementlari kamayish tartibida joylashgan massiv ko‘rinishida tez quruvchi dastur tuzing.
6. Manfiy va musbat sonlardan tashkil topgan A massiv berilgan. Barcha manfiy sonlarni chiqarib, musbatlarini o‘sish tartibda joylashtiruvchi dastur tuzing.
7. Berilgan A massivdan ketma-ket sonlar olib, ulardan o‘sish tartibida shakllantirilgan V massiv hosil qiluvchi dastur tuzing.
8. Mualliflar ro‘yhati A massiv shaklida berilgan. Mualliflarni alifbo tartibida shakllantirish va shakllangan ro‘yhatni ekranga chiqarish dasturini tuzing.
9. Telefon stansiyasida n ta mijoz bor. Quyidagi shaklda ro‘yhat hosil qiluvchi dastur tuzing: telefon raqami, mijoz familiyasi (telefon raqamlari o‘sish tartibida joylashadi).
10. A massivni uzunliklari har xil bo‘lgan n ta so‘z tashkil qiladi. So‘zlarni uzunliklari bo‘yicha o‘sish tartibida joylashtiruvchi dastur tuzing.
V. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni
“Dasturiy ta’minot arxitekturasi ” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning Ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan masalaga dastur tuzadilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va Ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash. Ma’ruza mashg‘ulotini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan konspektlarva mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish, amaliyot mashg‘ulotini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan esa amaliy topshiriqlar bajarilganligini tekshirish va baholash har darsda amalga oshiriladi.
“Dasturiy ta’minot arxitekturasi ” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 12 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |