Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxining mazkur elementini tekshirishda aniqlanadigan
asosiy xato-bu xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamoyiliga rioya qilmaslikdir.
Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay
ishlar uchun naryadlar, hisoblashuv-to’lov vedomostlari)ni tekshirish chog’ida boshqa
faoliyat turlari (qurilish, madaniy-maishiy va sh. o’)da band bo’lgan xodimlarning mehnatiga
haq to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo’shilish
faktlarini aniqlashi kerak. Bunga 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-
kitoblar»va 6720-«Deponentlangan mehnat haqi» schyotlarining krediti bo’yicha
ma’lumotlarning ishlab chiqarishga olib borilgan qismini, yig’ma mehnat haqi vedomostining
uni hisoblash qismi bo’yicha jami ko’rsatkichlari bilan solishtirish orqali erishiladi. Qoidaga
ko’ra, yig’ma vedomostning jami ma’lumotlari, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga
oladigan schyotlarning debeti bo’yicha ma’lumotlarga qaraganda ko’p bo’lishi lozim.
«Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari». Bu elementga byudjetdan
tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan me’yorlarga muvofiq
ajratiladigan to’lovlar kiradi. Masalan, mehnat haqi fondidan sug’urta fondiga majburiy
ajratmalar, nodavlat pensiya jamg’armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug’urta va sug’urtaning
boshqa turlariga ajratmalar, bandlik xizmatiga ajratmalar shular jumlasidandir. Bunday
ajratmalarning mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borilishini tekshirishda byudjetdan
tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi
fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga e’tibor berish
zarur. Boshqacha qilib aytganda, to’lov manbasi qanday bo’lsa, badallarni to’lash manbasi
ham shunday bo’ladi, bu esa yoxud tannarx, yoxud korxonaning o’z xususiy mablag’lari
bo’lishi mumkin. Masalan, tekshiruv jarayonida auditor asosiy ishlab chiqarishda ishlaydigan
ishlovchiga bergan 20000 so’mlik moddiy rag’batlantirish summasi hamda shu summaga
nisbatan hisoblangan byudjetdan tashqari fondlarga to’lovlar summalari(ijtimoiy sug’urta
fondiga 37, 3%- 7460 so’m, bandlik xizmatiga 1, 5% - 300 so’m) ham mahsulot tannarxiga
olib borilgan(Dt 2010 Kt 6710 - 20000 s , Dt 2010 Kt 6510 - 7460 so’m, Dt 2010 Kt 6520 - 300
so’m). Auditor ushbu xo’jalik muomalalari bo’yicha tuzilgan schyotlar korrespondentsiyasini
noto’g’ri deb topib, jami 27760 so’mga mahsulot tannarxi asossiz oshirilgan va natijada
Do'stlaringiz bilan baham: |