mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor ta’sischilar bilan hisob-
kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish
orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi hujjatlarda ustav kapitalini shakllantirish to’g’risida
ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Bu nafaqat muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks
ettirish uchun, balki soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini asoslash uchun
ham muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish
dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank ko’chirmalari, to’lov
topshiriqnomalari va b. ) bo’yicha ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarning tegishli
Do'stlaringiz bilan baham: |