– audit yakunlari bo’yicha qilingan xulosalar;
– aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar (ushbu xulosa audit
yakuni bo’yicha tayyorlanadigan barcha qaydlar uchun majburiy hisoblanmaydi);
– tekshiruv ob’ekti rahbarining mulohazalari (agar ular berilgan bo’lsa), jumladan
tekshirish natijalarida aniqlangan kamchiliklarni va ixtiyoriy kelishmovchiliklarni bartaraf
etish bo’yicha rejalashtirilgan choralar;
– mazkur audit erishishi ko’zlangan maqsadlarning har biriga aloqador natijalar
bo’yicha chiqarilgan xulosalar.
Ichki audit uchun maxsus ishlab chiqilgan hisobot shakli mavjud emas va audit hamda
taftishning mahalliy yoki xorij amaliyotida qo’llanilayotgan hisobot shakllaridan yuzaki
foydalanish mumkin emas.
Ichki auditorlar ko’plab hisobotlarni audit dasturlari bajarilishi bo’yicha auditorlar
hisobotlariga asoslangan holda hamda umumiy rejaga muvofiqlikda har bir auditorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |