tekshiruvining borishi haqida asosiy auditorni muntazam xabardor qilib turadi.
Asosiy auditorga boshqa auditorning so’rovnomasi yozma shaklda bayon etilishi, sana
qo’yilishi va asosiy auditorga tilxat orqali berilishi lozim.
So’rovnomada asosiy auditor boshqa auditorga javob qaytarishi kerak bo’lgan muddat
ko’rsatiladi.
Asosiy auditor boshqa auditordan so’rovnoma olgan taqdirda boshqa auditorning
so’rovnomasida ko’rsatilgan muddatni hisobga olgan holda yozma shaklda javob yo’llashi
lozim.
Asosiy auditorning boshqa auditorga javobi aniq bo’lishi lozim.
Asosiy auditorning maktubiga sana qo’yilishi va boshqa auditorga tilxat orqali berilishi
lozim.
Asosiy auditor tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik
hisobotiga xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’linmasi (bo’linmalari) moliyaviy axborotiga taalluqli
Do'stlaringiz bilan baham: |