qaydnomasi tuzish uchun buxgalteriyaga topshiradi.
Taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan farq qilganligi aniqlangan
moddiy boyliklar bo’yicha tuziladi. Ularni auditor, bosh buxgalter va moddiy javobgar shaxs
imzolaydi. Agar kamomadlar yoki oshiqchaliklar aniqlansa, moddiy javobgar shaxs bu haqda
yozma tushuntirish beradi. Boyliklarning tabiiy kamayishidan ortiq kamomadi aybdor
hisobiga yoziladi, oshiqcha chiqqan boyliklar esa kirim qilinadi. Bir tekshiriladigan davr
ichida bir moddiy javobgar shaxsga tegishli bir xil nomdagi moddiy boyliklar qayta xillash
(navlarga ajratish) natijasida aniqlangan oshiqchaliklar va kamomadlarning o’zaro o’rnini
qoplashga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Moddiy boyliklarning tabiiy kamayish
me’yoridan ortiqcha kamomadlari va buzilishdan yo’qotishlari aniq aybdorlari noma’lum
Do'stlaringiz bilan baham: |