14. 10. 1999
10. 11. 1999
01. 01. 2000
2.
05. 10. 2006
04. 08. 1999
03. 09. 1999
01. 01. 2000
04. 08. 1999
03. 09 1999
01. 01. 2000
5.
№9- AFMS «Jiddiylik va auditorlik riski»
04. 08. 1999
03. 09. 1999
01. 01. 2000
09. 09. 1999
23. 09. 1999
01. 01. 2000
09. 09. 1999
23. 09. 1999
01. 01. 2000
22. 04. 2007
9.
04. 08. 1999
03. 09. 1999
01. 01. 2000
10.
27. 07. 1999
03. 09. 1999
01. 01. 2000
11.
№16- AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»
27. 07. 1999
03. 09. 1999
01. 01. 2000
31. 05. 2001
30. 06. 2001
10. 07. 2001
13.
30. 05. 2001
21. 06. 2001
01. 07. 2001
03. 04. 2002
18. 04. 2002
29. 04. 2002
16.
23.04.2003.
14. 02. 2001
10. 03. 2001y
20. 03. 2001
10. 03. 2001
21. 03. 2001
*-№4- «Mijoz faoliyati (biznesi) bilan tanishish» nomli auditning milliy standarti bekor qilinib,
Uchinchi pog’ona- standartlarni tadbiq qilish uchun zarur hujjatlar to’plami, ya’ni auditorlik
tashkilotining ichki ishchi standartlaridan iborat. Bu hujjatlar standartlarni qo’llash va standartlar
asosida auditorlik faoliyatini tashkil etishga doir ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Auditorlik tashkilotlari bilan mijoz-korxona o’rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksiga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik xizmati ko’rsatish shartnomasi audit predmetini, xizmat ko’rsatish joyini, haq
to’lash hajmi va tartibini, tomonlarning javobgarligini o’z ichiga oladi. Shartnoma shartlari va
topshiriq mazmuni O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga zid
bo’lmasligi lozim.
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik faoliyati bilan faqat yuridik
shaxs huquqiga ega auditorlik tashkiloti shug’ullanishi mumkin.
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik
shaxsdir.
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida
professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.
I. O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar,
auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat
tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki
profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini
rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek,
buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish,
qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy
menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan
birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar
uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.
II. O’zbekiston Auditorlar Palatasi (O’AP) – malaka sertifikatiga ega mustaqil auditorlarni
ixtiyoriy tarzda birlashtiruvchi, mustaqil notijorat jamoat tashkiloti. Auditorlar Palatasining asosiy
maqsadi auditorlarning professionallik darajasini rivojlantirish va qo’llab-quvvat-lashga yordam
ko’rsatish, o’z a’zolarining kasbga oid manfaatlarini davlat va jamoat organlarida himoya qilish,
hamda kasbga oid talablar bo’yicha barcha o’zgarishlar to’g’risidagi va axborot ta’minoti bo’yicha
aloqa o’rnatishdan iborat.
Auditorlar Palatasining asosiy vazifalariga quyida-gilar kiradi:
audit sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
o’quv dasturlarini hamda malakaviy imtixonlarni topshirish tartibini ishlab chiqish va
tasdiqlash;
auditorlik malaka sertifikatini olish uchun da’vogarlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish;
auditorlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo’yicha o’quv markazlari tashkil etish;
auditorlarni kasb ahloqi kodeksi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish;
O’zbekiston auditorlar palatasi a’zoligiga malakali auditorlarni jalb etish uchun xalqaro
tashkilotlar va boshqa davlatimiz organlari bilan hamkorlik qilish;
O’zbekiston Respublikasi auditorlarining boshqa davlatlar jamoat tashkilotlari tomonidan tan
olinishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: