1
1
-
-
M
M
A
A
V
V
Z
Z
U
U
:
:
“
“
A
A
U
U
D
D
I
I
T
T
”
”
F
F
A
A
N
N
I
I
N
N
I
I
N
N
G
G
P
P
R
R
E
E
D
D
M
M
E
E
T
T
I
I
,
,
O
O
B
B
Y
Y
E
E
K
K
T
T
I
I
,
,
M
M
E
E
T
T
O
O
D
D
I
I
V
V
A
A
B
B
O
O
S
S
H
H
Q
Q
A
A
F
F
A
A
N
N
L
L
A
A
R
R
B
B
I
I
L
L
A
A
N
N
O
O
`
`
Z
Z
A
A
R
R
O
O
A
A
L
L
O
O
Q
Q
A
A
D
D
O
O
R
R
L
L
I
I
G
G
I
I
«Audit – bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy
hisobotini yoki u bilan bog’liq moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va
boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadida
tadqiq etilishidir». Auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik
tekshiruvlarini o’tkazish va professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati
tushuniladi.
Auditor
– auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha
tasniflash mumkin.
Moliyaviy nazorat tizimi
Davlat
nazorati
Jamoat
nazorati
Maxkama
nazorati
Mustaqil
audit
Prezident
xuzuridagi
nazorat
inspek
tsiyasi
Jamoat
tashkilot lari
Mahkama va
vazirliklar
Auditorlik
firmalari
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha
tasniflash mumkin.
AUDITORLIK FAOLIYATI
Auditorlik
tekshiruvlar
Auditorlik tashkilotlarining
professional xizmatlari
Majburiy auditorlik
tekshiruvi
buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash
va yuritish;
moliyaviy hisobotni tuzish;
Tashabbus
tarzidagi auditorlik
tekshiruvi
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi
xalqaro standartlariga o’tkazish;
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik
faoliyatini tahlil qilish;
Nazorat qiluvchi
yoki huquqni muhofaza
qilish organlarining
tashabbusiga ko’ra
o’tkaziladigan
auditorlik
tekshiruvi
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish,
menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining
boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
auditorlik faoliyatining milliy standartlarida
nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar
Auditning o’ziga xos predmeti va ob’ektlari mavjud. Audit maxsus fan sifatida ma’lum
maqsadga qaratilgan va bir qancha vazifalarni bajaradi. Audit fanining predmeti xo’jalik
yurituvchi sub’ektlar va ularning faoliyatlari hisoblanadi. Ma’lumki korxonalar o’z
ustavlariga asosan faoliyatlar yuritadilar. Ushbu faoliyat jarayonida moliyaviy, mehnat va
moddiy resurslardan foydalaniladi. Korxonaning aktivlari doimo daromadga, foyda olishga
qaratilgan bo’lishi kerak.
Auditning predmetiga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga dolzarb masalalarda konsalting
xizmatini ko’rsatish ham kiradi. Auditorlar va auditorlik tashkilotlari korxonalarga o’zaro
tuzilgan shartnomalarga asosan «biznes reja» tuzish, hisob siyosatini belgilash, soliqlarni
to’g’ri hisoblash, mahsulot tannarxini asoslash, moliyaviy hisobotlarni tuzish kabi
masalalarda yaqindan yordam beradi.
Auditning o’ziga xos usullari mavjuddir. Bu usullar auditning xususiyatlaridan kelib
chiqadi. Audit uslubining asosida mantiqiy mulohaza, ilm-fan yutuqlari, xo’jalik jarayonining
o’zgaruvchanligi yotadi.
Audit jarayonida iqtisodiyotimizga xos bo’lgan usullar (milliy andozalar) hamda
xalqaro amaliyotda keng qo’llaniladigan usullar (xalqaro andozalar) qo’llaniladi. Maxsus
adabiyotlarda auditning xalqaro amaliyotiga xos andozalari (standartlari) quyidagicha
guruhlangan:
Auditning asosiy ob’ektlari
Mulklarni davlat
tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish
bilan bog’liq bo’lgan
operatsiyalar
Moliyaviy natijalarni
shakllantiruvchi
ko’rsatkichlar (xarajatlar,
daromadlar, foyda va
zararlar)
Valyuta operatsiyalari
Tashqi iqtisodiy
faoliyat, tashqi
sarmoyalar, tovar
birjalari
Hisob-kitob operatsiyalari
Qimmatli qog’ozlar
bilan bog’liq
jarayonlar
Auditning milliy andozalari iqtisodiyotimizning bozorga o’tish tamoyillari asosida
tuzilgan. Auditor audit jarayonida turli usullarni mustaqil belgilaydi va qo’llaydi. Ushbu
usullar tarkibi auditning maqsadi, predmeti va vazifalariga bevosita bog’liq. Audit nazariyasi
va amaliyotida ushbu usullarning quyidagi turlari keltirilgan:
Auditning xalqaro amaliyotiga xos
andozalari (standartlari) turlari
Auditni tashkil qilish bilan
bog’liq andozalar
Audit jarayonini o’tkazish bilan
bog’liq andozalar
Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bilan
bog’liq andozalar