15-qism
1-savol
O‘zgaruvchiga satr tayinlashingiz mumkinligini ko‘rgansiz. Ammo, shuningdek, o‘zgaruvchiga ro‘yxat va butun sonlar kabi boshqa har qanday turni tayinlashingiz mumkin.
Siz bularni ilgari ko‘rmagansiz, lekin taxmin qiling - quyidagilardan qaysi biri yaroqli tayinlash bayonoti bo‘ladi?
2-savol
3-savol
4-savol
Mana yana binafsha rang beshburchak uchun kodimiz:
mary.color("purple")
for side in [1, 2, 3, 4, 5]:
mary.forward(100)
mary.right(72)
Quyidagilardan qay birlari bir xil natijaga ega bo‘ladi?
Izoh: 2-holatda burchak 100 etib belgilangan, 72 emas. O’zgaruvchiga ixtiyoriy nom berish mumkin (ma’lum shartlar doirasida, albatta - raqam nilan boshlanmasligi, faqat harf, raqam va quyi chiziq kabi belgilardan iborat bo‘lishi kerak). Biroq o‘zgaruvchiga mazmunli nom berish uni keyinchalik o‘qib tushunish uchun qulay.
16-qism
1-savol
[1, 2, 3, 4, 5] ro‘yxatni ushbu [1, 0, 1, 0, 1] ro‘yxat bilan almashtirsangiz, nima bo‘ladi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring, keyin kodda sinab ko‘ring!
Izoh: chunki sikl o‘zgaruvchisidan foydalanilgani yo‘q, bunda faqat ro‘yxatdagi elementlar soni muhim, u esa ikki holatda ham teng.
2-savol
[1, 0, 1, 0, 1] ro‘yxatni ushbu ["red", "orange", "yellow", "green", "blue"] ro‘yxat bilan almashtirsangiz, nima bo‘ladi?
Bu haqda o‘ylab, keyin kodda sinab ko‘ring!
3-savol
E’tibor bering, siklda (birinchidan keyin) barcha satrlar indent (o‘ng tarafga 4 ta bo‘sh joyga ko‘chirildi).
for side in [1, 2, 3, 4, 5]:
amy.forward(100)
amy.right(72)
Sizning fikringizcha, agar so‘nggi qator boshidagi bo‘sh joylarni olib tashlasak nima bo‘ladi? Shunga o‘xshash:
for side in [1, 2, 3, 4, 5]:
amy.forward(100)
amy.right(72)
Izoh: amy.right(72) metodi sikl ichida bajarilmaydi va turtle 5 marta oldinga 100 pikselga siljib, ekrandan chiqib ketadi.
4-savol
Agar siz amy.right(72) sikl ichida va amy.forward(100) esa sikl tashqarisida bo‘lishi uchun bu qatorlar joyini almashtirsangiz nima bo‘ladi?
for side in [1, 2, 3, 4, 5]:
amy.right(72)
amy.forward(100)
5-savol
Endi siklning birinchi qatoriga yana nazar solaylik:
for side in [1, 2, 3, 4, 5]:
side bilan nima bo‘ldi? Bu yerda side so‘zini ishlatishimiz kerakmi yoki uni boshqa so‘z bilan almashtirishimiz mumkinmi? Bu kabi:
for blah in [1, 2, 3, 4, 5]:
Buni sinab ko‘ring! Nima bo‘ldi?
Izoh: sikl o‘zgaruvchisiga ixtiyoriy nom berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |