Dastur mazmuni: Bolalarni mahalla, ko’cha, xonadon, uy tushunchalarini kengaytirish . Mahalla haqidagi o’y-fikrlarini shakllantirish. Mahallada mavjud bo’lgan ko’chalar, do’kon, dorixona, mahalla idorasi, oilaviy shifoxona, bog’cha, maktablar va xonadonlar haqida ma’lumot berish. O’zinig yashash manzili, ko’chasining nomi, uyinig raqamini bilishga qiziqtirish. Yangi so’zlar bilan tanishtirish. So’zlashuv nutqini rivojlantirish va mustahkamlash.
Ot : ko’cha, mahalla, xonadon, qo’shni, manzil, shahar, vatan.
Sifat: katta, chiroyli, baland, yorug’, kichik.
Fe’l: yashamoq, harakatlanmoq, ishlamoq, yordam bermoq, xurmat ko’rsatmoq.
Jixoz: mahalla, ko’cha, shaxar tasvirlangan surat, AKT slaydlar.
Yangi pedtexnologiya:
1 Aqliy hujum
Nazoratli savollar
3 Psixogimnastika
Mashg’ulotning borishi: “Psixogimnastika”
Tarbiyachi: Davrani keng olamiz,
Qo’lni qo’lga beramiz.
Tabassum bilan boqib,
Mehrni ulashamiz.
Do’stlar jam bo’lsa agar,
Shod-u xurramlik bo’lar.
Barcha xush kayfiyatda,
Vaqtini chog’ o’tkazar.
-Bolajonlar, bir birimizga qo’l berib mehr ulashamiz, iliqlikni his qilamiz. tabassum hadiya etamiz kayfiyatimizni chog’lab, diqqatimmizni jamlab mashg’ulotni boshlaymiz.
-Bolajonlar doskadagi rasmlarga qarab fahmlagan bo’lsangizkerak. Bugun biz “Mahalla kichik vatan” mavzusida suxbatlashamiz.
- Bizning vatanimiz O’zbekiston. Vatanimiz tasvirlangan suratda chiroyli minoralar, ko’p qavatli binolar va muzeylarni ko’ryapmiz.
- Ushbu suratda go’zal shaxrimiz Angren tasvirlangan. Unda shifoxona, dorixona, maktab, bog’cha, uylarni ko’ryapmiz.
- Katta uzun ko’chaning qarama-qarshi tomonlari bo’ylab ularni ko’rib turibmiz. Bu mahalla deganidir. Mahallada yonma-yon yashab turgan odamlar bir birlari qo’shnilari hisoblanadi. Qo’shnilar bilan ahil inoq bo’lish zarur. Mahallada kundalik ehtiyojlar uchun do’kon ham bor. Dorixona va oilaviy shifoxonalar ham ishlab turadi. Mahallada bog’cha, maktablar ham faoliyat yuritadi.
- Bizning bog’chamiz qayerda joylashganini kim biladi?
- O’zingizni uyingizni ham qayerdaligni bilasizlarmi?
- Uyingiz joylashgan ko’chani nomini-chi bilasizmi?
- Uy raqamizngiz nech-chi?
T.T.I “Mahalla”
Mahallada hammamiz,
Ahil-inoq yashaymiz.
Katta kichik bir-birimiz,
Xurmat-izzat qilamiz.
Boramiz-u kelamiz,
Mehmon mezbon bo’lamiz.
-Bolalar o’z uyingizni tasvirlab bera olasizlarmi?
- Yaxshisi rasmda chizib ko’rsatib bering! ( Bolalar o’z tasavvuridagi uylarini chizishadi.
Yakun
M.M.R.
“Barmoqlar”
O’ng qo’limda besh barmoq,
Chap qo’limda besh barmoq.
Ikkalasi o’n barmoq,
Ikkalasi o’n barmoq.
Bolalar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |