“Dastur ishlab chiqish amaliyoti” fanidan
yakuniy nazorat ishi uchun topshiriqlar
1-topshiriq uchun masalalar
1. Berilgan toʻrt xonali N soni 6 ga boʻlinadimi. 6 ga boʻlinish alomatidan foydalaning?
2. Berilgan toʻrt xonali N soni 4 ga boʻlinadimi. 4 ga boʻlinish alomatidan foydalaning?
3. Berilgan uch xonali N soni 3 ga boʻlinadimi? 3 ga boʻlinish alomatidan foydalaning?
4. Ixtiyoriy (x, y) berilgan bo’lsin. (x, y) koordinatali nuqta Dekart koordinatalar tekisligining qaysi choragida yotadi? (x≠0, y≠0)
5. N va M musbat sonlari mos ravishda km/soat va m/sek larda ifodalangan tezliklar bo’lsin. Ularning qaysi biri katta?
6. Uchta a, b va c haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. Tomonlari shu sonlarga teng uchburchak mavjudmi? Mavjud bo‘lsa, uning perimetri va yuzi topilsin.
7. Ikkita a va b haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. ax+b=0 tenglamaning yechimlari sonini aniqlang.
8. Uchta a, b va c haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. Shu sonlar uchun ax2+bx-c=0 tenglamaning haqiqiy yechimlari mavjudmi? Agar mavjud bo‘lsa, bu yechimlarni aniqlang.
9. Ikkita a va b haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. ax3+b=0 tenglamaning haqiqiy yechimlari sonini aniqlang.
10. a, b va c haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. ax4+bx2+c=0 (a≠0) bikvadrat tenglama yechimlarini toping.
11. x1, x2, x3, y1, y2, y3 hamda K haqiqiy sonlari berilgan bo‘lsin. Koordinatalar boshi uchlarining koordinatalari (x1, y1), (x2, y2) va (x3, y3) bo‘lgan uchburchakning yuzi K dan kattami?
12. Musbat va haqiqiy a, b, c va d sonlari berilgan bo‘lsin. Tomonlari a va b bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga uning tomonlariga parallel yoki perpendikulyar qilib tomonlari c va d bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakni joylash mumkinmi ?
13. Tomonlari koordinata o’qlariga parallel bo’lgan ikkita to’g’ri to’rtburchakning chap quyi va o’ng yuqori burchaklari koordinatalari berilgan bo’lsin Ularni har ikkisini o’z ichiga oluvchi eng kichik to’g’ri to’rtburchakning chap quyi va o’ng yuqori burchaklari topilsin.
26. a haqiqiy soni berilgan bo´lsin. Grafigi berilgan rasmlar orqali ifodalangan f(a) funksiyaning qiymatlarini aniqlang.
27. x va y haqiqiy sonlari berilgan bo‘lsin. (x,y) nuqta shtrixlangan sohaga tegishli bo‘la oladimi ?
14. Kunning K (k<86400) soniyasi o‘tib bormoqda. Tushlikkacha qancha vaqt qolganligini soat va minutlarda aniqlang. Tushlik vaqti 12.00.00 hisoblanishi va uni o‘tib ketgan bo‘lishi mumkinligini nazarda tuting.
15. Shahmat taxtasidagi (a, b) katak hamda (c,d) kataklar berilgan. Bu kataklarning rangi bir xilmi ?
16. Shahmat taxtasidagi (a, b) katakda oq ot turibdi. U (c,d) katakka bir yurishda o‘ta oladimi ?
17. Shahmat taxtasidagi (a, b) katakda oq ot, (c,d) katakda esa qora ruh joylashgan. Ruh otning xavfi ostida turibdimi yoki yo‘qmi ?
18. Shahmat taxtasidagi (a, b) katakda oq farzin, (c,d) katakda esa qora ruh turibdi. Ruh farzinnning xavfi ostidami yoki yo‘qmi ?
19. Shahmat taxtasidagi (a, b) katakda farzin joylashgan. U (c,d) katakka bir yurishda o‘ta oladimi ?
20. x haqiqiy son berilgan bo‘lsin. cosx, 1+|x| va (1+x2)2 sonlarini o‘sish tartibida ekranga chiqaring.
21. a, b, va c haqiqiy sonlar berilgan bo‘lsin. Shu sonlarni o‘sish tartibida eng kam taqqoslashlar bilan tartiblang.
22. Svetofor yashil, sariq va qizil chiroqlari har soatning uch minutida navbati bilan almashadi. T natural soni (0≤T≤60) soat minutlarini anglatadi. T vaqtda svetoforning qaysi chirog’i yonib turadi?
23. Uch xonali son berilgan bo’lsin Uning tarkibiga 3 raqami kiradimi?
24. Tomonlari koordinata o’qlariga parallel bo’lgan ikkita to’g’ri to’rtburchakning chap quyi burchagi va tomonlari berilgan bo’lsin. Bu to’g’ri to’rtburchaklarning umumiy sohasi mavjudmi?
25. Tomonlari koordinata o’qlariga parallel bo’lgan ikkita to’g’ri to’rtburchakning chap quyi burchagi va tomonlari berilgan bo’lsin. Bu to’g’ri to’rtburchaklarning biri ikkinchisi ichiga joylasha oladimi?
26. Hafta kunining tartib raqami ma’lum bo’lsa, kun nomini aniqlang.
27. Yil boshidan (1 yanvar) boshlab K kun (0≤K≤365) o’tdi. U qaysi oyga mos keladi?
28. Joriy yildagi kun nomeri K (0≤K≤365) berilgan bo’lsin. Haftaning qaysi kuni ekanligini toping.
29. Joriy yildagi oy M (0≤M≤12) va kun nomeri K (0≤K≤31) berilgan bo’lsin. Navbatdagi kunga mos sanani aniqlang.
30. Joriy yildagi oy M (0≤M≤12) va kun nomeri K (0≤K≤31) berilgan bo’lsin. Bir kun avvalgi kunga mos sanani aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |