Olamshumul g’oya: Nisbiylik nazariyasi
1905 – yilning erta bahorida, Eynshteyn molekulalar to’g’risida ilmiy ishini yozarkan, yorug’lik, modda, elektr energiyasi va Nyuton ilmiy ishlari to’g’risida ko’p o’ylardi.
Kunlardan bir kuni erta tongda uyg’ongan Eynshteyn, olamshumul muammoning yechimini topganligiga ishonch hosil qiladi. Aynan o’sha kuni uning yaqin do’stlaridan biri Maykl Besso uchratkan edi. Eynshteyn unga o’zining bo’lajak ixtirosi haqida gapirib berganida, Besso hayratga tushadi. O’shanda Eynshteyn do’sti bilan odatdagidek so’rasharkan ‘’ Men muammoni to’liq yechdim ‘’ degan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |