1.
Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha
еtib kеlganlari e.a. 2-ming yillikka to`g`ri kеladi, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik
faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada birinchi iqtisodiyot mushohadalar, ayrim
iqtisodiy tushunchalar, katеgoriyalar shakllana boshlagan.Qullikka asoslangan natural xo`jalik ,
ayniqsa qishloq xo`jaligi ko`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mеhnat dеb
hisoblangan.O`rat Osiyoda dastlabki uyg`onish davrida olamga mashhur donishmandlar еtishib
chiqdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to`g`ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq,
xisob-kitob muammolari ko`tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Tеmur va uning
avlodlari davrida muxim iqtisodiy g`oyalar vujudga kеldi. Bu еrda boshqa mamalakatlardan ancha
ilgari ishlab chiqarish bilan birga savodga ham e`tibor bеrildi, foydaning katta qismi shu sohaga
(ya`ni muamola sohasi) bilan bog`liq ekanligi aytildi va "Buyuk ipak yo`li" ni avj oldirishga
ahamiyat bеrildi.Jahonda birinchi marta byudjеt (davlat xazinasi), kirim-chiqim daftari, hisob-
kitob, maosh, sog`liq, taqsimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga ko`tarildi. Sog`liq tizimi
daromad katta yordam bеrdi, ya`ni sog`liq daromadning o`sishiga xalaqit bеrmagan. Bu davlatda
iqtisodiy g`oyalar asosida shunday iqtisodiy siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush
darajasi ancha yuksaklikka ko`tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) qallob va
tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin sohibkorlar tomonidan olib borilgan, ammo bunda
davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti nazorat etilgan). Ayniqsa еr, suv
munosabatlarida muhim g`oyalar bulgan, masalan, yangi еr olganlar dastabki uch yil dovamida
soliqdan ozod etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal qilinganligi
juda muhim narsa bo`lib, u rivojlanishning bosh omili edi. Mamlakatlar rivojida tinch osoyishtalik
va birlikning ahamiyati tushinib еtilgan.
2. Tarixdan ma'lumki, XI-XVI asrlarda g'arbda Dnepr daryosi va Qora dengiz, shimoli-sharqda
Irtish daryosi va Balxash ko'ligacha, janubda esa Xorazm va Sirdaryoning quyi oqimlari
oralig'idagi yerlar Dashti Qipchoq deb yuritilgan. Bu hududda dastlab Jo'ji ulusi norai bilan Oltin
O'rda xonligi tashkil etilgan.
XIV asr oxirlarida Oltin O'rda xonligi Amir Temur tomonidan tor-mor etilganidan so'ng
parchalanib, bir necha xonliklarga bo'linib ketdi. Volga daryosining o'rta va quyi oqimlarida
Qozon va Ashtarxon (Hojitarxon) xonliklari, Qrim yarim orolida Turkiya ta'sirida bo'lgan Qrim
xonligi vujudga keldi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida esa Oq O'rda tashkil topdi. Bu katta
hududda qiyot, mang'it, do'rmon, qushchi, o'rtachi, nayman, tuba, toyraas, jot, xitoy, uyg'ur,
qorluq, ushun (usun), karlavut, ichki, ming, tan gut, qo'ng'irot va boshqa qabilalar yashagan. Bu
ulus O'zbeklar davlati, uning aholisi «o'zbeklar» deb atalgan.
Dashti Qipchoqning sharqiy qismi, ya'ni Oq O'rdada shayboniylardan bo'lgan Abulxayrxon
(1428-1468) tarqoq bo'lgan mayda xonliklarni birlashtirib, katta davlatga asos soldi. Keyinchalik
mang'it urug'lari ham Abulxayrxon qo'l ostiga birlashtirildi. Qozoq urug'lari XV asrning 40-
yillarida Abulxayrxonga bo'ysunishdan bosh tortib Chu va Yettisuv vohasiga ko'chib ketdilar va
keyinchalik Qozoq xonligiga asos soldilar (1465).
Dashti Qipchoqda siyosiy tartibsizliklar, katta yer egalari bilan dehqonlar va chorvadorlar
o'rtasida ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida davlat zaiflashib bordi. Ana shunday sharoitda
hokimiyatni qo'lga olgan Abulxayrxonning nabirasi Muhammad Shayboniyxon (1451-yilda
tug'ilgan, yoshlik yillarida Samarqand va Buxoro madrasalarida o'qigan) Dashti Qipchoqdagi
qabilalarni birlashtirib, davlat hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.
Amir Temur vorislari o'rtasida olib borilgan to'xtovsiz feodal urushlar temuriylar davlatining
kuchsizlanishiga olib keldi va birin-ketin ular qaramidagi davlatlar va mulklar ajralib chiqib
ketdi. Xorazmdan Astrobodgacha bo'lgan keng raasofada joylashgan turkmanlar bir necha
qabilalardan tashkil topgan bo'lib, ko'pincha o'zaro kelisha olmas edilar. Lekin ular qulay
vaziyatdan foydalanib Temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Farg'ona vodiysi ham ajralib
mustaqil davlat tashkil etdi. Bundan tashqari forsiy dehqon aholi joylashgan Hisor va Badaxshon
ham mustaqil davlatga aylandi. Movarounnahrda temuriy hukmdorlarning o'rnini
Abulxayrxonning nevarasi Shayboniy asos solgan o'zbeklar davlati egalladi.
Temuriylar davlatining zaiflashganligi, tarqoqlikning kuchayishi va hokimlikka da'vogarlarning
o'zaro to'xtovsiz urushlari shayboniylarning Turkistonga hujumi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratdi. Shayboniyxon XV asr oxirlarida Turkistonga bir necha bor yurishlar qilib O'tror, Sabron,
Yassi (Turkiston) shaharlarini bosib oldi.
U 1499-1507-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shohruhiya, Farg'ona, Qunduz, Xorazm,
Balx va Hirotni ishg'ol qilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z hokimiyatini o'rnatdi.
Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zbeklar XVI asr boshlarida
Movarounnahr va Xurosonni egallab, temuriy shahzodalar hukmronligiga chek qo'ydilar va bu
ulkan hududda o'zlarining markazlashgan davlatiga asos soldilar. Bu davlat poytaxti avval
Samarqandda bo'lgan bo'lsa, XVI asr o'rtalaridan boshlab Buxoroga ko'chiriladi. Shundan keyin
bu davlat Buxoro xonligi deb ham atala boshladi. Butun XVI asr mobaynida hokimiyatni o'z
qo'llarida saqlab kelgan shayboniylar sulolasi hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixida katta
ahamiyatga ega bo'lib, xuddi shu davrda o'zbek xalqining etnik Shakllanishidagi uchinchi davr
boshlandi. Dashti qipchoqlik o'zbeklar Movarounnahr va Xurosondagi mahalliy turkiy xalq
o'zining azaliy qon-qarindoshlari bilan qo'shilib ketdi va ularga ham o'zining nomini berdi.
Tarixiy manbalar va tadqiqotlarda XV asrning 20-yillarida Qipchoq dashtining Sharqiy yerlarida
tashkil topgan, qirq yildart ziyodroq hukm surgan Abulxayrxon (1428-1468) hamda
Movarounnahrda tashkil topgan Muhammad Shayboniyxon (1450-151.0) davlatlarini
ko'chmanchi o'zbeklar davlati deb atashgan. Ammo bu unchalik to'g'ri emas, chunki ushbu
davlatlarning asosiy aholisi mol chorvachiligi bilan shug'ullangani holda, ular tarkibiga,
shuningdek, Sirdaryoning quyi qismida, qisman Xorazm vohasining
chekkalarida
hunarmandchilik
, dehqonchilik bilan shug'ul-lanuvchi urug' va qabilalar ham kirgan.
3.
Ashtarxoniylar, Joniylar - 1601-1756-yillarda Buxoro xonli-gini boshqargan sulola.
Jo'jixon naslidan bo'lgan ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi asli Astraxan (Hojitarxon)
yerlarida yashab hukmronlik qilganlar. Astraxanni Ivan Grozniy 1556-yili bosib olgach
ashtarxoniylar Yormuhammad boshchiligida Buxoroga Iskandar Sulton saroyiga kelib
o'rnashadilar. Yormuhammad-ning o'g'li Jonibek Sultonga Iskandarning qizi, Abdullaxon
II singlisi Zuhrabegim nikohlab beriladi. Undan Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali
Muhammadlar dunyoga keladi. Shu zayilda Shayboniylarga qarindoshlik rishtalari
bog'lanadi. Na-tijada 1601-yili Shayboniylarning so'nggi vakili Pirmuhammad vafot etgach
Shayboniylardan taxt vorisi chiqmaganda Buxoroda yashab turgan Jonibek sultonni xon
qilib ko'tarishga qaror qiladilar. Lekin Jonibek sulton bu taklifdan bosh tortadi. Taxtga
Jonibekning katta o'g'li Din Muhammadni ko'taradilar. Ammo u Buxoroga kelayotganda
Obivarda jangda halok bo'ladi. Shunda uning ukasi Boqi Muhammadxon, voris deb e'lon
qilinadi. Qabul qilingan an'anaga ko'ra Vali Muhammad Balxga noib etib yuborildi. Ana
shu tariqa 1601-yildan boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qo'liga
o'tadi. Bu yana Joni-bek sulolasi «Joniylar» sulolasi deb ham yuritiladi.
Ashtarxoniylar sulolasi 1756-yilgacha hukmronlik davrini o'tadi. Sulola sakkizta xondan
iborat bo'lgan: 1. Boqi Muhammad (1601-1605), 2. Uning ukasi Vali Muhammadxon
(1605-1611), 3. Imomqulixon (1611-1642), 4. Uning ukasi Nodir Muhammadxon (1642-
1645), 5. Uning o'g'li Abdulaziz -
xon (1645-1681), 6. Uning ukasi Subxonqulixon (1681-1702),
7. Uning o'g'li Ubaydullaxon (1702-1711), 8. Uning ukasi Abul-fayzxon (1711-1747).
Ulardan faqat uchtasi umrini taxtda tu gatdi, xolos. Uchtasi (Vali Muhammad, Ubaydulla,
Abulfayzxonlar) saroy to'ntarishlari oqibatida fojiali o'ldirilganlar. Ikkitasi esa taxtdan
ag'darib tashlangandan so'ng o'z hayotini quvg'unlikda o'tkazgan. Bularning hammasiga
asosiy sabab, shuki, ashtarxon o'zbek sulolalari davrida hokimiyat, toj-taxt uchun kurash
hat-to ota-bola va aka-ukalar, qarindosh-urug'lar o'rtasida misli ko'rilmagan darajada
kuchaygan edi.
Buxoro xonligida tinchlik osoyishtalik bo'lmaydi. Amirlar va beklar o'zboshimchaligi avjiga
minadi, markaziy hokimiyatdagi mansabdorlar o'rtasidagi o'zaro fitna, nizolar, ur-yiqitlar
mam-lakat tinka madorini quritadi.
1605-yilda Boqi Muhammad vafotidan so'ng' Buxoro xon-ligi taxtiga uning ukasi, Balx
hokimi Vali Muhammad o'tiradi (1605-1611). Oradan ko'p vaqt o'tmasdan Vali
Muhammadga qarshi Buxoroda fitna uyushtirildi. Bu fitnadan xabar topgan Vali
Muhammad o'zining ikkita o'g'li bilan Eronga-Shoh Abbos huzuriga qochib ketadi.
Fitnachilar Buxoro taxtini Imomqulixon (1611-1642) ga topshirmoqchi bo'ldilar. Eron
shohi Abbosxon Buxoro ustidan o'z hukmronligini o'rnatish uchun Vali Muhammadni
qo'llab-quvvatladi va unga katta qo'shin bilan yordam berdi. Bu hol buxoroliklarni katta
tashvishga soladi. Le-kin o'zaro jangda o'zbeklar Eron qo'sinlarini tor-mor keltiradilar va
Vali Muhammadni asir olib o'ldirdilar. Eron qo'sinlariga qar-shi kurashda Imomqulixonga
qozoqlar yordam berdi.
Ashtarxoniy
o'zbek
sulolalari
orasida
so'zsiz
nisbatan
nu-fuzli
va
obro'lisi Imomqulixon bo'ldi. Uning davrida Buxoro xonligi kuchli davlatga aylandi. 1613-
yilda Imomqulixon Tosh-kentni qozoq xonligidan qaytarib oldi va bu yerga o'zining o'g'li
Iskandarni noib etib tayinladi. Lekin Iskandar toskentliklarga jabr-zulm o'tkazadi, soliqlarni
ko'paytiradi, zulmni kuchaytiradi. G'azablangan Toshkent aholisi qo'zg'olon ko'tardi,
sahzoda Iskandarni o'ldiradi. Imomqulixon bu voqeadan xabar topib Toshkent shahrini
bir oy qamal qiladi. Toshkentliklar shaharni qahramonlarcha himoya qilsalarda,
Imomqulixon katta kuch bilan qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ladi. U shahid ket-gan
o'g'li uchun toshkentliklardan qattiq o'ch oladi. Buxoro xoni otimning uzangisigacha qon
chiqmaguncha aholini qirishni davom ettiraman, deb qasam ichadi. Toshkent aholisini
qirg'in qilishdan horib charchagan Imomqulixon qo'shini boshliqlarining o'zlari ham, hech
bir gunohsiz odamlarni bunday qirg'in qilishni to'xtatishni xondan iltimos qiladilar. Ammo
xon ichgan qasamimni buza olmayman, deb javob beradi. Shundan so'ng Toshkentdan
qonunshunoslar o'lganlarning qonlari oqizgan chuqurlikdagi hovuzchalarga suvlarni
to'ldirib bu hovuzdan Imomqulixonga otda kechib o'tishni taklif qiladilar. Bu bilan xon
ichgan qasamni ado etdi va aholini qirg'in qilishni to'xtatish to'g'risida buyruq berdi.
Imomqulixon o'z davlat hokimiyatini mustahkamlash maq-sadida ko'chmanchi
qoraqalpoqlar, qolmiqlar va oyrotlarga qarshi ham muvaffaqiyatli janglar olib borgan.
Qoratov yonidagi jangda Imomqulixon qoraqalpoqlarga hal qiluvchi zarbani bergan.
Albatta bunday muvaffaqiyatli urushlar Imomqulixonning obro'-e'tiborini oshiradi. Biroq
mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikni va xonlikning ich-ichidan yemirilib borishini u to'xtatib
qola olmadi. Uning davrida yirik zodagonlar viloyatlarda o'zlarini xondan mustaqil hisoblar
va qo'shni viloyatlarga urush ham e'lon qilar edilar. Ana shunday bahodir hukmdorlardan
biri bo'lgan Yalangto'sh bir necha yillar davomida Samarqandni boshqardi. Uning mingdan
ortiq quli bo'lgan, juda katta boyliklar egasi edi. Yalangto'sh bahodir davrida ikki mahobatli
bino - Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan. Registon maydoni ham hozirgi
qiyofasiga uning davrida kelgan edi. Badahshon hukm-dori Mahmudbiy Qatag'on ham
kuchli ta'sirga ega bo'lgan zodagonlardan hisoblangan. Bu jarayon xususan Imomqulixon
vafotidan so'ng kuchli tus oldi. Imomqulixon hajga ketadi.
Imomqulixondan
keyin uning ukasi
Do'stlaringiz bilan baham: |