XulosalarXulosalash va perefrazalash (ma’noni boshqa so‘zlar yordamida ifodalash)Odatda esseda xulosalash va perefrazalash birgalikda ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotlar hajmini yetarli darajagacha qisqartirish va uzundan uzoq ma’lumotlarni qisqa hajmga keltirishdan iborat bo‘lsa, perefrazalashning maqsadi esa umumiy ma’noni saqlagan holda ma’lumotni asl manbadagidan farqli qilib, o‘zgartirib yozishdan iboratdir. Bularning ikkalasi ham ko‘chirmachilikning oldini olish uchun qo‘llaniladiXulosalashning bosqichlariXulosalashning bosqichlariSiz xulosalashda mavzuga doir eng muhim ma’lumotlarni berishingiz yoki mavzuga to‘liqroq to‘xtalib o‘tishingiz mumkin. Odatda, xulosada asosiy fikrlarni qo‘shimcha qismdan (keltirilgan misollar va ularning isbotlaridan) xoli tarzda yozishga e’tibor qaratiladi. Perefrazalash va xulosalash odatda birga ishlatiladi. Xulosalashning maqsadi ma’lumotni mutanosib hajmga keltirish bo‘lsa, perefrazalash esa muhim ma’lumotlarni boshqacha shaklda berib o‘tishdan iborat. Misol uchun, quyidagi gaplarga e’tibor bering:18-asrda, Fransiya va Germaniyadan oldin, Britaniyada sodir bo‘lgan industrial inqilob to‘g‘risida ko‘plab munozaralar davom etib kelmoqda.Ushbu gapni quyidagicha perefrazalash mumkin:Industrial inqilobning nima sababdan boshqa joyda emas, balki aynan Britaniyada sodir bo‘lgani hozirgi kunga qadar tortishuvli savollardan biri bo‘lib kelmoqda Odatda ta’sirchan perefraza:Odatda ta’sirchan perefraza:asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadiasl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladiasosiy ma’noni saqlagan bo‘ladiasl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:Aytadi keltirib o‘tadi; 18-asr 1700-yillar; tejamoq kam xarajat qilmoqb) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:Izoh (ot) izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) foyda (ot)c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:Sitatani matn ichida keltirishHavolaning asosiy shakllariSitatalardan foydalanishFoydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish
Do'stlaringiz bilan baham: |