GLOSSARIY
Daryo – tabiiy o`zandan oqayotgan suv. Yo`g`in –sochin, buloq, muz va boshqa suvlarning top`lanib oqishidan hosil bo`ladi.
Dasht – o`tlar bilan qoplangan o`rmonsiz territoriya
Globus - yuzasida kartografik tasvir bo’lgan shar. Lotincha globus — shar, kurra – Yer sharining kichraytirilgan modeli bo’lib, Yerning tashqi qiѐfasini hamda uning yirik qismlari (quruqliklar, okeanlar, ularning bo’laklari) nisbatini eng to’g’ri va ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.
Hudud- o`ziga xos tabiiy va inson faoliyati tomonidan davriy ravishda hosil qilingan xususiyatlar va resurslarga ega Yer yuzining quruqlik qismi
Kalendar – (lotincha. Calendarium – qarz daftari), taqvim – yil, oy, hafta, va kunlar hisoblashni yuritish tizimi.
Kompas – (ital. Compasso – o`lchayman) degan ma’noni anglatadi. Geografik (haqiqiy) yoki magnit meridianining yo`nalishini aniqlashda qo`llaniladigan asbob.
Kun – Yerning quyoshga nisbatan to`la aylanish davri; bir kecha – kunduzga teng bo`lgan vaqt, sutka. Davomiyligi 24 soat bilan o`lchanadi. Bu vaqt ikki xil – haqiqiy quyosh sutkasi va o`rtacha quyosh sutkasi deyiluvchi o`lchovlarga ega.
Mahalliy iqlim – ma’lum mintaqada joylashgan bir meteorologik stansiyaning kuzatishlari bilan yetarli darajada tavsiflanadigan geografik landshaftning yirik tabiiy qismi (o`rmon, vodiy, shahar va hokazo).
Mahalliy shamollar – tezligi, takrorlanishi, yo`nalishi va boshqa meteorologik elementlari bilan ajralib turadigan shamollar; Yer yuzasining ma’lum rayonlariga xos bo`ladi. Mahalliy shamollarning paydo bo`lishiga sabablar: mahalliy topografiya yoki orografyaning umumiy sirkulyatsiya oqimlariga ta’siri natijasi (fyon, bora va boshqalar). Mahalliy shamollar ko`pincha, shu joy nomi bilan ataladi: Bekobod, Qo`qon, afg`on va boshqalar.
Ob- havo – atmosferaning muayyan tabiiy jarayonlarga bog`liq holati. Quyosh energiyasi oqimi va yer yuzasining o`zaro ta’siridagi fizik jarayonlar natijasi.
Qum – cho`kindi tog` jinsi, bir- biri bilan birlashmagan mayda (0,1 – 1 mm. atrofidagi) zarrachalardan iborat.
Tabiat - Kishilik jamiyati faoliyati uchun zarur bo`lgan tabiiy sharoitlar majmuasi
Tuproq – yer yuzasida joylashgan, unumdorlik xususiyatiga ega bo`lgan g`ovak tog` jinslari. Tarkibida chirindi va mineral qancha ko`p bo`lsa tuproq shuncha unumdor bo`ladi.
Tuman – havo soviganida yer yuzasi ustidagi namga to`yingan havodagi suv bug`laridan hosil bo`ladigan juda mayda suv tomchilari.
Yer osti suvlari – Yer po`stining yuza (12-16 km chuqurlikkacha) qismidagi suvlar.
Etnogeografiya – etnografiya va aholi geografiyasi fanlarining aloqadolrligi natijasida hosil bo’lgan tadqiqot sohasi.
Qadimiy turkiy qabilalar – antik davr va ilk o’rta asrlarda Markaziy Osiyo tekisliklarida ko’chmanchilik bilan hayot kechirgan qabilalar.
Shahar - Ma’lum bir miqdordagi aholi to`plangan va asosan sanoat, transport, madaniy va ma’muriy – siyosiy vazifalarni bajaradigan odamlar yashaydigan joy.
Do'stlaringiz bilan baham: |