Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Oligofrenopedagogika fanidan rejalashtirilgan amaliy mashg’ulotlar butun kurs mazmunini qamrab olgan. Uning mazmuni akli zaif ukuvchilar maxsus yordamchi maktablarida korrektsion ta`lim-tarbiya jarayoni mazmuni, maxsus pedagogikani pedogogik fan-sifatida ekanligi yoritiladi. Unda oligofrenopedagogikaning rivojlanish bosqichlari, akli zaif ukuvchilarning pedagogik tasnifi, ta`lim tizimi, ta`limni tashkil etish shakllari metodlari va tarbiya usullari yoritiladi. Amaliy mashg’ulotlar auditoriyada va maktablarda tashkil etiladi. Auditoriyaga muljallangan amaliy mashg’ulotlarida maxsus ta`lim jarayonining o’ziga xosligi, ta`lim usullari va tashkil etish shakllari, tarbiya usullari tahlil qilinadi. Ularga taqrizlar yoziladi, taqvim rejalar tuziladi. Maktablarda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarida ona tili, matematika, nutq o’stirish, matematika, o’qish, tabiat, mexnat ta`limi buyicha darslar kuzatiladi va taxlil qilinadi. Har bir amaliy mashg’ulotining belgilab olingan maqsadi, vazifasi, rejasi bilan talabalar oldindan tanishtiriladi. Amaliy mashg’ulot yuzasidan topshiriqlar beriladi, topshiriqlar yozma bajariladi. Topshiriqlarni bajarishda foydalanish uchun adabiyotlar ko’rsatiladi. Muayyan tayyorgarlikka ega bulgan talabalar bilan amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Xar bir bo’lim buyicha amaliy mashg’ulot talabalarning xisobati bilan yakunlanadi.
Amaliy mashg’ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari:
Aqli zaif bolalar - o’rganish, o’qitish va tarbiyalash ob`ekti sifatida. Aqli zaif o’quvchilarni psixologik xususiyatlari. YOrdamchi maktab o’quvchilarini pedagogik differentsiatsiyalash.
Yordamchi maktabda ta`limning mazmuni, dars, o’quv dasturlari, o’quv rejalari tahlili, darsliklar bilan tanishish, tahlili qilish.
Tarbiya metodlarini qo’llashni maktabda kuzatish va tahlil qilish.
Yordamchi maktabda o’qitishni tashkil etish shakllari. Darsga reja, matni tuzishni o’rganish, tarbiya metodlarini qo’llanishini kuzatish.
Yordamchi maktabda didaktik printsiplarni qo’llanishi.
1-9 sinflarda mehnat ta`limi jarayonini kuzatish maqsadida yordamchi maktablarga borish va kasbga yo’naltirish ishlarini tashkil etilganligi.
Maktab boshqaruv tarkibining ishi bilan tanishishi maqsadida yordamchi maktablarga borish. (maktab rahbari, o’quv ishlari bo’yicha rahbar o’rinbosari, tarbiyaviy ishlar bo’yicha rahbar o’rinbosari, sinf rahbari, psixolog, metodist).
Hozirgi zamon oligofrenopedagogika fanining metodologik asoslari.
Yordamchi maktab islohoti va unga qo’yilgan davr talablari.
Yordamchi maktabda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish.
Bolalar sinf jamoasini tuzish.
Yordamchi maktabda mehnat tarbiyasi, o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish.
Yordamchi maktabda muhofazalovchi-himoyalovchi kun tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |