14.5. O‘rta Osiyo daryolarining to‘yinish
manbalariga ko‘ra tasniflari
Daryolarning to‘yinish manbalarini o‘rganish va aniqlash ular suvidan samarali foydalanishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli O‘rta Osiyoda gidrologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olim V.L.Shuls 1944 - yilda hudud daryolarining to‘yinish manbalariga ko‘ra tasnifini ishlab chiqqan. Unda qayd yetilishicha, O‘rta Osiyo daryolarining umumiy to‘yinishida qor suvlari boshqa manbalar muzlik, yomg‘ir suvlari va yer osti suvlariga nisbatan ustun turadi. Biroq qor suvlari va, shuningdek, boshqa xil manbalarning yillik oqimdagi salmog‘i turli daryolarda turlicha bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, turli daryolarning to‘yinish sharoitlari ham turlichadir. Shu sababli V.L.Shuls, asosan, yer osti suvlaridan to‘yinuvchi kichik daryolarni hisobga olmagan holda, O‘rta
Osiyo daryolarini quyidagi to‘rt turga bo‘ladi:
1. Muzlikqor
suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
2. Qormuzlik
suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
3. Qor suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
4. Qoryomg‘
ir suvlaridan to‘yinadigan daryolar.
Ushbu tasnifda o‘rganilayotgan daryoning qaysi turga mansubligini
aniqlashda quyidagi mezonlardan foydalaniladi:
1) daryoda suv eng ko‘p bo‘ladigan oylar;
2) qormuzlik
suvlaridan hosil bo‘lgan yozgi to‘linsuv davridagi
oqim miqdori ( VII IX W );
3) yozgi to‘linsuv davridagi oqim miqdori ( VII IX W )ning qor suvlaridan
hosil bo‘lgan bahorgi to‘linsuv davridagi oqim miqdori ( III VI W ) ga
nisbati, ya’ni
Hisoblashlar natijasida aniqlangan , VII IX W III VI W va kattaliklarning
qiymatlari o‘rganilayotgan daryoning to‘yinish sharoitlari haqida yetarli
axborot beradi.
Ushbu tasnifda daryolarning to‘yinish manbalariga bog‘liq holda ajratilgan turlari ma’lum darajada shartlidir. Masalan, muzlikqor suvlaridan to‘yinadigan daryolarda muzlik suvlari hissasi boryo‘g‘i 10 foiz atrofida bo‘lishi ham mumkin. Umuman, shuni yodda tutmoq kerakki, tog‘ daryolarining to‘yinishi jihatidan qaysi turga mansubligi daryoning ma’lum bir kuzatish joyi(posti) ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Shu narsa ham ma’lumki, tog‘ daryolarining to‘yinish sharoitlari ularning quyi oqimi tomon o‘zgarib boradi. Masalan, Norin daryosi Norin shahri yonida muzlikqor suvlaridan to‘yinadigan daryolar turiga mansub bo‘lsa, Farg‘ona vodiysiga chiqish joyida (Uchqo‘rg‘on shahri yaqinida) u qormuzlik suvlaridan to‘yinadigan daryolar turiga kiradi.
Daryolarning to‘yinish sharoitlari u yildan bu yilga ham o‘zgarib turishi mumkin, bu esa ayrim yillarning obhavo xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Misol qilib yana o‘sha Norin daryosini olaylik. Farg‘ona vodiysiga chiqaverish joyida bu daryo aslida qormuzlik suvlaridan to‘yinadigan daryodir. Lekin, 1917 va 1934 - yillarga oid ma’lumotlar asosida bajarilgan hisoblashlar bo‘yicha u muzlikqor suvlaridan to‘yinadigan daryolar guruhiga kiradi.
Daryolarning qaysi turga kirishini aniqlash uchun tavsiya etilgan mezonlar daryolarning tog‘lardan chiqqanidan keyingi, ya’ni tekislik qismlari uchun to‘g‘ri kelmaydi. Buning sababini daryolar suv rejimining tekislikka chiqqach inson xo‘jalik faoliyati ta’siri natijasida keskin o‘zga-rishi bilan tushuntirish mumkin.
Endi daryolarning V.L.Shuls tasnifida keltirilgan turlarini ayrimayrim holda qisqacha ko‘rib chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |